4–BOB
Qobil bilan Hobil
1 Odam Ato xotini Momo Havoga yaqinlashgandan keyin, Momo Havo homilador boʻldi. Momo Havo oʻgʻil koʻrdi va: “Xudoning qudrati bilan oʻgʻilli boʻldim”, deb ismini Qobil qoʻydi. 2 Keyinroq Momo Havo ikkinchi oʻgʻlini tugʻdi va unga Hobil deb ism qoʻydi. Bolalar ulgʻayib, Hobil — qoʻychivon, Qobil — dehqon boʻldi. 3 Vaqti kelib, Qobil yerning hosilidan Egamizga nazr olib keldi. 4 Hobil ham suruvidagi birinchi tugʻilgan qoʻzilardan bittasini tanlab olib, soʻydi va qoʻzining yogʻli joylarini Egamizga nazr qilib olib keldi. Egamiz Hobilni va uning nazrini manzur koʻrdi, 5 lekin Qobilning oʻzi ham, uning nazri ham maʼqul boʻlmadi. Qobil qattiq xafa boʻlib, qovogʻini soldi. 6 Shunda Egamiz Qobilga dedi: “Nega xafa boʻlding? Nimaga qovogʻingni solding? 7 Agar sen toʻgʻri ish qilsang, seni qabul qilmasmidim?! Bilginki, yomon ish qilsang, eshigingda gunoh poylab turadi, sherga oʻxshab tashlanib, seni oʻlja qilmoqchi boʻladi. Gunoh sening ustingdan hukmron boʻlishni istaydi. Lekin sen gunohni magʻlub qilishing kerak.”
8 Qobil ukasi Hobilga: “Yur, dalaga boramiz”, deb taklif qildi . Ular dalaga borganlarida, Qobil ukasiga tashlanib, uni oʻldirdi.
9 Egamiz Qobildan:
— Ukang Hobil qayerda? — deb soʻradi.
— Bilmayman, nima, ukam qayerga borsa, men uning qadamini oʻlchab yurishim kerakmi?! — deb eʼtiroz bildirdi.
10 Shunda Egamiz:
— Nima qilib qoʻyding?! — dedi. — Eshitib ol: ukangning qoni Menga yerdan faryod qilmoqda. 11 Ukangning qoni bilan yerni bulgʻaganing uchun endi laʼnati boʻlasan, yerga hech qachon ishlov berolmaysan. 12 Yerga qanchalik jon kuydirib ishlov bermagin, yer sen uchun boshqa moʻl hosil yetishtirmas. Hozirdan boshlab sen yer yuzida doimo bir joydan boshqa joyga qochib, boshpanasiz, daydib yurasan.
13 Qobil Egamizga:
— Jazoyim shunchalik ogʻirki, bir oʻzim koʻtara olmayman, — deb javob berdi. 14 — Bugun Sen meni yerimdan haydading. Endi men Sendan uzoq boʻlib yashayman, yer yuzida sarson–sargardon boʻlib, qochib yuraman. Endi meni birortasi uchratib qolib, oʻldirib qoʻyishi mumkin.
15 Shunda Egamiz:
— Yoʻq, hech kim seni oʻldirmaydi! — deb javob berdi Qobilga. — Kim seni oʻldirsa, undan yetti karra oʻch olaman.
Shunday qilib, Egamiz, Qobilni birov urib oʻldirib qoʻymasin deb, unga tamgʻa qoʻydi. 16 Soʻngra Qobil Egamizdan uzoqlashib ketdi va Adanning sharqidagi Nod degan yerga oʻrnashdi.
Qobilning nasli
17 Qobilning xotini homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻdi. Oʻgʻliga Xanoʻx deb ism qoʻydilar. Qobil bir shahar qurdi va shaharni oʻgʻlining ismi bilan Xanoʻx deb atadi. 18 Xanoʻx bir oʻgʻil koʻrib, ismini Irod qoʻydi. Iroddan — Maxuvol, Maxuvoldan — Matushol, Matusholdan — Lamex degan oʻgʻillar tugʻildi. 19 Lamex ikki xotin oldi. Bittasining ismi Oida, boshqasiniki Zilla edi. 20 Oida bir oʻgʻil koʻrib, ismini Yobol qoʻydi. Yobol chodirlarda yashaydigan choʻponlarning ota–bobosi boʻldi. 21 Ukasining ismi Yuval edi. Yuval lira va nay chaluvchi sozandalarning ota–bobosi boʻldi. 22 Zilla ham bir oʻgʻil koʻrib, ismini Tuvalqobil qoʻydi. Tuvalqobil birinchi boʻlib bronza va temir asboblar yasagan edi. Tuvalqobilning Namax degan singlisi bor edi.
23 Lamex xotinlariga dedi:

“Oida va Zilla, menga quloq solinglar.
Ey xotinlarim! Gapimni eshitinglar!
Meni yaralagan odamni men oʻldirdim,
Meni urgan yosh yigitni nobud qildim.
24 Qobilni oʻldirgandan yetti karra oʻch olinsa,
Lamexni oʻldirgandan yetmish yetti karra oʻch olinar.”
Shis va Enoʻsh
25 Odam Ato bilan xotini yana bir oʻgʻil koʻrdilar. Momo Havo: “Qobil oʻldirgan Hobilning oʻrniga Xudo boshqa farzand berdi”, deb ismini Shis qoʻydi. 26 Shis ulgʻayib, u ham bir oʻgʻil koʻrdi va ismini Enoʻsh qoʻydi. Oʻsha paytda odamlar endi Egamizga sajda qila boshlagan edilar.