27–BOB
Tir shahri haqida marsiya
1 Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2 “Ey inson, Tir haqida bir marsiya kuyla. 3 Dengiz boʻyidagi yurtlar bilan savdo–sotiq qiladigan, dengiz darvozasida oʻrnashgan Tir shahriga ayt:

«Egamiz Rabbiy shunday demoqda:
Ey Tir, sen: ‘Goʻzallikda barkamolman’, deding.
4 Ha, sening chegaralaring dengiz bagʻridan oʻtgan,
Quruvchilaring goʻzalligingni barkamol qilgan.
5 Xermon togʻidagi archa yogʻochidan qurilgan
Ulkan bir kemaday eding sen.
Quruvchilaring machtangni yasash uchun
Lubnondan keltirilgan sadr yogʻochini ishlatdilar.
6 Eshkaklaringni Bashan emanlaridan yasadilar.
Kema sahnini Kipr qaragʻaylaridan qildilar,
Fil suyagi bilan uni bezatdilar.
7 Yelkanlaring Misrdan keltirilgan naqshli matolardan edi,
Ular senga bayroq boʻlib xizmat qilardi.
Elishox qirgʻoqlaridan olib kelingan
Koʻk va safsar gazlamalar soyaboning edi.
8 Sidon va Arvod odamlari eshkaklaringni eshar edi,
Oʻz mohir odamlaring esa kemalaringni boshqarar edi.
9 Gabollik tajribali kemasozlaring bor edi,
Ular kemangning yoriqlarini saqichlardi.
Barcha kemalaru dengizchilar kelib,
Sening mollaringni sotib olishar edi.
10 Fors, Lidiya va Liviya yurtlarining askarlari
Saflaringda xizmat qilar edi.
Qalqonu dubulgʻalarini devorlaringga osib,
Seni salobatli qilishar edi.
11 Arvod va Xelekdan kelgan odamlar
Devorlaringda soqchilik qilishardi,
Gamadliklar minoralaringni qoʻriqlashardi.
Devorlaringga qurollarini osib,
Goʻzalligingni barkamol qilishardi.

12 Sening boyliklaring shu qadar koʻp ediki, hatto Tarshish aholisi sen bilan savdo–sotiq qilardi. Ular kumush, temir, qalay va qoʻrgʻoshinni mollaringga ayirboshlashardi. 13 Yunonlar , Tuval va Meshex xalqlari sen bilan savdo–sotiq qilar edi. Mollaring evaziga qullarni va bronza buyumlarni berishar edi. 14 Toʻxarmoliklar aravaga qoʻshiladigan otlarni, jang otlariyu xachirlarini mollaringga almashtirishardi. 15 Roʻdon xalqi sen bilan savdo–sotiq qilar edi. Dengiz sohilidagi koʻp yurtlar sening xaridorlaring edi. Ular fil suyagi va obnus yogʻochini senga toʻlov sifatida berishardi.
16 Mollaring behisob boʻlgani uchun Oram xalqi ham sen bilan savdo–sotiq qilardi. Mollaring evaziga qimmatbaho firuza toshlarni, safsar matolarni, naqsh solingan gazlamalarni, mayin zigʻir matolarini, marjonu yoqutlarni olib kelardi. 17 Yahudo va Isroil yurtlari sen bilan oldi–sotdi qilishardi. Ular mollaring evaziga Minnitdan keltirilgan bugʻdoyni, shuningdek, shirinliklar, asal, zaytun moyi va mumiyo olib kelishardi. 18 Sening cheksiz boyliklaring, turli xil mollaring tufayli, Damashq aholisi sen bilan savdo–sotiq qilardi. Mollaring evaziga ular Xelbon sharobini va oppoq yungni olib kelishardi. 19 Uzol shahridan sharob keltirib , sen bilan oldi–sotdi qilishardi. Ishlov berilgan toza temirni, dolchin va xushboʻy qamishni mollaringga almashtirishardi.
20 Dedonliklar senga ot terligini sotishar edi. 21 Qoʻzichoq, qoʻchqor va echkilar bilan seni taʼminlagan Arabiston va Kedar shahzodalari mollaringni xarid qilishardi. 22 Shava va Ramo savdogarlari sen bilan savdo–sotiq qilishardi. Mollaring evaziga eng aʼlo ziravorlarni, qimmatbaho toshlaru oltinni berishardi. 23 Xoron, Xannox va Eden shaharlari hamda Shava, Oshur va Xilmad savdogarlari sen bilan savdo–sotiq qilishardi. 24 Ular qimmatbaho liboslar, koʻk matolar, naqsh solingan koʻylaklar, rang–barang gilamlar, puxta eshilgan arqonlarni senga sotishardi. 25 Tarshish kemalari karvonlaring boʻlib xizmat qilardi.

Sen dengizda suzgan bir kemadaydirsan,
Ogʻir yuk senga yuklangan.
26 Evoh, eshkakchilaring seni ochiq dengizga olib chiqishadi.
Sharq shamoli seni dengiz bagʻrida parchalab yuboradi.
27 Kemang halokatga uchragan kuni
Mollaring, boyliklaring,
Dengizchilaring, dargʻalaring,
Kemasozlaring, savdogarlaring,
Jangchilaring va kemadagi odamlaring
Dengiz tubiga choʻkib, halok boʻladilar.
28 Choʻkayotgan dargʻalaring faryod qiladi,
Dodlari sohillarni larzaga soladi.

29 Hamma eshkakchilar kemalarini tark etadi,
Dengizchilaru dargʻalar sohilga chiqib oladi.
30 Ular sen uchun faryod qiladi,
Achchiq–achchiq koʻz yoshlar toʻkadi.
Boshlaridan tuproq sochadi,
Kulga belanib, yotib oladi.
31 Seni deb sochlarini qirdiradi,
Qanorga oʻranib oladi ,
Qaygʻudan yurak–bagʻri qon boʻladi.
32 Ular yigʻlab, sen haqingda marsiya kuylaydi:
‘Tir kabi bironta shahar bormi?!
Dengiz uni oʻz qaʼriga tortib ketdi.’

33 Sen dengiz ortidan keltirgan mollaring bilan,
Koʻplab xalqlarning ehtiyojini qondirding.
Cheksiz ziynatlaru mollaring bilan
Dunyo shohlarini sen boyitding.
34 Endi esa dengiz seni parchaladi,
Oʻz domiga seni tortib ketdi.
Barcha mollaringu dengizchilaring
Sen bilan birga nobud boʻldi.
35 Sohildagi xalqlar kulfatingni koʻrib, dahshatga tushadi.
Qoʻrquvdan shohlarning afti burishib ketadi.
36 Ahvolingdan dunyo savdogarlari yoqasini ushlaydi.
Ha, sening boshingga dahshatli oʻlim keldi,
Sen abadiy yoʻq boʻlasan.»”