12–BOB
Shukrona qoʻshigʻi
1 Oʻsha kuni sen aytasan:
“Senga shukur aytaman, ey Egam,
Mendan gʻazablangan eding,
Gʻazabing bosildi, ey Egam,
Menga Sen tasalli berasan!”
2 Sen yana aytasan: “Ha, Xudo najotimdir,
Qoʻrqmasman, U mening umidimdir.
Egamning Oʻzi mening kuch–qudratimdir ,
U mening qutqaruvchimdir.”

3 Shod boʻlib, najot chashmasidan suv olasiz.
4 Oʻsha kuni aytasiz:
“Shukronalar aytaylik Egamizga.
Sajda qilaylik Unga!
Qilgan buyuk ishlarini
Xalqlar orasida ovoza qilaylik,
Nomi yuksalganini yodga solaylik!”

5 Hamdlar ayting Egamizga!
Butun yer yuzida boʻlgan ovoza
Uning qilgan ajoyib ishlari!
6 Xitob qiling, hayqiring shodlikdan, ey Quddus ahli,
Buyukdir orangizdagi Isroil xalqining Muqaddas Xudosi.
12–BOB
Shukrona qoʻshigʻi
1 Oʻsha kuni sen aytasan:
“Senga shukur aytaman, ey Egam,
Mendan gʻazablangan eding,
Gʻazabing bosildi, ey Egam,
Menga Sen tasalli berasan!”
2 Sen yana aytasan: “Ha, Xudo najotimdir,
Qoʻrqmasman, U mening umidimdir.
Egamning Oʻzi mening kuch–qudratimdir ,
U mening qutqaruvchimdir.”

3 Shod boʻlib, najot chashmasidan suv olasiz.
4 Oʻsha kuni aytasiz:
“Shukronalar aytaylik Egamizga.
Sajda qilaylik Unga!
Qilgan buyuk ishlarini
Xalqlar orasida ovoza qilaylik,
Nomi yuksalganini yodga solaylik!”

5 Hamdlar ayting Egamizga!
Butun yer yuzida boʻlgan ovoza
Uning qilgan ajoyib ishlari!
6 Xitob qiling, hayqiring shodlikdan, ey Quddus ahli,
Buyukdir orangizdagi Isroil xalqining Muqaddas Xudosi.