23–BOB
Kelajakka umid
1 Egamiz shunday demoqda: “Choʻponlar yaylovimdagi qoʻylarni tarqatib yuboryaptilar, ularni yoʻq qilyaptilar. Bunday choʻponlarning holiga voy! 2 Ey xalqimni boqqan choʻponlar, sizlar qoʻylarimni oʻz holiga tashlab qoʻydingizlar. Ularni tarqatib, uzoqlarga qochirib yubordingizlar. Bu yovuz qilmishlaringiz uchun Men sizlarni oʻz holingizga qoʻymay jazolayman, — deb aytmoqda Isroil xalqining Xudosi — Egamiz. 3 — Men qoʻylarimni har xil yurtlarga haydab yuborgan edim. Endi Oʻzim ularni yigʻib olaman, oʻzlarining yayloviga olib kelaman. Ular barakali boʻlib, koʻpayadilar. 4 Men ular ustidan boshqa choʻponlarni tayinlayman. Choʻponlar qoʻylarimni boqadilar. Shunda qoʻylarim hech narsadan qoʻrqmaydi, sarosimaga tushmaydi. Ularning birontasi ham yoʻqolmaydi.” Egamizning kalomi shudir.
5 Egamiz demoqda: “Shunday kunlar keladiki, Men Dovud naslidan solih bir novdani yetishtiraman. Bu Shoh donolik bilan hukmronlik qiladi. Adolat va toʻgʻrilik bilan ish tutadi. 6 Uning hukmronligi davrida Yahudo xalqi bexatar yashaydi, Isroil xalqi osoyishta hayot kechiradi. Oʻsha Shohni «Egamiz — najotkorimiz» deb atashadi.”
7 Egamiz demoqda: “Shunday kunlar keladiki, odamlar ont ichganda: «Isroil xalqini Misrdan olib chiqqan Egamiz shohid», deb aytmaydigan boʻladi. 8 Buning oʻrniga ular: «Isroil naslini shimoldagi yurtdan va surgun qilingan boshqa barcha yurtlardan olib chiqqan Egamiz shohid», deb ont ichadigan boʻladi. Ular oʻz yurtlarida yashashadi.”
Yeremiyo soxta paygʻambarlar haqida bashorat qiladi
9 Paygʻambarlar haqida oʻylab,
Yurak–bagʻrim ezilib ketdi,
Vujudim titrab ketmoqda.
Egamiz tufayli,
Uning aytgan muqaddas soʻzi tufayli
Men mast odamga oʻxshab qoldim,
Sharobga boʻkkan kishiday boʻlib qoldim.
10 Evoh, yurt zinokorlarga toʻlib ketdi,
Laʼnat tufayli yer qaqrab qoldi,
Dashtdagi yaylovlar qurib yotibdi.
Paygʻambarlar qabihlik qilishga shoshiladi,
Kuchini haqsizlik yoʻlida ishlatishadi.
11 Egamiz shunday demoqda:
“Paygʻambaru ruhoniylar betavfiqdirlar,
Hatto Mening uyimda ham qabihlik qilganlarini koʻrdim.
12 Shu sababdan yurgan yoʻllari sirpanchiq boʻladi,
Ular zulmatga gʻarq boʻlishadi.
Hammasi yiqilib qoladi.
Jazo oladigan yili
Boshlariga kulfat keltiraman,
— deb aytmoqda Egamiz. —
13 Samariya paygʻambarlari orasida
Jirkanch bir ishni koʻrdim:
Ular Baal nomidan bashorat qilishdi,
Xalqimni yoʻldan ozdirishdi.
14 Ammo Quddus paygʻambarlari orasida
Bundan ham battarrogʻini koʻrdim:
Ular zino qilib, yolgʻon ichida yashashadi,
Yovuzlarning ishini qoʻllab turishadi,
Shuning uchun hech kim yomon yoʻlidan qaytmayapti.
Nazarimda ularning hammasi Sadoʻm odamlariday boʻlib qolgan,
Quddus aholisi Gʻamoʻra aholisiga oʻxshab qolgan.”
15 Sarvari Olam paygʻambarlar haqida shunday demoqda:
“Men ularga achchiq oʻtdan yediraman,
Zaharli suvdan ichiraman,
Zero, Quddus paygʻambarlari dastidan
Yurtimda betavfiqlar koʻpayib ketdi.”
16 Sarvari Olam shunday demoqda: “Sizlarga bashorat qilayotgan paygʻambarlarning gaplariga quloq solmanglar. Ular qoʻyningizni puch yongʻoqqa toʻldiryapti. Ular Mening ogʻzimdan chiqqan soʻzlarni emas, oʻz dil orzularini aytishyapti. 17 Mening soʻzimdan nafratlangan odamlarga ular hadeb: «Hammasi yaxshi boʻladi», deyishadi. Yuragidagi oʻjarliklarga itoat qilganlarga: «Boshingizga balo–qazo kelmaydi», deyishadi.”
