13–BOB
Iso oxirzamon haqida gapiradi
1 Iso Maʼbaddan chiqib ketayotganda shogirdlaridan biri:
— Ustoz, qarang, naqadar ulkan toshlar, naqadar hashamatli binolar! — dedi. 2 Iso unga:
— Bu hashamatli binolarni koʻryapsanmi? Bularning hammasi vayron boʻladi . Bu yerda tosh ustida turgan bironta tosh qolmaydi, — dedi.
3 Iso Zaytun togʻida , Maʼbadning roʻparasida oʻtirgan vaqtda Butrus, Yoqub, Yuhanno va Endrus Undan alohida soʻradilar:
4 — Bizga ayting–chi, bu hodisalar qachon yuz beradi? Tez orada sodir boʻlishini nimadan bilsak boʻladi?
5 Iso ularga shunday javob berdi: “Ehtiyot boʻlinglar, hech kim sizlarni yoʻldan ozdirmasin! 6 Koʻp kishilar oʻzlarini Mening nomim bilan atab: «Men Oʻshaman», deb koʻplarni yoʻldan ozdiradilar. 7 Sizlar uzoq–yaqindagi urush xabarlarini eshitganingizda, choʻchimanglar. Bular albatta sodir boʻladi, ammo bu hali oxiri degani emas. 8 Xalq xalqqa qarshi, shohlik shohlikka qarshi koʻtariladi. Ayrim joylarda qahatchilik va zilzilalar boʻladi. Bu hodisalar toʻlgʻoq azoblarining boshlanishiga oʻxshaydi.
9 Sizlar esa oʻzingizga ehtiyot boʻlinglar. Chunki sizlarni mahkamalarga topshirib, sinagogalarda uradilar. Men tufayli sizlarni hokimlar va shohlar huzurida turgʻizib qoʻyadilar, sizlar esa Mening shohidlarim boʻlasizlar. 10 Ammo oxirat kelishidan oldin, Xushxabar hamma xalqlarga eʼlon qilinishi lozim.
11 Sizlarni qoʻlga olib, mahkamaga topshirganlarida, nima aytamiz, deb oldindan xavotir olmanglar. Oʻsha soatda sizlarga nima berilsa, oʻshani aytinglar. Chunki oʻshanda sizlar emas, balki Muqaddas Ruh gapiradi. 12 Aka ukasini, ota bolasini oʻlimga topshiradi. Bolalar oʻz ota–onalariga qarshi chiqib, ularni oʻldirtiradilar. 13 Mening nomim tufayli hamma sizlardan nafratlanadi. Lekin oxirigacha bardosh bergan najot topadi.
Buyuk musibat va Isoning kelishi
14 Koʻp harom–xarish ishlarga sabab boʻladigan makruh bir narsaning man etilgan joyga oʻrnatilganini koʻrganingizda — oʻqigan tushunib olsin! — Yahudiyada boʻlganlar togʻlarga qochishsin. 15 Tomning ustida boʻlganlar pastga tushib, uyidan biron narsa olib kelish uchun uyiga kirishmasin. 16 Dalada boʻlganlar esa toʻnini olgani qaytib kelmasin. 17 U kunlarda homilador va emizikli ayollarning holiga voy! 18 Qochishingiz qishga toʻgʻri kelmasligi uchun iltijo qilinglar. 19 Chunki oʻsha kunlarda shunday azob–uqubatlar boʻladiki, Xudo dunyoni yaratganidan to hozirgacha bunday boʻlmagan va qaytib sodir boʻlmaydi. 20 Agar Egamiz oʻsha kunlarni qisqartirmaganda edi, hech bir jonzot omon qolmas edi. Lekin Xudo tanlagan odamlari uchungina oʻsha kunlarni qisqartiradi.
21 Agar oʻshanda kimdir sizlarga: «Masih mana bu yerda» yoki: «Ana u yerda», deb aytsa, ishonmanglar. 22 Chunki soxta masihlar va soxta paygʻambarlar paydo boʻlib, iloji boʻlsa, tanlangan odamlarni yoʻldan ozdirish uchun alomatu moʻjizalar koʻrsatadilar. 23 Sizlar esa ehtiyot boʻlinglar. Men hammasini sizlarga oldindan aytib qoʻydim.
24 Oʻsha kunlarda, azob–uqubatlardan keyin,
«Quyosh qorayadi, oyning nuri soʻnadi.
25 Osmondan yulduzlar qulab tushadi,
Samoviy kuchlar larzaga keladi.»
26 Shunda hamma odam Inson Oʻgʻlini koʻradi. Inson Oʻgʻli buyuk qudrat va ulugʻvorlikka burkanib, bulutlarda keladi . 27 U farishtalarini yerning toʻrt tomoniga yuborib, dunyoning bir burchagidan tortib, narigi burchagigacha tanlagan odamlarini toʻplab oladi.
Hushyor boʻlish haqida
28 Anjir daraxtidan saboq olinglar: uning shoxlari koʻkarib barg chiqarayotganda, yoz yaqinlashganini bilasizlar. 29 Shu singari, mana bu voqealar sodir boʻlganda, bilingki, oʻsha vaqt yaqinlashib qolgan, ostonangizga yetgan. 30 Sizlarga chinini aytayin: bu nasl oʻtmasdanoq, bularning hammasi sodir boʻladi. 31 Yeru osmon yoʻq boʻlib ketadi, ammo Mening soʻzlarim kuchda qoladi.
32 Oʻsha kun yoki soat haqida samoviy Otamdan boshqa hech kim bilmaydi. Oʻgʻil ham, samodagi farishtalar ham bilmaydilar. 33 Ehtiyot boʻlib, hushyor turinglar , chunki oʻsha vaqt–soat qachon kelishini sizlar bilmaysizlar.
34 Bu xuddi safarga joʻnagan uy egasiga oʻxshaydi. U oʻz uy–roʻzgʻorini xizmatkorlariga topshirib, har biriga vazifa berib, darvozabonga hushyor boʻlib turishni buyurib, joʻnab ketadi. 35 Xuddi shu singari, sizlar ham hushyor boʻlib turinglar. Chunki uy egasi qachon kelishini — kechqurunmi, yarim tundami, xoʻrozlar qichqirgandami yoki ertalabmi — sizlar bilmaysizlar. 36 Tagʻin U nogahon kelib, sizlarni uxlab yotgan holda koʻrmasin! 37 Sizlarga aytganimni hammaga aytaman: hushyor boʻlinglar!”