2–BOB
Yoqubning nasli
1 Yoqubning oʻgʻillari quyidagilardir: Ruben, Shimoʻn, Levi, Yahudo, Issaxor, Zabulun, 2 Dan, Yusuf, Benyamin, Naftali, Gad va Osher.
Yahudoning nasli
3 Yahudoning Gʻur, Oʻnan va Shelo degan oʻgʻillari bor edi. Bu uchala oʻgʻilni unga Kanʼonlik Botshuva tugʻib bergandi. Yahudoning toʻngʻich oʻgʻli Gʻur Egamizning oldida qabih ishlar qilgani uchun, Egamiz uning jonini oldi. 4 Yahudoning kelini Tamara ham Yahudoga Paraz va Zerax degan oʻgʻillarni tugʻib berdi. Yahudoning hammasi boʻlib besh oʻgʻli bor edi.
5 Parazdan Xazron va Xomul ismli ikki oʻgʻil tugʻildi.
6 Zeraxning beshta oʻgʻli boʻlib, ularning ismlari Zimri, Etxan, Xaman, Qolkoʻl va Dardax edi. 7 Zerax avlodidan boʻlgan Karmi ismli bir odamning Oxun degan oʻgʻli bor edi. Oxun Egamizga bagʻishlangan narsalarning bir nechtasini olib, Isroil xalqiga kulfat keltirgandi.
8 Etxanning oʻgʻli Ozariyo edi.
Yahudoning nabirasi Xazrondan Dovudgacha boʻlgan nasllar
9 Xazronning uchta oʻgʻli boʻlib, ismlari Yaraxmal, Ram va Xolib edi.
10 Ramdan Ominadav tugʻildi, Ominadav Yahudo yoʻlboshchisi Naxshoʻnning otasi edi. 11 Naxshoʻndan Salmoʻn tugʻildi, Salmoʻndan Boʻaz tugʻildi, 12 Boʻazdan Obid tugʻildi va Obiddan Essay tugʻildi.
13 Essayning yetti oʻgʻli boʻlib, toʻngʻichi — Eliyob, ikkinchisi — Abunadav, uchinchisi — Shimo, 14 toʻrtinchisi — Natanil, beshinchisi — Radday, 15 oltinchisi — Ozim, yettinchisi Dovud edi . 16 Ularning Zeruya va Obigayl degan singillari bor edi. Zeruyaning uchta oʻgʻli boʻlib, ularning ismlari Abushay, Yoʻab va Osoyil edi. 17 Obigayl Ismoil qavmidan boʻlgan Eter bilan turmush qurib, Emosani tugʻdi.
Xazronning nasli
18 Xazron oʻgʻli Xolibning Oziba va Yariyoʻt degan xotinlari bor edi. Oziba Xolibga uch oʻgʻil: Yesher, Shoʻvav va Ardunni tugʻib berdi. 19 Oziba olamdan oʻtgach, Xolib Efrataga uylandi. Efrata unga Xurni tugʻib berdi. 20 Xurdan Uri tugʻildi, Uridan Bazalil tugʻildi.
21 Xazron oltmish yoshga kirganda Moxirning qizi — Giladning singlisiga uylandi. U Xazronga Saxuv ismli oʻgʻil tugʻib berdi. 22 Saxuvdan Yovir tugʻildi. U Giladdagi yigirma uchta shahar ustidan hukmronlik qilardi. 23 Keyinchalik Gashur va Oram xalqlari Yovir shaharlarini , shuningdek, Qanot shahri va atrofidagi oltmishta qishloqni qoʻlga kiritishdi. Bu yerlarda yashayotgan xalq Giladning otasi Moxirning urugʻidan edi.
24 Xazron vafot etgandan keyin, oʻgʻli Xolib otasining beva qolgan Efrata ismli xotiniga uylangan edi. Ular Ashxur ismli oʻgʻil koʻrdilar . Ashxur Taxuva shahriga asos soldi .
Xazron oʻgʻli Yaraxmalning nasli
25 Xazronning toʻngʻich oʻgʻli Yaraxmaldan bino boʻlgan oʻgʻillar quyidagilardir: toʻngʻich oʻgʻli Ram, soʻngra Bunax, Oren, Ozim va Oxiyodir. 26 Yaraxmalning Otara ismli boshqa xotini ham bor edi. Otara Oʻnamni tugʻdi.
27 Yaraxmalning toʻngʻich oʻgʻli Ramdan Maz, Yomin va Exer bino boʻldi.
28 Oʻnamning Shammay va Yodo degan oʻgʻillari bor edi.
Shammay Nadov va Abushur ismli oʻgʻillar koʻrdi.