18 Xoʻsh, Egamizning kengashida ulardan qaysi biri qatnashibdi?!
Xudoning soʻzini qaysi biri eshitibdi?!
Qaysi biri eʼtibor bilan Uni tinglabdi?!
19 Ana, boʻron koʻtarildi!
Bu Egamizning gʻazabidir.
Uning gʻazabi quyun girdobi boʻlib,
Fosiqlarning boshiga tushdi.
20 Egamiz koʻnglidagi niyatini bajarmaguncha,
Uni oxiriga yetkazmaguncha,
Gʻazabidan tushmaydi.
Keyinchalik buni anglab olasizlar.
21 Egamiz shunday dedi:
“Bu paygʻambarlarni Men yubormadim,
Ular oʻzlari yugurib bordilar.
Ularga Men gapirmadim,
Ular esa bashorat qildilar.
22 Agar oʻsha paygʻambarlar kengashimda boʻlganlarida edi,
Soʻzlarimni xalqimga yetkazgan boʻlardilar.
Xalqimni yomon yoʻldan,
Yovuz qilmishlardan qaytargan boʻlardilar.”
23 Egamiz shunday demoqda: “Men hamma yoqdaman — yaqinda ham, uzoqda ham oʻsha Xudoman. 24 Kim Mendan yashirina oladi?! Yeru koʻkni toʻldirib turgan Men emasmi?! — deb aytmoqda Egamiz. 25 — Mening nomimdan yolgʻon bashorat qilgan paygʻambarlarning: «Men bir tush koʻrdim! Xudo menga bir tush berdi!» deganlarini eshitdim. 26 Qachongacha bu davom etadi?! Ular yuraklaridagi hiylayu nayranglarini, yolgʻon bashoratlarini bas qilishadimi, yoʻqmi?! 27 Ularning ota–bobolari Meni unutib, Baalga sajda qilgan edilar. Shu singari, bu soxta paygʻambarlar «Xalq Egamizni unutsin», deya bir–birlariga tushlarini aytishadi. 28 Mayli, tush koʻrgan paygʻambar tushini aytsin, soʻzimni eshitgan esa uni sadoqat bilan eʼlon qilsin. Axir, somon bilan bugʻdoyning farqi bor–ku! — deb aytmoqda Egamiz. 29 — Mening soʻzim olovday kuydiradi. Qoyani yoradigan bolgʻaday zarba beradi.” Egamizning kalomi shudir.
30 Egamiz shunday demoqda: “Bu paygʻambarlar «Egamizning soʻzi» deb bir–biridan gap oʻgʻirlaydi. Men ularga qarshiman. 31 Ha, Men oʻsha paygʻambarlarga qarshiman, — deb aytmoqda Egamiz. — Ular oʻzlaricha valdirab yuradilar, yana «bu Egamizning soʻzlari», deb aytadilar. 32 Uydirma tushlarini aytgan paygʻambarlarga qarshiman! Ular yolgʻonlariyu telbaligi bilan xalqimni yoʻldan ozdirishmoqda. Ularni Men tayinlamaganman, xalqimning oldiga Men yubormaganman. Xalqimga ularning zarracha ham foydasi yoʻq.” Egamizning kalomi shudir.
Yuk haqida
33 Egamiz menga dedi: “Ey Yeremiyo, agar xalqimdan boʻlgan birorta odam, paygʻambar yoki ruhoniy sendan: «Bu safar Egamiz bizga nima yuklamoqchi? » deb soʻrasa, sen shunday deb javob ber: «Sizlar oʻzlaringiz Egamizga yuk boʻldingizlar . Endi U sizlarni uloqtirib tashlaydi.» 34 Bordi–yu, biron odam, paygʻambar yoki ruhoniy: «Egamizning soʻzi bizga yuk boʻldi», deb aytadigan boʻlsa, Men unday odamni butun xonadoni bilan jazolayman. 35 Sizlar bir–biringizdan: «Egamiz nima deb javob berdi?» yoki «Egamiz nima deb aytdi?» deb soʻranglar. 36 Ammo: «Egamiz bizga nima yuklamoqchi?» deb boshqa soʻramanglar. Zero, odamlar bu iborani ishlatib, oʻz soʻzlarini ishonarli qilmoqchi boʻladilar, barhayot Xudo, Sarvari Olam — Xudoyingizning soʻzlarini buzib aytadilar. 37 Sizlar esa paygʻambarning oldiga borganingizda, undan: «Egamiz sizga nima deb javob berdi?» yoki «Egamiz sizga nima dedi?» deb soʻranglar. 38 Bordi–yu, sizlar gapimga kirmay: «Egamiz bizga nima yuklamoqchi?» deb yana soʻrasangizlar, 39 Men sizlarni yuk koʻtarganday koʻtarib , Oʻz huzurimdan uloqtirib tashlayman. Ota–bobolaringizga Oʻzim bergan shaharni ham shu koʻyga solaman. 40 Abadiy isnod va sharmandalikka duchor qilaman. Bunday sharmandalikni unutib boʻlmaydi.”