16–BOB
Moʻab umidsiz ahvolda qoladi
1 Qoʻzilar yuborgin yurtning hukmdoriga,
Ularni yubor sahro yoʻli orqali
Sela shahridan aziz Sion togʻiga.
2 Xuddi darbadar qushlarday
Boʻlib qolar axir, Moʻab ahli.
Uyasidan quvilgan qushlarday
Ular Arnon soyligi kechuvini gʻurbatda kezadi.
3 Ular shunday deydi:
“Maslahat ber bizga, qaror chiqar!
Kunning oʻrtasida soyangni tun kabi tushir.
Yashirgin quvilganlarni,
Oshkor qilma qochoqlarni!
4 Qochoqlarimiz orangizda yashasin,
Qirgʻin keltiruvchi zoʻravonlardan
Moʻabga boshpana boʻlgin.”
Zolimlar yoʻq boʻlganda,
Zoʻravonlik barham topadi.
Talonchilar yurtdan gʻoyib boʻladi.
5 Taxt oʻrnatilar sadoqat ila.
Taxtda oʻtirar haqiqatgoʻy bir hukmdor.
Bu hukmdor Dovud xonadonidan kelib chiqar.
U adolatparvar, odillik bilan hukm chiqarar.
6 Ha, eshitganmiz Moʻabning magʻrurligini,
Uning chiroyi, kiborligi, boyligini!
Naqadar magʻrurdir u!
Ammo bularning hammasi yolgʻon!
7 Endi Moʻab faryod cheksin,
Hamma Moʻab uchun nola qilsin.
Ha, oʻsha Xir–Xarasot mayizlarini
Hamma qoʻmsab, aza tutsin.
8 Mana, holdan toydi Xashbon dalalari,
Sivmo uzumzorlari ham.
Xalqlarning hukmdorlari ezgan
Sivmoning uzum boshlarini.
Ular Yazirgacha yetib bordilar,
Ular sahroda kezib yurdilar.
Novdalari bir vaqtlar oʻsib ketib,
Dengizdan ham oshib oʻtdi.
9 Shu bois Yazir yigʻlaganda, men ham yigʻlayman,
Ey Sivmo uzumzorlari!
Koʻz yoshlarim ila sizlarni shalabbo qilaman,
Ey Xashbon, Elaley shaharlari!
Axir, yozgi hosilingiz barham topdi,
Don hosili paytidagi oʻyin–kulgilar toʻxtadi.
10 Bogʻlarda shodlik,
Xursandchilik endi boʻlmas,
Uzumzorlarda qoʻshiq aytilmas,
Shodlik qiyqiriqlari koʻtarilmas.
Uzum siqish chuqurlarida
Ishlaydigan hech kim qolmas.
Shodlik qiyqiriqlarini Xudo bostirdi.
11 Shu bois yuragim Moʻab uchun
Arfa kabi nola qilar.
Xir–Xarasot uchun vujudim faryod chekar.
12 Moʻab xalqi kelib, oʻzini toliqtirsa ham,
Sajdagohiga kelib, iltijolar qilsa ham,
Hech narsaga erishmas.
13 Egamiz bu soʻzlarni Moʻab haqida oldindan aytgan edi. 14 Endi Egamiz aytar: “Hozir juda koʻp boʻlganiga qaramay, yollangan ishchining muddati kabi, uch yildan keyin Moʻabning obroʻsi toʻkilar. Xalqidan qolganlari esa juda oz, zaif boʻlar.”