12–BOB
Maryam Isoga atir moy surtadi
1 Fisih bayramidan olti kun oldin Iso Lazarning qishlogʻi Baytaniyaga bordi. Iso oʻsha Lazarni oʻlikdan tiriltirgan edi. 2 Oʻsha yerda Isoga ziyofat hozirladilar. Marta xizmat qilib yurgan edi, Lazar esa Iso va mehmonlar bilan birga dasturxon oldida yonboshlagan edi. 3 Shu payt Maryam bir shisha toza, qimmatbaho sunbul moyini olib kelib, Isoning oyoqlariga surtdi, soʻng sochlari bilan artdi. Uy atir moyning xushboʻy hidiga toʻlib ketdi.
4 Isoning shogirdlaridan biri, Unga xiyonat qiladigan Yahudo Ishqariyot dedi:
5 — Bu moyni uch yuz kumush tangaga sotib, kambagʻallarga boʻlib bersa boʻlmasmidi?!
6 U shu gapni kambagʻallarga qaygʻurgani uchun emas, balki oʻgʻri boʻlgani uchun aytdi. Pul qutisi Yahudoning nazoratida edi, qutiga solinadigan puldan u oʻgʻirlab turardi. 7 Iso shunday dedi:
— Maryamni tinch qoʻyinglar! Zotan, u Meni dafn kunimga tayyorladi . 8 Kambagʻallar har doim sizlar bilan birga boʻladi. Men esa har doim ham sizlar bilan birga boʻlmayman.
9 Bir talay yahudiylar Isoning Baytaniyada ekanligini bilib kelishdi. Ular nafaqat Isoni, balki Iso oʻlikdan tiriltirgan Lazarni ham koʻrishni istardilar. 10 Bosh ruhoniylar Lazarni ham oʻldirishni rejalashtirgan edilar. 11 Chunki koʻp yahudiylar Lazar tufayli Iso tomoniga oʻtib, Unga imon keltirayotgan edilar.
Iso Quddusga tantanali ravishda kiradi
12 Ertasi kuni bayramga borgan bir talay xaloyiq Isoning Quddusga kelayotganini eshitib qoldi. 13 Ular palma daraxti shoxlaridan olishdi, Uni qarshi olgani chiqib, shunday deb hayqirishardi:

“Tasanno!
Egamiz nomidan kelayotgan Inson baraka topsin!
Isroilning shohi muborak boʻlsin!”

14 Iso bir xoʻtikni topib, unga mindi, xuddi Muqaddas bitiklarda yozilganday:

15 “Ey Quddus xalqi , qoʻrqma!
Mana, Shohingiz xoʻtikni minib kelyapti.”

