6–BOB
Gidoʻn
1 Isroil xalqi Egamizning oldida qabihliklar qildi. Egamiz ularni yetti yilga Midiyon xalqining qoʻliga berdi. 2 Midiyonlarning zulmiga chiday olmagan Isroil xalqi togʻlarda, gʻorlarda va adirlardagi pana joylarda yashirinib yurdi. 3 Har safar Isroil xalqi ekin ekkanda, Midiyonlar, Omolek xalqi va sharqdagi koʻchmanchilar birgalikda ularning yerlariga bostirib kirishardi. 4 Ular Isroil yerida qarorgoh qurib, to Gʻazo shahri atroflarigacha boʻlgan hamma hosillarini nobud qilishardi. Isroil xalqi uchun hech qanday ozuqa qoldirmay, qoʻy, eshak, mollarigacha tortib olishardi. 5 Dushman galalari oʻzlari bilan chorvasini olib, hatto chodirlarini ham koʻtarib kelishardi. Ular chigirtka kabi gʻijillab yotar edi, odamlarning va tuyalarining sanogʻiga yetib boʻlmasdi. Ular kelib, butun yurtni xarob qilishardi. 6 Midiyonlarning dastidan jabr–jafo koʻrgan Isroil xalqi Egamizdan najot soʻrab, faryod qildi.
7 Isroil xalqi Egamizga faryod qilganda, 8 Egamiz ularga bir paygʻambar yuborib, quyidagilarni xabar qildi:
— Isroil xalqining Xudosi — Egangiz shunday aytmoqda: “Sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Men edim. 9 Men sizlarni Misrliklarning qoʻlidan hamda bu yurtda sizlarga zulm oʻtkazgan barcha xalqlardan xalos qildim. Ularni oʻz yurtlaridan haydab, yerlarini sizlarga berdim. 10 Sizlarga, Men Egangiz Xudoman, sizlar Amor xalqlarining yurtida yashab yursangiz ham, ularning xudolariga sajda qilmanglar, degan edim. Ammo sizlar gaplarimga quloq solmadingizlar.”
11 Keyin Egamizning farishtasi Oʻfra shahriga kelib, eman daraxtining tagida oʻtirdi. Bu daraxt Abuazar urugʻidan boʻlgan Yoʻshga tegishli edi. Oʻsha paytda uning oʻgʻli Gidoʻn Midiyonlardan bekinib, uzum siqish chuqurida bugʻdoy yanchayotgan edi. 12 Egamizning farishtasi unga zohir boʻlib dedi:
— Ey dovyurak jangchi, Egamiz sen bilan birgadir.
13 — Agar Egamiz biz bilan birga boʻlsa, nima uchun bu kulfatlar boshimizga tushgan ekan?! — dedi Gidoʻn. — Ota–bobolarimiz: “Egamiz bizni Misrdan olib chiqdi”, deya bizga aytib bergan edi, Egamizning ajoyib ishlari qayerda qoldi?! Egamiz bizni tark etib, Midiyonlarning qoʻliga berib qoʻydi–ku.
14 Shunda Egamiz unga qarab dedi:
— Qani, boʻl, bor qudratingni ishga solib, Isroil xalqini Midiyonlarning qoʻlidan xalos qil. Men Oʻzim seni yuboryapman.
15 — Ey toʻram , qanday qilib men Isroil xalqini xalos qila olaman? — dedi Gidoʻn. — Mening urugʻim Manashe qabilasining eng zaifi boʻlsa, oʻzim esa otam xonadonining kenjasi boʻlsam.
16 Egamiz unga dedi:
— Men sen bilan boʻlaman, sen Midiyonlarning hammasini bir odamni yengganday osonlikcha yengasan.
17 Shunda Gidoʻn dedi:
— Agar marhamatingga sazovor boʻlgan boʻlsam, Sen chindan ham Egam ekanligingni isbotlab, biron–bir alomat koʻrsat. 18 Nazr olib kelib, Senga taqdim qilmagunimcha bu yerdan ketma.
— Mayli, qaytib kelguningga qadar shu yerda boʻlaman, — dedi U.
19 Gidoʻn uyiga borib, bitta uloqchani pishirdi, bir togʻora undan yupqalar tayyorladi. Uloqchaning goʻshtini savatga, shoʻrvasini esa tovoqqa solib, eman daraxtining tagida oʻtirgan Egamizning farishtasiga olib borib, taqdim qildi. 20 Egamizning farishtasi unga dedi:
— Goʻsht va yupqalarni olib, mana bu toshning ustiga qoʻygin, shoʻrvani esa bularning ustidan quy.
