9–BOB
Xudo tanlagan xalq
1 Men Iso Masihga tegishli boʻlganim uchun haqiqatni aytyapman, yolgʻon gapirmayman. Bu haqda vijdonim ham Muqaddas Ruh orqali shahodat beryapti. 2 Oʻz xalqim uchun chuqur qaygʻuga botgan yuragim muttasil alam chekmoqda. 3 Oʻz qondoshlarim haqi, Xudoning laʼnati ostida qolib, Masihdan ajralishga ham rozi boʻlardim. 4 Ular Isroil xalqidir. Xudo ularni Oʻziga farzand qilib olish uchun tanladi. Oʻzining ulugʻvorligini ularga namoyon qilib, ular bilan ahdlar tuzdi. Ularga Oʻz qonunini berib, ularni Oʻzining xizmatiga tayinladi hamda ularga Oʻz vaʼdalarini berdi. 5 Ular ulugʻ ota–bobolardan kelib chiqqan, Masih ham jisman Isroil xalqidan kelib chiqqan. Butun borliq ustidan hukmdor boʻlgan Xudoga abadiy hamdu sanolar boʻlsin . Omin!
6 Xudo Oʻz soʻzida turmadi, demoqchi emasman. Ammo Isroil xalqining hammasi ham Xudoning xalqi emasdir. 7 Shunga oʻxshab, Ibrohimdan tugʻilganlarning hammasi ham Ibrohimning asl zurriyoti deb hisoblanmaydi. Axir, Xudo Ibrohimga: “Sening nasling Isʼhoq orqali kelib chiqadi” , deb aytgan–ku! 8 Demak, jismoniy jihatdan Ibrohimning farzandlari boʻlganlarning hammasi ham Xudoning farzandlari emasdirlar. Faqatgina Xudo bergan vaʼdaning natijasida dunyoga kelganlar asl zurriyot hisoblanadi. 9 Xudoning Ibrohimga bergan vaʼdasi quyidagicha edi: “Men kelgusi yili shu paytda kelganimda, xotining Sora oʻgʻilli boʻladi.”
10 Oʻsha oʻgʻil bobokalonimiz Isʼhoq edi. Vaqti kelib, Isʼhoqning xotini Rivqo egizak oʻgʻillarga homilador boʻldi. 11-12 Farzandlar tugʻilmaslaridan avval, hali birorta yaxshi yoki yomon ish qilmaslaridan oldin Xudo Rivqoga: “Kattasi kichigiga xizmat qiladi” , deb aytgandi. Bundan koʻrinib turibdiki, Xudo Oʻz maqsadini bajarish uchun insonlarni tanlaydi, tanlanish insonlarning ishlariga emas, balki Xudoning daʼvatiga bogʻliqdir. 13 Axir, Muqaddas bitiklarda: “Men Yoqubni yaxshi koʻrib, Esovdan nafratlandim” , deb yozilgan–ku!
14 Xoʻsh, bunga nima deymiz? Xudo adolatsizmi? Yoʻq, aslo! 15 Xudo Musoga: “Marhamat qiladiganimga marhamat qilaman, shafqat qiladiganimga shafqat qilaman” , deb aytgan. 16 Shunday qilib, Xudoning mehr–shafqati inson xohishi va tashabbusiga emas, balki Xudoning irodasiga bogʻliq. 17 Muqaddas bitiklarda yozilganiday, Xudo firʼavnga: “Senga qudratimni koʻrsatay, butun olamga shuhratimni yoyay deb, seni hukmdor qilib tayinladim” , deb aytgan. 18 Xullas, Xudo Oʻz xohish–irodasiga koʻra, ish yuritadi, bir insonga marhamat koʻrsatadi, boshqa birovning esa yuragini tosh qiladi.
Xudoning gʻazabi va marhamati
19 Shunda kimdir mendan: “Unda nima uchun Xudo bizni ayblaydi? Axir, kim ham Uning irodasiga qarshi chiqa olardi?” deb soʻrashi mumkin. 20 Ey inson, sen kim boʻlibsanki, Xudoga gap qaytarsang?! Yaratilgan narsa yaratuvchisidan: “Nima uchun meni bunday qilib yaratding?” deb soʻraydimi?! 21 Axir, kulol ham bir loy qorishmasidan har xil idishlar yasaydi–ku! Ularning baʼzilarini qutlugʻ bayram kunlarida ishlatiladigan qilishga, boshqalarini esa har kuni ishlatiladigan idish qilib qoʻyishga haqi yoʻqmi?!
22 Toʻgʻri, Xudo Oʻz gʻazabi va qudratini jazo orqali koʻrsatishga haqlidir. Ammo jazoga mubtalo boʻladiganlarning halokatini orqaga surib, sabr–bardosh koʻrsatsa, nima boʻpti? 23 Shunday qilib, Xudoning marhamatiga sazovor boʻlgan va Uning ulugʻvorligini baham koʻrishga belgilangan odamlarga Xudo Oʻz ulugʻvorligining naqadar boy ekanligini namoyon qiladi. 24 Nafaqat yahudiylar orasidan, balki boshqa xalqlar orasidan tanlanganlar qatorida biz ham bormiz. 25 Xoʻsheya kitobida Xudo shunday deb aytgan: “Mening xalqim boʻlmaganlarni «Oʻz xalqim» deb atayman. Oldin suyukligim boʻlmaganni «Suyukligim» deb aytaman . 26 Ularga: «Xalqim emas», deb aytilgan boʻlsa, kelajakda ular «Barhayot Xudoning farzandlari» deb ataladi.”
27 Ishayo ham Isroil xalqi haqida shunday degan edi: “Isroil xalqining soni dengiz qumiday koʻp boʻlsa ham, ulardan faqatgina sanoqli odamlar qutqarilib, omon qoladi, 28 chunki Egamiz dunyo ustidan chiqargan hukmini toʻla–toʻkis va tezda ijro etadi.”
29 Bulardan oldinroq Ishayo yana shunday deb aytgan edi:
“Agarda Sarvari Olam
Qoldirmaganda edi bizga zurriyot,
Sadoʻm shahrining holiga tushar edik,
Gʻamoʻra shahriday xonavayron boʻlardik.”
Isroil xalqi va oqlanish
30 Xoʻsh, bular nimani bildiradi? Oqlanish payida boʻlmagan xalqlar endi imon tufayli Xudoning oldida oqlandilar. 31 Isroil xalqi esa oqlanish niyatida qonunni bajarish payida boʻldilar, lekin maqsadlariga erisha olmadilar. 32 Nima uchun? Chunki ular imon bilan emas, balki qonunni bajarish orqali oqlanishga urindilar. Ular Muqaddas bitiklarda tasvirlangan toshga qoqilib yiqildilar. 33 Xudo Muqaddas bitiklarda shunday deb aytgan edi: “Men Quddusda bir tosh joylashtiryapman. Baʼzilar Unga qoqilib yiqiladilar, ammo Unga tayangan hech bir inson uyatga qolmaydi.” Bu tosh Iso Masihdir .