16 Isoning shogirdlari avval buni tushunmadilar. Iso ulugʻlangandan keyingina ular bu soʻzlarning U haqda yozilganini va xalq xuddi yozilganidek qilganini esladilar. 17 Iso Lazarni qabrdan chaqirib tiriltirganiga guvoh boʻlgan olomon Isoga ergashib, bu haqda hammaga aytardi. 18 Isoning qilgan bu moʻjizali alomati haqida eshitgan koʻp odamlar Uni kutib olgani chiqqan edilar.
19 Farziylar esa bir–biriga:
— Qaranglar, qoʻlimizdan hech narsa kelmadi. Butun dunyo Uning ortidan bormoqda! — deyishardi.
Iso Oʻz oʻlimi haqida gapiradi
20 Xudoga sajda qilish uchun bayramga kelganlar orasida baʼzi gʻayriyahudiylar bor edi. 21 Ular Filipning oldiga borib (Filip Jalilaning Baytsayda shahridan edi) shunday deb aytishdi:
— Taqsir, biz Isoni koʻrmoqchimiz.
22 Filip borib, bu haqda Endrusga aytdi. Soʻng ikkalovi Isoning oldiga borib, Unga aytishdi. 23 Iso ularga shunday javob berdi:
— Inson Oʻgʻli ulugʻlanadigan vaqt–soati keldi. 24 Sizlarga chinini aytayin: agar bugʻdoyning doni yerga tushib oʻlmasa, u bir donligicha qoladi. Agarda oʻlsa, koʻp hosil beradi. 25 Kim oʻz jonini sevsa, uni yoʻqotadi. Kim bu dunyoda oʻz jonidan voz kechsa, uni abadiy hayot uchun saqlab qoladi. 26 Kim Menga xizmat qilmoqchi boʻlsa, orqamdan yursin. Men qayerda boʻlsam, xizmatchim ham oʻsha yerda boʻlsin. Menga xizmat qilgan odamni osmondagi Otam hurmat qiladi. 27 Endi esa yuragim siqilib ketyapti. Nima ham der edim?! “Ey Ota, bu vaqt–soatdan Meni saqla”, deb ayta olarmidim?! Men shu vaqt–soat uchun kelganman–ku! 28 Ey Ota, Oʻz nomingni ulugʻlagin!
Iso shunday deyishi bilanoq osmondan:
— Men nomimni ulugʻladim, bundan keyin ham ulugʻlayman, — degan sado keldi. 29 U yerda turgan olomon bu sadoni eshitib, momaqaldiroq deb oʻyladi. Boshqalar esa:
— Unga farishta gapirdi! — deyishdi.
30 Bunga javoban Iso dedi:
— Bu sado Men uchun emas, sizlar uchun boʻldi. 31 Endi bu dunyo hukm qilinadi, bu dunyoning yovuz hukmdori haydab chiqariladi. 32 Men yerdan yuqoriga koʻtarilganimda, hammani Oʻzimga jalb qilaman.
33 Iso bu soʻzlarni qay yoʻl bilan oʻlishini bildirish uchun aytdi.
34 Xalq bunga javoban dedi:
— Biz Tavrotdan, Masih abadiy yashaydi, deb eshitganmiz. Qanday qilib Sen, Inson Oʻgʻli yuqoriga koʻtarilishi kerak, deb aytyapsan? Inson Oʻgʻli kim oʻzi?
35 Iso ularga dedi:
— Nur yana qisqa bir muddat sizlar bilan boʻladi. Nur borida yuringlar, tagʻin zulmat sizlarni qamrab olmasin. Zulmatda yuradigan kishi qayerga ketayotganini bilmaydi. 36 Nur hanuz sizlar bilan ekan, nurga ishoninglar, shunda nur farzandlari boʻlasizlar.
Bularni aytib boʻlgach, Iso uzoqlashib, xalqdan yashirindi.
Xalqning oʻjarligi va imonsizligi
37 Iso xalqning koʻz oʻngida shuncha koʻp moʻjizali alomatlar yaratgan boʻlsa ham, ular Isoga ishonmas edilar. 38 Shu tariqa Ishayo paygʻambarning soʻzi bajo boʻldi:

“Ey Egamiz, bizning xabarimizga kim ishondi?
Sening qudratli kuching kimga ayon boʻldi?”

39 Haqiqatan ham, ular ishona olmadilar. Negaki, Ishayo ular haqida yana shunday deb aytgandi:

40 “Egamiz ularning koʻzlarini koʻr qildi,
Aqllarini oʻtmas qildi.
Toki koʻzlari bilan koʻrmasinlar,
Aqllari bilan anglamasinlar,
Tagʻin Menga qaytib, shifo topmasinlar.”

41 Ishayo Masihning ulugʻvorligini koʻrgani uchun bu soʻzlarni aytgan edi.
42 Shunga qaramay, koʻp yahudiy yoʻlboshchilari ham Isoga imon keltirdilar. Lekin ular farziylar tufayli buni ochiqchasiga tan olmas edilar, chunki sinagogadan haydalishdan qoʻrqardilar. 43 Axir, ular Xudoning maqtovidan koʻra, insonning maqtovini yaxshi koʻrardilar.
44 Iso xitob qilib dedi:
— Menga ishongan odam Menga emas, balki Meni Yuborganga ishongan boʻladi. 45 Meni koʻrgan odam Meni Yuborganni koʻrgan boʻladi. 46 Menga ishongan bironta odam zulmatda qolmasin deb, Men dunyoga nur boʻlib keldim. 47 Agar kim Mening soʻzlarimni eshitib, rioya qilmasa , Men uni hukm qilmayman. Men dunyoni hukm qilish uchun emas, najot berish uchun kelganman. 48 Meni rad qilib, soʻzlarimni qabul qilmagan odamni hukm qiluvchi bor. Unday odamni oxiratda Men emas, aytgan soʻzim hukm qiladi. 49 Zotan, Men Oʻzimcha gapirganim yoʻq. Meni yuborgan samoviy Ota nima aytishimni, qanday gapirishimni Menga amr etgan. 50 Uning amri esa abadiy hayot berishini bilaman. Xullas, nima aytayotgan boʻlsam, Otam Menga aytganday sizlarga aytyapman.