Gidoʻn aytilganday qildi. 21 Egamizning farishtasi qoʻlidagi tayoqning uchini goʻsht va yupqalarga tekkizishi bilanoq toshdan olov chiqib goʻsht va yupqalarni kuydirib yubordi. Soʻng Egamizning farishtasi koʻzdan gʻoyib boʻldi. 22 Shunda Gidoʻn oʻsha odam Egamizning farishtasi ekanligini fahmlab:
— Voy, shoʻrim quridi! — dedi. — Yo Egam Rabbiy, men farishtangning yuzini koʻrdim .
23 Egamiz:
— Tinchlan, — dedi. — Qoʻrqma, sen oʻlmaysan.
24 Gidoʻn Egamizga atab bir qurbongoh qurib, uning nomini “Egamiz tinchlikdir” deb atadi. Qurbongoh bugunga qadar Abuazar urugʻiga qarashli boʻlgan Oʻfrada bor.
25 Xuddi oʻsha kuni kechasi Egamiz Gidoʻnga shunday dedi: “Otangning yetti yashar ikkinchi buqasini ol, otang Baalga atab qurdirgan qurbongohni vayron qil. Qurbongoh yonidagi Asheraga atalgan ustunni ham kesib tashla. 26 Shu yerdagi qalʼaning tepasiga chiqib, Egang Xudoga — Menga atab bir qurbongoh qur. Qurbongoh toshlari bir–birining ustiga tekis terilgan boʻlsin. Soʻng oʻsha buqani olib, qurbongohda qurbonlik qilib kuydir. Oʻtin oʻrniga kesib tashlangan ustunni ishlat.” 27 Gidoʻn oʻnta xizmatkorini olib, xuddi Egamiz aytganday qildi. Ammo uydagilaridan va shahardagi odamlardan qoʻrqqanidan buni kunduz kuni qilmay, kechasi qilgan edi.
28 Shahar aholisi erta bilan saharda turganda Baal qurbongohi vayron boʻlganini, yonidagi Asheraning ustuni kesib tashlanganini va yangi qurilgan qurbongohning ustida buqa qurbonlik qilinganini koʻrishdi. 29 Ular bir–birlaridan: “Buni kim qilgan ekan?” deb soʻray boshladilar. Soʻrab–surishtirgandan keyin buni Yoʻsh oʻgʻli Gidoʻn qilganini aniqlashdi. 30 Shunda shahar aholisi Yoʻshga:
— Oʻgʻlingni bu yerga olib chiq! — dedilar. — Biz uni oʻldiramiz! U Baal qurbongohini buzibdi, qurbongoh yonidagi Asheraning ustunini ham kesib tashlabdi.
31 — Sizlar hali Baalning tarafini olyapsizlarmi?! — deya Yoʻsh gʻazablangan olomonga doʻq urdi. — Uni himoya qilyapsizlarmi? Kim uning tarafini olsa, tong otguncha oʻldiriladi. Agar u xudo boʻlsa, vayron boʻlgan qurbongohi uchun oʻzi oʻch olsin.
32 Gidoʻn Baal qurbongohini buzib tashlagani uchun, odamlar oʻsha kundan boshlab Gidoʻnni Yerubbaal deb atay boshladilar. Bu: “Baal oʻzi oʻch olsin” deganidir.
33 Midiyonlar, Omolek xalqi va sharqdagi koʻchmanchilar birgalikda Iordan daryosidan oʻtib, Yizril vodiysida qarorgoh qurdilar. 34 Egamizning Ruhi Gidoʻnni qamrab oldi. Gidoʻn burgʻu chalib, Abuazar urugʻidan boʻlganlarni oʻziga ergashishga chaqirdi. 35 U butun Manashe hududi boʻylab choparlar joʻnatib, u yerdagilarni ham oʻz atrofiga yigʻdi. U Osher, Zabulun va Naftali qabilalariga ham oʻz choparlarini yuborgan edi. Ular ham kelib Gidoʻnga qoʻshilishdi.
36 Shunda Gidoʻn Xudoga dedi: “Isroil xalqini men orqali ozod qilishingni aytgan eding, bunga amin boʻlmoq uchun, 37 mana men titilgan junni xirmonga qoʻyaman. Agar ertalab shudring faqatgina junning ustida boʻlib, yer qup–quruq boʻlsa, Sen Isroil xalqini men orqali ozod qilishingga ishonaman.” 38 Xuddi shunday boʻldi. Ertasi kuni Gidoʻn barvaqt turib, junni olib siqdi, jundan bir kosa suv chiqdi. 39 Shunda Gidoʻn Xudoga dedi: “Menga qahring kelmasin, Senga yana birgina gapim bor. Iltimos, jun bilan yana bir bor sinov oʻtkazay. Bu safar shunaqa qilginki, junning usti qup–quruq, yerning usti esa shudring bilan qoplangan boʻlsin.” 40 Shu kechada Xudo xuddi shunday qildi. Junning usti qup–quruq boʻlib, yerning usti esa shudring bilan qoplangan edi.