5–BOB
1 Egamiz shunday deydi:
“Ey ruhoniylar, eshiting buni!
Diqqat qilgin, Isroil xalqi!
Quloq solgin, shoh xonadoni!
Sizning ustingizdan hukm ketyapti.
Sizlar Mispaxda odamlar uchun tuzoq boʻldingiz,
Tovur togʻida yoyilgan toʻr boʻldingiz.
2 Qabih ishlarga botib ketdingiz!
Men hammangizning adabingizni beraman.
3 Ey Efrayim , juda yaxshi bilaman seni,
Isroil, Mendan yashira olmassan oʻz qilmishingni.
Sen, Efrayim, Xudoga bevafo boʻlding,
Ey Isroil, oʻzingni harom qilding.
4 Men Xudoyingman,
Ammo qilmishlaring Menga qaytib kelishingga yoʻl qoʻymas.
Men, oʻz Egangni sen bilmaysan,
Chunki qalbing shahvatga toʻlgan .”
5 Isroilning magʻrurligi oʻziga qarshi guvohlik beryapti,
U jinoyatlari tufayli qulaydi.
Yahudo ham u bilan birga yiqiladi.
6 Isroil Egamizning iltifotini izlaydi,
Qoʻy–mollarini qurbonlik qiladi,
Ammo Egamizni topa olmaydi,
Chunki Egamiz uni tark etgan.
7 U Egamizga xiyonat qildi ,
Begonalardan nikohsiz bolalar tugʻdi.
Koʻp oʻtmay u mulki bilan birga xarob boʻladi.
Isroil bilan Yahudo orasidagi urush
8 Egamiz shunday deydi:
“Burgʻu chaling Givoda!
Karnay chaling Ramada!
Bayt–Obunda bong uring!
Ey Benyamin, ortingdan dushman kelyapti!
9 Jazo kuni Efrayim xarob boʻladi.
Isroil qabilalariga eʼlon qilgan bu soʻzlarim
Albatta roʻyobga chiqadi.
10 Yahudo shahzodalari chegarani buzgan firibgarlarga oʻxshaydi,
Men ularning ustiga Oʻz qahrimni jaladay yogʻdiraman.
11 Axir, Efrayim butlarga ergashishni afzal koʻrdi,
Endi u ezilib, hukmga bardosh bera olmaydi.
12 Men Efrayimni kuyaday yemiraman,
Yahudo xalqini qurtday kemiraman.
13 Efrayim oʻz betobligini tushungach,
Yahudo oʻz yaralarini koʻrgach,
Efrayim Ossuriyaga bordi,
Buyuk shohni yordamga chaqirdi.
Ammo shoh ularni davolay olmaydi,
Yaralariga shifo bera olmaydi.
14 Men Efrayimga sherday hujum qilaman,
Yahudo xalqiga yosh arslonday tashlanaman.
Ularni Oʻzim tilka–pora qilaman,
Sudrab, Oʻzim bilan olib ketaman.
Ularni hech kim xalos eta olmas.
15 Ular oʻz aybini boʻyniga olguncha,
Chin dildan Menga intilguncha,
Men Oʻz makonimga qaytib ketaman.
Balki qaygʻuli damlarida ular Menga qaytishar.”