10–BOB
Kumush karnaylar
1 Egamiz Musoga aytdi: 2 “Sen ikkita kumush karnay yasattir, karnaylar zarb urib yasalgan boʻlsin. Bu karnaylar jamoani yigʻish hamda yoʻlga chiqish vaqtini eʼlon qilish uchun kerak boʻladi. 3 Karnaylarning ikkalasi chalinganda, butun jamoa sening oldingga — Uchrashuv chodiri kiraverishi oldiga toʻplansin. 4 Karnayning bittasi chalinganda esa, Isroil qabilalarining yoʻlboshchilari sening oldingga yigʻilib kelishsin. 5 Karnay qisqa chalinganda, sharqdagi qarorgohda turgan qabilalar yoʻlga chiqishsin. 6 Ikkinchi marta qisqa chalinganda esa, janubdagi qarorgohda turgan qabilalar yoʻlga chiqishsin. Karnayning qisqa sadosi yoʻlga chiqish kerakligini bildiradi . 7 Jamoani yigʻish lozim boʻlganda esa, karnaylar boshqacha sado chiqarib chalinsin. 8 Karnayni Horunning oʻgʻillari, ruhoniylar chalishlari lozim. Bu amr sizlar uchun va sizlarning avlodlaringiz uchun doimiy qonun–qoidadir.
9 Yurtingizga bostirib kelgan dushmanga qarshi jangga otlanayotganingizda, xatardan darak berib karnaylarni chalinglar. Shunda Men, Egangiz Xudo, sizlarga yordam berib, sizlarni dushmanlaringiz qoʻlidan xalos qilaman. 10 Shuningdek, xursandchilik kunlaringizda — belgilangan bayramlaringizda va oy boshida qurbonliklar kuydirganingizda hamda tinchlik qurbonliklarini keltirganingizda karnaylarni chalinglar. Shunda Men, Egangiz Xudo, sizlarga yordam beraman. Zotan, Men Egangiz Xudoman.”
Isroil xalqi Sinaydan ketadi
11 Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin, ikkinchi yilning ikkinchi oyi yigirmanchi kunida bulut Muqaddas ahd chodiri tepasidan koʻtarildi. 12 Shundan soʻng Isroil xalqi Sinay sahrosidan yoʻlga chiqdi . Nihoyat, bulut Poron choʻlida toʻxtadi. 13 Ular birinchi marta Egamizning Muso orqali bergan amriga koʻra, yoʻlga chiqqan edilar. 14 Birinchi boʻlib, Ominadav oʻgʻli Naxshoʻn boshchiligida Yahudo qarorgohida turgan qabilalar oʻz bayrogʻi ostida guruh–guruh boʻlib yoʻlga chiqishdi. 15 Issaxor qabilasiga Zuvor oʻgʻli Natanil boshchilik qilar edi. 16 Zabulun qabilasiga Xalon oʻgʻli Eliyob boshchilik qilar edi.
17 Shundan keyin Muqaddas chodir yigʻishtirib olindi. Gershon va Marori urugʻlari Chodirni koʻtarib, yoʻlga chiqishdi. 18 Keyin Shaduvor oʻgʻli Elizur boshchiligida Ruben qarorgohida turgan qabilalar oʻz bayrogʻi ostida guruh–guruh boʻlib yoʻlga chiqishdi. 19 Shimoʻn qabilasiga Zurishaday oʻgʻli Shalumiyol boshchilik qilar edi. 20 Gad qabilasiga Duvel oʻgʻli Eliasaf boshchilik qilar edi. 21 Keyin Chodirning muqaddas ashyolarini koʻtargan Qohot urugʻi yoʻlga chiqdi. Ular qarorgoh quriladigan joyga yetib borgunlaricha, Muqaddas chodir oʻrnatib boʻlinishi kerak edi. 22 Keyin Omihud oʻgʻli Elishama boshchiligida Efrayim qarorgohida turgan qabilalar oʻz bayrogʻi ostida guruh–guruh boʻlib yoʻlga chiqishdi. 23 Manashe qabilasiga Padozur oʻgʻli Gamaliyol boshchilik qilardi. 24 Benyamin qabilasiga Gidoʻnax oʻgʻli Avidon boshchilik qilardi.
25 Eng oxirida Omishaday oʻgʻli Oxazar boshchiligida Dan qarorgohidagi qabilalar oʻz bayrogʻi ostida guruh–guruh boʻlib yoʻlga chiqishdi. Ular Isroil qarorgohlarining qorovullar boʻlinmasini tashkil qilishgan edi. 26 Osher qabilasiga Oxron oʻgʻli Paxiyol boshchilik qilardi. 27 Naftali qabilasiga Enan oʻgʻli Oxir boshchilik qilardi. 28 Isroil xalqi doim shu tartibda guruh–guruh boʻlib yoʻlga chiqar edi.
29 Muso oʻzining qaynagʻasi, Midiyonlik Yatro oʻgʻli Xoʻvovga dedi:
— Egamiz, sizlarga beraman, deb vaʼda qilgan yurtga biz ketyapmiz, siz ham biz bilan yuring. Egamiz bizga koʻp yaxshiliklarni vaʼda qilgan, agar biz bilan borsangiz, biz ham sizga yaxshilik qilamiz.
30 — Bormayman, — dedi Xoʻvov, — men oʻz yurtimga — oʻzimning qarindoshlarim oldiga qaytib ketaman.
31 — Iltimos, bizni tashlab ketmang! — dedi unga Muso. — Sahroning qaysi joyiga chodir tikish kerakligini siz bilasiz. Siz bizning koʻzimiz boʻlasiz. 32 Agar biz bilan birga borsangiz , Egamiz bizga qilgan hamma yaxshiliklarni siz bilan baham koʻramiz.
33 Ular Egamizning muqaddas togʻini tark etganlaridan soʻng, uch kun yoʻl yurishdi. Levilar chodir tikadigan joyini topish uchun Egamizning Ahd sandigʻini doimo oldinda koʻtarib borishardi. 34 Ular kunduz kuni yoʻl yurganlarida, Egamizning buluti ularning ustida borar edi. 35 Sandiq yoʻlga chiqqanda, Muso shunday derdi:

“Qoʻzgʻal, ey Egam,
Sening gʻanimlaring tumtaraqay boʻlsin.
Seni koʻrolmaganlar oldingdan qochib ketsin.”

36 Ahd sandigʻi toʻxtaganda esa Muso shunday derdi:

“Qayt, ey Egam,
Ming–minglab Isroil xalqi orasiga!”