27–BOB
Yeremiyo va hoʻkiz boʻyinturugʻi
1 Yoʻshiyo oʻgʻli Zidqiyo Yahudoda hukmronligining ilk davrida , Egamiz Oʻz soʻzini Yeremiyoga ayon qildi. 2 Egamiz menga shunday dedi: “Yogʻochdan bir boʻyinturuq yasa, qayishlar yordamida uni gardaningga osib ol. 3 Soʻng esa Quddusga — shoh Zidqiyo huzuriga kelgan elchilar orqali Edom, Moʻab, Ommon, Tir va Sidon shohlariga xabar joʻnat. 4 Elchilarga buyur, ular oʻz shohlariga quyidagi xabarni yetkazsinlar:
«Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: shohlaringizga aytinglar, 5 bu dunyoni, yer yuzidagi odamzodu hayvonlarni Men Oʻz qudratim va ajoyibotlarim bilan yaratganman. Shunday ekan, ularni xohlagan odamga beraman. 6 Ana shu yurtlarning barchasini Men Bobil shohi qulim Navuxadnazarga berdim. Hattoki yovvoyi hayvonlarni ham uning izmiga topshirdim, ular ham Navuxadnazarga xizmat qilishadi. 7 Navuxadnazarning shohligi qulaguncha hamma xalqlar unga, uning oʻgʻliyu nevarasiga xizmat qiladi. Keyin esa Navuxadnazarning oʻzi ham koʻplab xalqlarga va buyuk shohlarga xizmat qilishga majbur boʻladi.
8 Bobil shohi Navuxadnazarga xizmat qilmagan, unga boʻyin bermagan har bir xalq va shohlikni Men urushga, qahatchiligu oʻlatga giriftor etib, qirib tashlayman, — deb aytmoqda Egamiz. — Oʻsha xalqni Navuxadnazar orqali butunlay yoʻq qilmagunimcha qoʻymayman. 9 Sizlar Bobil shohiga xizmat qilmaysizlar, deya karomat qilayotgan paygʻambarlaringizga, folbinlaringizga, tush taʼbirchilariga, bashoratgoʻy odamlaringizga, sehrgarlaringizga ishonmanglar. 10 Ular sizlarga yolgʻon bashorat qilyaptilar. Agar ularga quloq solsangizlar, Men sizlarni bu yerdan chiqarib yuboraman. Uzoq yurtlarga surgun qilaman, oqibatda sizlar halok boʻlasizlar. 11 Bobil shohining boʻyinturugʻi ostida boʻyin eggan, unga xizmat qilgan har bir xalqni esa Men oʻz yurtida qoldiraman. Ular oʻz yurtlarida yashab, oʻz yeriga ishlov beradilar. Egamizning kalomi shudir.»”
12 Men Yahudo shohi Zidqiyoni ham xuddi shunday deb ogohlantirdim: “Bobil shohiga bosh eging, uning oʻziga ham, xalqiga ham xizmat qiling, shunda joningizni saqlab qolgan boʻlasiz. 13 Egamiz: «Bobil shohiga xizmat qilmagan har bir xalq urush, qahatchilik va oʻlatdan nobud boʻladi» degan edi. Nahotki oʻzingizning va oʻz xalqingizning joniga zomin boʻlsangiz?! 14 «Bobil shohiga xizmat qilmang», deb aytayotgan paygʻambarlarning gaplariga quloq solmang, ular sizlarga yolgʻon bashorat qilyapti. 15 Oʻsha paygʻambarlar haqida Egamiz shunday deb aytdi: «Ularni Men yubormaganman. Ular Mening nomimdan yolgʻon bashorat qilishyapti. Shunday ekan, Men sizlarni va sizlarga bashorat qilayotgan paygʻambarni bu yurtdan uloqtirib tashlayman. Hammangiz halok boʻlasizlar.»”
16 Soʻng men ruhoniylarga va butun xalqqa gapirdim: “Egamiz shunday demoqda: «Maʼbadning ashyolari Bobildan yaqinda olib kelinadi, deb aytayotgan paygʻambarlarga quloq solmanglar. Ular sizlarga yolgʻon bashorat qilishyapti. 17 Ularga quloq solmanglar! Joningizni saqlab qolmoqchi boʻlsangizlar, Bobil shohiga xizmat qilinglar. Aks holda, shahar vayron qilinadi! 18 Agar ular, haqiqatan ham, paygʻambarlar boʻlishsa, agar chindan ham Mening kalomim ularga ayon boʻlgan boʻlsa, unda ular Men, Sarvari Olamga yolvorishsin. ‘Sening uyingdagi, shoh saroyidagi va Quddusdagi qolgan ashyolar Bobilga olib ketilmasin’, deb Menga iltijo qilishsin.» 19-21 Axir, Sarvari Olam demoqda: «Bobil shohi Navuxadnazar Yahudoga bostirib kelib, taxtda oʻtirgan Yohayiqim oʻgʻli Yohayixinni Yahudo amaldorlari bilan birga asir qilib olib ketganda, Maʼbaddagi ikkita bronza ustunni, hovuzni, tagkursilarni va Quddusdagi ayrim idishlarni qoldirib ketgan edi.» Ammo oʻsha qolgan–qutgan ashyolar haqida Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: «Oʻz uyimda, shoh saroyida va Quddusda qolgan ashyolar haqida aytadigan gaplarimni eshitinglar: 22 ashyolarning hammasi Bobilga olib ketiladi . Men ularni olib kelgani bormagunimcha, oʻsha yerda qoladi. Soʻng esa Men ularni qaytarib olib kelaman, shu yerga joylashtiraman.» Egamizning kalomi shudir.”