32–BOB
Solihlik hukmronlik qiladi
1 Ana, shoh solihlik bilan hukmronlik qiladi,
Hukmdorlar adolat bilan boshqaradi.
2 Har bir odam shamoldan asraydigan panohday boʻladi,
Boʻrondan saqlaydigan boshpana kabi boʻladi.
Ular sahrodagi suv oʻzaniga oʻxshaydi,
Tashna yerdagi ulkan qoyaning soyasiday boʻladi.
3 Koʻrib turganlar endi koʻz yumib yurmaydi,
Qulogʻi borlar endi quloq soladi.
4 Idroksizning aqli anglaydigan boʻladi,
Duduq odamning tili ravon boʻladi.
5 Ahmoqni endi aslzoda deb chaqirmaydilar,
Yaramasni, hurmatga sazovor, deb aytmaydilar.
6 Mana, ahmoq kaltafahmlik bilan gapiradi,
Fikri–zikri esa yovuzlik bilan band.
Qilganlari — nopoklik,
Egam haqida xato gapiradi.
Och odamni u ochligicha qoldiradi,
Chanqaganga suv bermaydi.
7 Battolning usullari yovuzdir,
U yomonliklar rejalashtiradi,
Yolgʻon gap–soʻzlari bilan
Faqirning haq daʼvosini yoʻqqa chiqarib,
Bechorani nobud qiladi.
8 Olijanob odamlar esa yaxshi rejalar tuzadi,
Yaxshi niyat qilib, oʻz soʻzida turadi.
Quddus ayollari toʻgʻrisida bashorat
9 Ey siz, begʻam ayollar,
Turinglar, Menga quloq solinglar!
Ey siz, oʻziga ishongan qizlar,
Mening gaplarimni eshitinglar!
10 Ey sizlar, beparvo yurganlar,
Bir yil oʻtar–oʻtmas titray boshlaysiz.
Uzum hosili yaxshi boʻlmaydi,
Meva hosil bermaydi.
11 Qoʻrqing, ey siz, begʻam ayollar,
Qaltirang, ey oʻziga ishongan qizlar!
Tavba qilib, kiyimingizni yechib tashlang.
Qanorga oʻranib, belingizni bogʻlang!
12 Koʻkragingizga urib yigʻlang
Ajoyib dalalaringiz,
Serhosil uzumzorlaringiz uchun!
13 Xalqimning yeri uchun yigʻlang!
U yerni tikan, yantoq butalari bosib ketadi.
Ha, shodlikka toʻla boʻlgan uylar uchun,
Quvnoq shahar uchun aza tuting!
14 Mana, saroy tashlandiq boʻlib qoldi,
Gavjum shahar sahroga aylandi.
Qalʼayu minora to abad
Yovvoyi eshaklar yayraydigan joy,
Chorva uchun yaylov boʻldi.
15 Toki yuqoridan ustimizga
Ruh yogʻilmaguncha shunday boʻladi.
Undan keyin sahrolar serhosil dalaga aylanadi,
Serhosil dala oʻrmon sifat boʻladi.
16 Shunda odillik sahroda makon qiladi,
Solihlik serhosil dalada maskan qiladi.
17 Solihlik mevasi tinchlik boʻladi,
Solihlik samarasi to abad xotirjamlik, ishonch boʻladi.
18 Xalqim yashaydi sokin joylarda,
Bexavotir uylarda, xotirjam maskanlarda.
19 Oʻsha oʻrmonni doʻl yakson qiladi,
U shahar esa tamomila yoʻq boʻladi.
20 Shunday boʻlsa ham, naqadar baxtlisiz!
Irmoqlar boʻyida ekin ekasiz.
Chorvayu podangiz yaylovlarni kezib yuradi.