5–BOB
Dobira va Baraqning qoʻshigʻi
1 Abunavam oʻgʻli Baraq bilan Dobira oʻsha kuni shunday qoʻshiq kuylashdi:
2 “Isroil yoʻlboshchilari yoʻl boshlaganda,
Xalq fidoyilik koʻrsatganda,
Egamizga hamdu sanolar ayting!
3 Eshiting, sizlar, ey shohlar!
Quloq soling, ey yoʻlboshchilar!
Egamizga men qoʻshiq aytarman,
Isroil xalqining Xudosi — Egamizni
Kuylab soz chalarman.
4 Sen, ey Egam, Seirdan yoʻlga chiqqaningda,
Edom boʻylab yurish qilganingda,
Yer silkindi, osmon yomgʻirin quydi,
Ha, bulutlar sharros yomgʻirin toʻkdi.
5 Togʻlar titradi Sinaydagi Egamiz oldida,
Isroil xalqining Xudosi — Egamizning oldida.
6 Onot oʻgʻli Shamgar davrida,
Yovel zamonida yurmay qoʻygandi karvon.
Yoʻlovchilar soʻqmoqdan yurishga boʻldi majbur.
7 Isroil qishloqlari huvullab qoldi butkul.
Men, Dobira, kelgunimga qadar,
Isroilning volidasi singari,
Boʻm–boʻsh edi Isroil qishloqlari!
8 Yangi xudolarni Isroil xalqi tanlaganda,
Jang qizidi shahar darvozalarida.
Na qalqoni, na nayzasi bor edi
Isroilning qirq mingta sipohida.
9 Qalbim moyil Isroil yoʻlboshchilariga,
Xalqning orasidagi fidoyilarga.
Egamizga hamdu sanolar boʻlsin!
10 Eshiting , ey oq xachir minganlar,
Qimmatbaho egarlarda oʻtirganlar!
Ey yoʻlda yayov yurganlar!
11 Quduq oldidagi choʻponlarning ovozlarin eshiting.
Madh qilayotir ular Egamizning zafarlarini,
Isroildagi qishloqlarning gʻalabalarini.
Shahar darvozalariga hamla qildi Egamiz xalqi:
12 «Olgʻa bos, Dobira, olgʻa bos ildam!
Olgʻa bos, kuylagin jangovar qoʻshiq!
Abunavam oʻgʻli Baraq! Qani, boʻl sen ham!
Asirlaringni oʻzing boshlagin!»
13 Xalqning qolgani boʻysundirdi bahodirlarni,
Egamiz xalqi magʻlub qildi pahlavonlarni,
14 Omoleklarni yenggan Efrayimdan chiqqandi.
Benyamin ham senga ergashdi,
Moxir naslidan kelishdi lashkarboshilar,
Zabulun qavmidan — hokimlik tayogʻin tutganlar.
15 Dobiraga qoʻshildi Issaxor yoʻlboshchilari,
Baraqni qoʻlladi Issaxor oʻgʻlonlari.
Vodiyga shoshildi ular Baraq ortidan.
Ammo beqarorlik qildi Rubenning nasli.
16 Nega sizlar qoʻralarda qoldingiz, ey Ruben?
Choʻponlarning qurey–qureylarin eshitganimi?!
Beqarorlik qildi–ku Rubenning nasli.
17 Gilad Iordan ortida qoldi.
Dan oʻz kemalari yonida qoldi.
Osher dengiz sohilida oʻrnashib oldi,
Oʻz koʻrfazlarida joylashib qoldi.
18 Oʻlimdan qoʻrqmadi Zabulun lashkari,
Jonin ayamadi Naftali ham jang maydonida.
19 Tanaxda, Magidoʻ suvlari yonida
Kanʼon shohlari urush ochishdi.
Biroq xazinani ular oʻlja qila olmadi.
20 Jang qildi yulduzlar samoda turib ,
Sisaroga urush qildi oʻz yoʻllarida yurib.
21 Supurib tashladi dushmanni Xishon daryosi,
Oʻsha koʻhna daryo — Xishon daryosi.
Ey jonim! Kuch ila olgʻa bos!
22 Tulporlar keldi dupur–dupur qilib,
Sisaro otlarining tuyoqlari yerni tamgʻalab.
23 «Miroz shahrini laʼnatla,
— deydi Egamizning farishtasi, —
Aholisini ham qattiq qargʻagin,
Ular kelmadi Egamizga madad bergani,
Pahlavonlarga qarshi Egamizga madad bergani.»
24 Xayin urugʻidan boʻlgan Xaberning xotini — Yovel
Ayollar orasida baraka topsin!
Chodirlarda yashaydigan ayollarning baxtlisi boʻlsin.
25 Sisaro suv soʻraganda Yovel keltirdi sut,
Shohkosada qatiq olib keldi u.
26 Chodir qozigʻini qoʻliga oldi,
Oʻng qoʻlida bolgʻani tutdi.
Zarba bilan Sisaroning boshini yordi,
Chakkasiga bir urib, teshib yubordi.
27 Sisaro sulayib yiqilib tushdi,
Yovelning oyogʻi ostida churq etmay qoldi.
Yovelning oyogʻi ostida sulayib qoldi,
Yiqilgan joyida jon taslim qildi.
28 Sisaroning onasi derazadan koʻchaga qarar,
Panjara ortidan u zorlanib aytar:
«Aravalar qolib ketdi namuncha?
Tuyoqlar ovozi eshitilmas hanuzgacha?»
29 Javob berar uning dono ayollari,
Javob berar takror–takror oʻziga oʻzi:
30 «Boʻlishayotgandir ular oʻljani,
Har qaysi sipohga bir–ikki juvonni,
Sisaroga rang–barang liboslarni.
Gʻoliblarga olib kelar ikki hissa qilib
Nafis naqshli liboslarni.»
31 Ey Egamiz! Dushmanlaring barchasi
Sisaroga oʻxshab qirilib ketsin!
Doʻstlaring–chi, chiqayotgan quyoshday
Charaqlab tursin!”
Yurtda qirq yil tinchlik barqaror boʻldi.