29 Abushurning Abuhayil degan xotini boʻlib, ular Axbon va Moʻlid degan oʻgʻillar koʻrdi.
30 Nadovdan Saled va Opayim degan oʻgʻillar bino boʻldi. Saled befarzand oʻtib ketdi.
31 Opayim — Yishining otasi, Yishi — Shashonning otasi, Shashon Oxlayning otasi edi.
32 Shammayning ukasi Yodoning Eter va Yoʻnatan ismli ikkita oʻgʻli bor edi. Eter befarzand oʻtib ketdi.
33 Yoʻnatanning Palaf va Zozo ismli ikkita oʻgʻli bor edi.
Mana shularning hammasi Yaraxmalning nasli edi.
34 Shashonning oʻgʻli boʻlmay, faqat qizlari bor edi, xolos. Shashonning Yarxo ismli bir Misrlik quli ham bor edi. 35 Shashon qizini oʻzining quli Yarxoga uzatdi. Ular oʻgʻil koʻrishdi va ismini Attay qoʻyishdi.
36 Attaydan Natan tugʻildi, Natandan Zabad tugʻildi, 37 Zabaddan Eflol tugʻildi, Efloldan Obid tugʻildi, 38 Obiddan Yohu tugʻildi, Yohudan Ozariyo tugʻildi, 39 Ozariyodan Xalez tugʻildi, Xalezdan Elasax tugʻildi, 40 Elasaxdan Sismay tugʻildi, Sismaydan Shallum tugʻildi, 41 Shallumdan Yoxamiyo tugʻildi, Yoxamiyodan Elishama tugʻildi.
Xazron oʻgʻli Xolibning nasli
42 Yaraxmalning ukasi Xolib ikki oʻgʻil koʻrdi, toʻngʻichining ismi Mesho va kenjasining ismi Morisho edi. Meshodan Zif tugʻildi, Morishodan Xevron tugʻildi.
43 Xevron Koʻrax, Tappux, Rahem va Shema ismli oʻgʻillar koʻrdi. 44 Shemadan Raxam tugʻildi, Raxamdan Yorixim tugʻildi. Shemaning akasi Rahem Shammay ismli oʻgʻil koʻrdi. 45 Shammaydan Moyun tugʻildi. Moyundan Baytzur tugʻildi.
46 Xolibning Efax ismli choʻrisi unga Xoronni, Moʻzoni va Gazezni tugʻib berdi. Xoron ham Gazez ismli bir oʻgʻil koʻrdi. 47 Efaxning otasi Yohdoyning Raxem, Yoʻtom, Geshon, Palat va Shaf degan oʻgʻillari ham bor edi.
48 Xolibning Maxo ismli boshqa bir choʻrisi unga Shabar va Tirxano ismli oʻgʻillar tugʻib berdi. 49 Keyinroq ular Shaf va Shavo ismli yana ikki oʻgʻil koʻrishdi. Shaf Madmanno shahriga, Shavo esa Maxbinax va Giviyo shaharlariga asos soldi . Xolibning Axsa ismli bir qizi ham bor edi.
50 Mana shularning hammasi Xolibning nasli edi.
Xolib oʻgʻli Xurning nasli
Efrataning Xolibdan tugʻilgan toʻngʻich oʻgʻli Xur uch oʻgʻil koʻrdi. Birinchisining ismi Shoʻval boʻlib, u Xirat–Yoʻrim shahriga asos soldi. 51 Ikkinchisining ismi Salmo boʻlib, u Baytlahm shahriga asos soldi. Uchinchisining ismi Xoref boʻlib, u Bayt–Gader shahriga asos soldi.
52 Xirat–Yoʻrimning asoschisi Shoʻvaldan Horu xalqi va Monaxat shahrining yarim aholisi bino boʻldi. 53 Xirat–Yoʻrim aholisi Yitar urugʻi, Fut urugʻi, Shumot urugʻi va Mishroy urugʻlaridan tashkil topgan edi. Zorox va Eshtoyoʻl shaharlarining aholisi ham shu urugʻlardan kelib chiqqan.
54 Natufo, Otroʻt–Bayt–Yoʻab va Zorox shaharlarining aholisi hamda Monaxat shahrining yarim aholisi Baytlahmning asoschisi Salmo naslidan tashkil topgan edi. 55 Yabiz shahrida istiqomat qilgan kotiblarning urugʻlari ham Salmo naslidan kelib chiqqan boʻlib, ular Tirotliklar, Shimatliklar va Suxotliklar degan nom bilan yuritilardi. Bular Xayin xalqidan boʻlgan Xammat ismli bir odamning avlodlari edilar. Xammat Raxav urugʻining bobokaloni edi .