35–BOB
Xudo Edomni jazolaydi
1 Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2 “Ey inson, Seir togʻlariga yuzlan, ularga qarshi bashorat qilib ayt: 3 «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: ey Seir togʻlari, Men sizlarga qarshiman. Men sizlarga qarshi qoʻlimni koʻtarib, sizlarni tashlandiq xarobazor qilaman. 4 Shaharlaringizni vayron qilib, yurtingizni tashlandiq joyga aylantiraman. Oʻshanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. 5 Xalqimga boʻlgan qadimgi adovatingiz tufayli sizlar Isroil xalqining taqdirini qilich bilan hal qilgan edingizlar. Ular shusiz ham oxirgi jazosini tortib, boshlaridan ogʻir damlarni kechirayotgan edilar–ku! 6 Shu qilganlaringiz uchun, Men, Egangiz Rabbiy, barhayot Xudo boʻlganim haqi ont ichib aytamanki, sizlarni qonga belayman, qon ketingizdan quvadi. Sizlar qotillikdan hazar qilmaganingiz uchun qotillik sizlarni doim taʼqib qiladi. 7 Ey Seir togʻlari, Men sizlarni xarob qilib, tashlandiq joyga aylantiraman. Hududingizdan hech kim yurmaydigan boʻladi. 8 Men sizlarni jasadlarga toʻldiraman. Qilichdan halok boʻlgan odamlarning jasadlari qirlaringizda, vodiylaringizda, soyliklaringizda yotadi. 9 Sizlarni to abad tashlandiq qilaman. Shaharlaringizda hech qachon odam yashamaydi. Oʻshanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.
10 Men, Egangiz, Yahudo va Isroil yurtida boʻlganimga qaramay, sizlar shunday deb aytgan edingiz: ‘Bu ikki xalq bizniki boʻladi, ularning yurtini biz qoʻlga kiritamiz.’ 11 Shunday ekan, Men, Egangiz Rabbiy, barhayot Xudo boʻlganim haqi ont ichib aytamanki, sizlarni qilgan qilmishlaringizga yarasha jazolayman. Sizlar xalqimdan nafratlanib, ularga hasad qilganingiz hamda ustilariga gʻazabingizni sochganingiz uchun adabingizni beraman. Men sizlarni jazolaganimda Oʻzimni xalqimga tanitaman. 12 Sizlar Isroil togʻlariga qarata aytgan haqoratli soʻzlaringizni Men, Egangiz, eshitganimni bilib olasizlar. Sizlar shunday degan edingiz: ‘Isroil xarob boʻldi, endi bu xalq bizga yem boʻladi.’ 13 Ha, sizlar Mening oldimda oʻzingizni katta tutdingizlar. Ogʻzingizni koʻpirtirib, Menga qarshi gapirdingizlar. Men hammasini eshitdim.
14 Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men sizlarni xarob qilganimda, butun jahon sevinadi. 15 Axir, sizlar Isroil yurti xarob boʻlganidan sevingan edingizlar. Shuning uchun Men bu koʻrgilikni boshlaringizga solaman. Ey Seir togʻlari, ey butun Edom yurti, sizlar xarob boʻlasiz. Shunda Egangiz Men ekanligimni butun jahon bilib oladi.»”