12–BOB
Efrayim qabilasi va Yiftox
1 Efrayim qabilasi lashkarini toʻplab, Iordan daryosining narigi qirgʻogʻidagi Zofunga oʻtib Yiftoxga doʻq qildi:
— Nega sen Ommon xalqiga qarshi jang qilganingda bizni ham chaqirmading? Shu qilganing uchun biz seni uyingga qoʻshib yondirib yuboramiz!
2 — Men sizlarni yordamga chaqirgan edim–ku, — dedi Yiftox. — Oʻshanda, bizga jabr–zulm oʻtkazgan Ommon xalqi bilan qattiq janjallashib qolganimda, oʻzingiz menga yordam bermadingiz–ku! 3 Sizlar menga yordam bermasligingizni bila turib, jonimni xatar ostiga qoʻydim–da, Ommon xalqining ustiga bostirib borib hujum qildim. Egamiz esa ularni mening qoʻlimga berdi. Nima uchun endi sizlar kelib menga qarshi urush qilmoqchisizlar?!
4 Efrayim qabilasidan boʻlganlar Gilad avlodini haqoratlab: “Giladliklar kim boʻlibdi?! Ular bor–yoʻgʻi Efrayim qochoqlari–ku, ular hatto Efrayim va Manashe yerlarida yashab yurishibdi”, deb aytgan edilar. Shuning uchun Yiftox Gilad avlodidan boʻlgan barcha erkaklarni yigʻib, Efrayim qabilasi bilan jang qildi. Efrayim qabilasi bu jangda magʻlub boʻldi.
5 Efrayim qabilasining omon qolgan jangchilarini qoʻlga tushirish uchun Yiftox Iordan daryosining kechuv joylariga soqchilarni qoʻydi. Qachonki Efrayim qochoqlaridan biri kelib: “Oʻtib ketay”, deb ruxsat soʻraganda, soqchilar: “Mabodo Efrayim qabilasidanmasmisan?” deya savol berishardi. Qochoq: “Yoʻq”, deb javob bergach, 6 ular unga: “Unday boʻlsa, Shibbolet, degin”, deyishar edi. Oʻsha odam: “Sibbolet”, deb aytar edi, chunki Efrayim qabilasidagilar “Shibbolet” soʻzini toʻgʻri talaffuz qila olmas edilar. “Sibbolet” degan odamni soqchilar Iordan kechuv joyining oʻzidayoq oʻldirishardi. Oʻsha kuni Efrayim qabilasidan qirq ikki ming nafar odam halok boʻldi.
7 Giladlik Yiftox olti yil Isroil xalqiga hakam boʻldi. Soʻng olamdan koʻz yumib, Gilad oʻlkasidagi shaharlarning birida dafn qilindi.
Ibsan, Eloʻn va Abdoʻn
8 Undan keyin Isroil xalqiga Baytlahmlik Ibsan hakam boʻldi. 9 Uning oʻttiz oʻgʻli bilan oʻttiz qizi bor edi. U qizlarini urugʻidan tashqariga uzatib, oʻgʻillariga kelinlarni ham boshqa urugʻlardan olib bergandi. Ibsan yetti yil Isroil xalqiga hakam boʻldi. 10 Soʻng olamdan oʻtib, Baytlahmda dafn qilindi.
11 Undan keyin Zabulun qabilasidan boʻlgan Eloʻn ismli bir kishi hakam boʻldi. U oʻn yil davomida Isroilga rahnamolik qildi. 12 Eloʻn olamdan koʻz yumdi va Zabulun hududidagi Oyjavlonda dafn qilindi.
13 Undan keyin Piratonlik Xilliyolning oʻgʻli Abdoʻn hakam boʻldi. 14 Uning qirqta oʻgʻli va oʻttizta oʻgʻil nabirasi bor edi. Ular yetmishta eshakni minib yurishardi . Abdoʻn sakkiz yil Isroil xalqiga hakam boʻldi. 15 Soʻng Abdoʻn ham olamdan oʻtdi va Efrayim qirlaridagi ona shahri Piratonda dafn etildi. Ilgarilari oʻsha joylar Omolek xalqiga tegishli boʻlgan.