7–BOB
Mixoning marsiyasi
1 Shoʻrim quridi!
Yozgi mevalar yigʻib olingach,
Uzumzor hosili yigʻishtirilgach,
Toklardan bir bosh uzum ham topa olmagan,
Bir dona anjirga zor boʻlgan odamdayman men.
2 Xudojoʻy yoʻq boʻldi bu yurtda,
Toʻgʻri odam qolmadi insonlar orasida.
Qon toʻkaman deb, odamlar bir–birini poylaydi,
Hattoki qarindosh qarindoshiga tuzoq qoʻyadi.
3 Yomonlik qilishga ustadir ular.
Amaldoru qozilari pora olishadi,
Boylari xohlaganini qildirishadi,
Birgalikda ular haqiqatni buzib koʻrsatishadi.
4 Ularning himmatlisi yantoqqa oʻxshaydi,
Vijdonlisi bir uyum tikandan qolishmaydi.

Ey xalqim,
Soqchilar sizlarga eʼlon qilgan kun yaqinlashdi,
Ha, jazo oladigan kuningiz yetib keldi.
Hammangiz sarosimaga tushadigan vaqt boʻldi.
5 Doʻstingizga suyanmang,
Sherigingizga ishonmang,
Quchogʻingizda xotiningiz yotganda,
Qulf soling ogʻzingizga.
6 Oʻgʻil oʻz otasini xoʻrlaydi,
Qiz onasining yuziga sapchiydi,
Kelin qaynanasiga dushmanlik qilar.
Sizning dushmanlaringiz — oʻz uyingizdagilar.
7 Men esa Egamga tikaman koʻzlarimni,
Umid ila kutaman najotkorim Xudoni,
Albatta eshitar Xudoyim meni.
Xalq Egamizga yuz buradi
8 Holimni koʻrib shod boʻlmangiz, ey gʻanimlar!
Yiqilganimda oʻzim turib olarman.
Zulmatda oʻtirganimda,
Menga nur sochar Egam.
9 Gunoh qildim men Egamga qarshi,
Uning qahriga dosh beraman endi.
Bir kun kelib, U mening tarafimni oladi,
Mening haqligimni isbot etadi.
Yorugʻlikka olib chiqadi U meni,
Men koʻraman Xudoning adolatini.
10 Ey dushmanlarim, albatta buni koʻrasiz.
“Egang Xudo qani?!” deb meni masxara qildingiz,
Endi siz sharmandayi sharmisor boʻlasiz.
Men koʻzlarim bilan koʻraman sizning qulashingizni,
Oyoq osti boʻlasizlar koʻchadagi loy kabi.
Isroilning qayta tiklanishi haqida bashorat
11 Ey Quddus, kelar shunday zamonlar:
Sening devorlaring qayta qurilar,
Kengayib ketadi sening hududing.
12 Oʻsha kuni xalqing qaytib keladi .
Ular Ossuriyadan Misrgacha,
Misrdan Furot daryosigacha boʻlgan
Barcha oʻzga yurtlardan,
Uzoq dengiz sohillaridan,
Olis togʻlar bagʻridan kelishadi.
13 Boshqa xalqlarning yurtlari esa
Oʻz qilmishlari dastidan xarobazorga aylanadi.
Mixoning iltijosi va Egamizning javobi
14 Ey Egam, Oʻz xalqingning choʻponi boʻlgin,
Oʻz suruvingni tayogʻing bilan boshqargin,
Ularning yon–atrofi koʻm–koʻk yaylovlar,
Ular esa chakalakzorda yashayaptilar .
Uzoq oʻtmishdagiday ularni oʻtlatgin,
Bashan va Gilad yaylovlarida ularni toʻygʻazgin.

15 Egamiz demoqda:
“Men sizlarni Misrdan olib chiqqan kunlarimday,
Sizlarga Oʻz ajoyibotlarimni yana koʻrsataman.”

16 Ey Egam, ajoyibotlaring oldida
Buyuk lashkarlarining ojizligini koʻrib,
Oʻzlari sharmanda boʻladilar.
Qoʻllari bilan yuzlarini berkitadilar.
Ularning quloqlari garang boʻlib qoladi.
17 Ilon kabi ular tuproq yalaydi,
Sudraluvchi maxluqlar kabi tuproq oshaydi.
Ey Egamiz Xudo, ular titrab–qaqshab,
Oʻz uyalaridan Sening oldingga chiqadilar.
Sening huzuringda dahshatga tushadilar.

18 Ey Xudo, Senga oʻxshashi bormikan?!
Xalqingdan omon qolganlarning
Gunohlarini Sen kechirasan,
Ularning itoatsizligini afv etasan.
To abad gʻazablanmassan xalqingdan,
Zavq olasan Oʻzing mehr–shafqat koʻrsatishdan.
19 Sen bizga yana rahm qilasan.
Ayblarimizni yerga koʻmib yuborasan,
Gunohlarimizni dengiz tubiga uloqtirasan.
20 Qadimda ota–bobolarimizga ont ichganingday ,
Sen Yoqub avlodiga sadoqatli boʻlasan,
Ibrohim nasliga soʻnmas sevgingni koʻrsatasan.