10–BOB
Najot hamma uchun
1 Birodarlarim, men oʻz xalqim Isroilning najot topishini chin dildan istayman va bu uchun Xudoga iltijo qilaman. 2 Axir, oʻzim guvohman: ular jon–jahdlari bilan Xudoga berilganlar, ammo haqiqiy tushunchaga ega emaslar. 3 Xudoning insonlarni oqlash yoʻlini tushunmasdan, oʻzlarini oqlash niyatida, ular Xudoning haq yoʻliga boʻysunmadilar. 4 Iso Masih esa qonunning maqsadini amalga oshirdi, shu tariqa hamma imon orqali oqlanadi.
5 Qonun orqali oqlanish haqida Muso quyidagicha yozgan edi: “Xudoning qonun–qoidalariga rioya qilgan odam hayotdan bahramand boʻladi.” 6-7 Imon orqali oqlanish haqida esa Muqaddas bitiklarda nima deb yozilgan? “Yuragingizda: «Kim osmonga chiqadi? Kim tubsiz chuqurlikka tushadi?» deya soʻramanglar”, deb yozilgan . Demak, Masihni yerga tushirish uchun hech kim osmonga chiqishi shart emas, Masihni tiriltirish uchun ham hech kim oʻliklar diyoriga tushishi shart emas. 8 Axir, Muqaddas bitiklarda yana shunday yozilgan: “Bu kalom sizning yaqiningizdadir, ogʻzingizda va yuragingizdadir.” Biz vaʼz qilayotgan imon haqidagi kalom ana shudir. 9 Agar oʻz ogʻzingiz bilan Isoni Rabbim deb eʼtirof etib, Xudo Uni oʻlikdan tiriltirganiga chin yurakdan ishonsangiz, najot topasiz. 10 Chunki inson qalbidan ishonib oqlanadi va ogʻzi bilan eʼtirof etib najot topadi. 11 Muqaddas bitiklarda yozilganday: “Unga ishongan hech bir inson uyatga qolmaydi.” 12 Yahudiylar bilan gʻayriyahudiylar orasida aslo farq yoʻq. Ularning Rabbiysi bir boʻlib, Unga iltijo qilganlarning birontasidan U Oʻz mehr–shafqatini ayamaydi. 13 Axir, “Rabbimizga iltijo qilgan har bir inson qutqariladi” , deb yozilgan–ku.
14 Ammo Rabbimiz Isoga ishonmaganlar qanday qilib Unga iltijo qiladilar?! U haqda eshitmagan boʻlsalar, qanday qilib Unga ishonadilar?! Hech kim ularga Xushxabarni eʼlon qilmasa, qanday qilib eshitadilar?! 15 Ularni hech kim yubormasa, qanday qilib Xushxabarni eʼlon qiladilar?! Muqaddas bitiklarda quyidagicha yozilgan–ku: “Xushxabarni eʼlon qilgan xabarchining qadamlari naqadar goʻzal!” 16 Ammo Xushxabarga hamma ham ishonmadi. Ishayo ham shunday degan–ku: “Ey Egam, bizning xabarimizga kim ishondi?”
17 Demak, imon tinglashdan, yaʼni Masih haqidagi Xushxabarni eshitishdan kelib chiqadi. 18 Mening bir savolim bor. Xoʻsh, ular eshitmaganmidi? Albatta eshitganlar, chunki “xabarchilarning ovozlari har tomonga tarqaldi, xabarlari olamning chetigacha yetib bordi” , deb yozilgan–ku. 19 Bundan yana bir savol kelib chiqadi. Xoʻsh, Isroil xalqi xabarni tushunmadimi? Muso orqali Xudo shunday degandi:
“Men ham xalq boʻlmaganlar bilan ularning rashkini keltiraman,
Aqlsiz bir xalq bilan gʻazabini qoʻzgʻataman.”
20 Ishayo ham Xudoning soʻzlarini jasorat bilan yetkazgan:
“Meni izlamaganlar topdi,
Meni soʻramaganlarga koʻrindim.”
21 Isroil xalqi haqida esa shunday deydi:
“Itoatsiz va oʻjar xalqni
Kun boʻyi quchoq ochib kutdim.”