21–BOB
Iso Quddusga tantanali kiradi
1 Iso bilan shogirdlari Quddusga yaqinlashib, Zaytun togʻi etagidagi Baytfagiya qishlogʻiga yetib kelishganda, Iso ikki shogirdiga dedi:
2 — Anavi qishloqqa boringlar. U yerga borishingiz bilanoq, bogʻlab qoʻyilgan eshakni va yonidagi xoʻtikni koʻrasizlar. Ularni yechib, Mening oldimga olib kelinglar. 3 Agar kimdir sizga biron nima desa, “Bular Rabbimiz Masihga kerak. U darhol bularni qaytarib yuboradi”, deb aytinglar.
4 Bu voqea paygʻambarning aytgan quyidagi soʻzlari bajo boʻlishi uchun yuz bergan edi:
5 “Quddus xalqiga ayting:
Mana Shohingiz kelyapti.
Kamtarindir Shohingiz,
U eshakning ustida,
Ha, eshakning bolasini —
Xoʻtikni minib kelyapti.”
6 Shogirdlar borib, Iso ularga buyurganiday qilishdi. 7 Ular eshak bilan xoʻtikni Isoning oldiga olib kelishdi. Eshak va xoʻtik ustiga toʻnlarini tashlashdi, Iso xoʻtikka mindi. 8 Bir talay olomon toʻnlarini yoʻlga poyandoz qildi. Baʼzilari esa daraxt shoxlarini kesib, yoʻlga toʻshadilar. 9 Oldinda va orqada yurayotgan olomon shunday deb hayqirardi:
“Dovud Oʻgʻliga tasanno!
Egamiz nomidan kelayotgan Inson baraka topsin!
Falak toqida Unga tasanno oʻqilsin!”
10 Iso Quddusga kirib kelganda, butun shahar: “Bu kim boʻldi?” deb gʻimirlab qoldi. 11 Olomon esa shunday deb javob berardi: “U Jalilaning Nosira shahridan boʻlgan Iso paygʻambar!”
Iso sotuvchilarni Maʼbaddan quvadi
12 Iso Maʼbadga kirib, ichkarida oldi–sotdi qilayotgan hammani quvib chiqardi. Sarroflarning xontaxtalarini va kaptar sotuvchilarning kursilarini agʻdarib yubordi. 13 Iso ularga shunday dedi:
— “Mening uyim, ibodat uyi deb ataladi” , deb Tavrotda yozilgan–ku! Sizlar esa Xudoning uyini qaroqchilar uyasiga aylantirib yuboribsizlar!
14 Maʼbadda Isoning oldiga koʻrlar va choʻloqlar keldi. Iso ularga shifo berdi. 15 Bosh ruhoniylar bilan Tavrot tafsirchilari Isoning qilayotgan ajoyib ishlarini koʻrib va Maʼbaddagi bolalarning: “Dovud Oʻgʻliga tasanno!” deb hayqirayotganini eshitib, qattiq gʻazablandilar.
16 — Ularning nima deyayotganlarini eshityapsanmi? — dedilar Unga.
— Ha, eshityapman! — deb javob berdi Iso. — Nahotki sizlar: “Sen bolalar va chaqaloqlarga madhiya aytishni oʻrgatding” degan soʻzlarni hech qachon oʻqimagan boʻlsangiz?
17 Soʻng Iso ularni tark etib, Quddusdan chiqib ketdi. U Baytaniya qishlogʻiga borib, u yerda tunab qoldi.
Qurib qolgan anjir daraxti
18 Ertalab Iso shaharga qaytib kelayotganda och edi. 19 Yoʻl chetida bir anjir daraxtini koʻrib, uning yoniga bordi. Iso barglardan boshqa hech narsa topmay, daraxtga:
— Bundan buyon senda aslo meva boʻlmasin! — dedi. Anjir daraxti shu zahoti qurib qoldi. 20 Shogirdlar buni koʻrib:
— Qanday qilib anjir daraxti darrov qurib qoldi? — deb hayron boʻldilar.
21 Iso ularga shunday dedi:
— Sizlarga chinini aytayin, agar shubhalanmay ishonsangiz, nafaqat anjir daraxtini shu koʻyga sola olasiz, balki mana bu toqqa: “Qoʻporilib, dengizga otil”, — desangiz, aytganingiz boʻladi. 22 Ishoning, shunda ibodatda nimaiki soʻrasangiz, olasiz.
Isoning hokimiyati haqida savol
23 Iso Maʼbadga kirib taʼlim berayotganda, bosh ruhoniylar va xalq yoʻlboshchilari Uning oldiga kelib, savol berdilar:
— Siz bu ishlarni qanday hokimiyat bilan qilyapsiz? Bu hokimiyatni Sizga kim bergan?
24 Iso ularga shunday javob berdi:
— Men ham sizlarga bir savol berayin. Agar Menga javob bersangizlar, Men ham bu ishlarni qanday hokimiyat bilan qilayotganimni sizlarga aytaman. 25 Yahyo xalqni suvga choʻmdirish huquqini Xudodan olganmidi yoki insondanmi?
Ular esa oʻzaro mulohaza yuritdilar:
— Agar: “Xudodan”, — desak, U: “Nega Yahyoga ishonmadingizlar?” — deydi. 26 Agar: “Insondan”, — desak, xalqdan qoʻrqamiz, chunki hamma Yahyoni paygʻambar deb hisoblaydi.
27 Shunday qilib, ular Isoga:
— Bilmaymiz, — deb javob berdilar. Iso ularga dedi:
— Unday boʻlsa, Men ham bu ishlarni qaysi hokimiyat bilan qilayotganimni sizlarga aytmayman.
Ikki oʻgʻil haqida masal
28 Soʻng Iso ularga dedi: “Sizlar mana bunga nima deysizlar? Bir odamning ikki oʻgʻli bor ekan. U katta oʻgʻlining yoniga kelib:
— Oʻgʻlim, bor, bugun uzumzorda ishla, — debdi.
29 — Bormayman! — debdi oʻgʻil. Ammo keyin aytgan gapiga pushaymon boʻlib, boribdi. 30 Ota kenja oʻgʻlining oldiga borib, oʻsha gapini aytibdi. Bu oʻgʻil:
— Boʻpti, boraman, ota, — debdi, ammo bormabdi. 31 Ikkovidan qaysi biri otasining xohishini bajardi?”
“Birinchisi”, — deb javob berdi ular.
Iso ularga: “Sizlarga chinini aytayin, — dedi. — Soliqchilar bilan fohishalar Xudoning Shohligiga sizlardan oldin kirib boradilar. 32 Chunki Yahyo choʻmdiruvchi sizning oldingizga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatgani keldi, ammo sizlar unga ishonmadingizlar. Soliqchilar bilan fohishalar esa ishonishdi. Sizlar buni koʻrib turib ham pushaymon boʻlmadingizlar, ishonmadingizlar.
Yovuz bogʻbonlar haqida masal
33 Endi boshqa bir masalni eshitinglar: bir yer egasi bor ekan. U uzumzor barpo qilibdi. Atrof–tevaragini devor bilan oʻrab, uzum siqish chuqurini qazibdi, kuzatuv minorasini quribdi. Keyin uzumzorni bogʻbonlarga ijaraga berib, oʻzi safarga ketibdi. 34 Yigʻim–terim mavsumida xoʻjayin: «Hosildan menga tegishli ulushni olib kelinglar», deb xizmatkorlarini bogʻbonlar oldiga yuboribdi. 35 Bogʻbonlar esa uning xizmatkorlarini tutib olishibdi, birini urib, birini oʻldirib, boshqa birini esa toshboʻron qilishibdi. 36 Shundan keyin u oldingidan koʻproq xizmatkorlarini bogʻbonlar oldiga joʻnatibdi. Bogʻbonlar esa ular bilan ham xuddi shunday qilishibdi. 37 Oxirida uzumzor egasi:
— Oʻgʻlimni albatta hurmat etadilar, — deb bogʻbonlar oldiga oʻz oʻgʻlini yuboribdi. 38 Ammo bogʻbonlar uning oʻgʻlini koʻrganlarida bir–biriga:
— Bu merosxoʻr–ku! Kelinglar, uni oʻldirib, merosiga ega boʻlaylik, — deyishibdi. 39 Uni tutib, uzumzordan tashqariga chiqarib, oʻldirishibdi. 40 Xoʻsh, sizningcha, uzumzorning egasi qaytib kelganda, u bogʻbonlarni nima qiladi?”
41 “U bu yaramaslarni shafqatsizlarcha oʻldiradi, — deb javob berdi ular. — Uzumzorni esa boshqa bogʻbonlarga ijaraga beradi. Bu bogʻbonlar uzum hosilini unga oʻz vaqtida berishadi.”
42 Iso ularga dedi: “Nahotki sizlar Muqaddas bitiklardagi shu soʻzlarni hech oʻqimagan boʻlsangiz:
«Binokorlar rad etgan tosh
Binoning tamal toshi boʻldi.
Bu Egamizning qilgan ishidir,
Koʻz oldimizdagi ajoyibotdir.»
43 Shuning uchun sizlarga aytaman: Xudoning Shohligi sizlardan tortib olinadi va Shohlik uchun hosil yetishtiradigan odamlarga beriladi. 44 Kim bu tamal toshiga yiqilsa, parcha–parcha boʻladi. Tosh kimning ustiga tushsa, uni ezib yuboradi.”
45 Bosh ruhoniylar va farziylar bu masalni eshitib, Iso ular haqida gapirganini tushundilar. 46 Uni hibsga olmoqchi boʻldilar, ammo xalqdan qoʻrqdilar. Chunki xalq Isoni paygʻambar deb bilar edi.