35–BOB
Levilarga berilgan shaharlar
1 Moʻab tekisligida, Yerixo shahrining roʻparasidagi Iordan daryosi boʻyida Egamiz Musoga dedi: 2 “Isroil xalqiga buyur, ular mulk qilib oladigan yeridan levilarga yashash uchun shaharlar berishsin. Shuningdek, shaharlarning atrofidagi yaylovlarni ham berishsin. 3 Shaharlar levilarga vatan boʻladi, yaylovlar esa mol–holi uchun yaraydi. 4 Levilarga beriladigan yaylovlar shahar devoridan 1000 tirsak masofada boʻlgan tevarakdagi hamma yaylovlarni oʻz ichiga olsin. 5 Shahar tashqarisidan sharq, janub, gʻarb, shimol tomonga 2000 tirsakdan oʻlchanglar, shahar oʻrtada boʻlsin. Shahar atrofi esa levilarning yaylovlari boʻladi.
6 Sizlar levilarga beradigan shaharlaringizning oltitasi panoh shaharlar boʻlsin. Birortangiz bexosdan odam oʻldirib qoʻysangiz, oʻsha shaharlarning biriga qochib borishingiz mumkin. Bu oltita shahardan tashqari, levilarga yana qirq ikkita shahar beringlar. 7 Hammasi boʻlib levilarga qirq sakkizta shahar va ular atrofidagi yaylovlar berilsin.
8 Isroil xalqi mulkidan har bir qabila olgan ulushining hajmiga koʻra, levilarga shaharlar ajratib beringlar. Kattaroq ulush olgan qabila koʻproq, kichikroq ulush olgan qabila esa kamroq shahar bersin.”
Panoh shaharlar
9-10 Isroil xalqiga quyidagi amr va qonunlarni yetkaz, deb Musoga Egamiz shunday amr berdi: “Sizlar Iordan daryosining narigi tomoniga oʻtib, Kanʼon yurtiga kirganlaringizdan keyin, 11 oʻzlaringiz uchun panoh shaharlarni tanlanglar. Birortasi bexosdan odam oʻldirib qoʻysa, oʻsha shaharlarning biriga qochib bora oladigan boʻlsin. 12 Qotil jamoa oldida hukm qilinishdan oldin oʻldirilib qoʻyilmasligi uchun bu shaharlar qotilga qasoskordan panoh boʻladi.
13 Oltita panoh shahringiz boʻlsin. 14 Uchta shaharni Iordan daryosining sharq tomonidan, qolgan uchtasini Kanʼon yurtidan tanlanglar. 15 Ana shu oltita shahar sizlar uchun ham, orangizda vaqtincha yoki doimiy ravishda istiqomat qilayotgan musofirlar uchun ham panoh boʻladi. Birortasini bexosdan oʻldirib qoʻygan odam oʻsha yoqqa qochib borsin.
16 Agar birorta odam boshqasini temir asbob bilan urib oʻldirib qoʻysa, urgan odam qotil hisoblanadi va oʻsha odamning jazosi oʻlimdir. 17 Odamni tosh bilan urib oʻldirgan kishi ham qotildir. Qotilning jazosi oʻlimdir. 18 Odamni yogʻoch qurol bilan urib oʻldirgan kishi ham qotildir. Qotilning jazosi oʻlimdir. 19 Marhumning xunini oladigan odam qotilni oʻldirsin. Qotilni uchratib qolganda uning jonini olsin. 20 Shuningdek, agar birortasi boshqasini yomon koʻrgani uchun itarib yoki qasddan unga biror narsani otib oʻldirib qoʻysa, 21 yoxud adovatdan unga musht tushirib oʻldirsa, urgan odamning jazosi oʻlimdir. U qotildir. Marhumning xunini oladigan odam qotilni uchratganda oʻldirsin.
22 Bordi–yu, biri boshqasini bexosdan, xusumat qilmay, turtib yuborsa yoki qasd qilmay biror narsa otsa 23-24 yo koʻrmay turib ustiga tosh tushirib yuborsa va oʻsha odam oʻlsa, jamoa qasoskor bilan odam oʻldirgan kishining orasidagi mojaroni hal qilsin. Chunki odam oʻldirganning va marhumning orasida hech qanday adovat boʻlmagan edi. 25 Jamoa qotilni qasoskorning qoʻlidan xalos qilib, uni qaytarib panoh shaharga joʻnatsin. Moy surtib tanlangan oliy ruhoniy vafot etguncha, qotil oʻsha yerda qolsin.
26 Lekin qotil panoh shahar chegarasidan chiqsa 27 va qasoskor uni panoh shahardan tashqarida tutib olib oʻldirsa, qasoskor qotillikda ayblanmaydi. 28 Chunki oliy ruhoniy vafot etguncha, qotil panoh shaharda qolishi lozim edi. Oliy ruhoniyning vafotidan soʻnggina u oʻz uyiga qaytib borishi mumkin edi. 29 Mana shular sizlar uchun avlodlaringiz osha, qayerda yashasangiz ham, qonun boʻlib qolsin.
30 Odam oʻldirgan kishi faqat guvohlarning koʻrsatmalari asosidagina qotillikda ayblanib, oʻlim jazosiga tortilsin. Bitta odamning guvohligi asosida hech kim oʻldirilmasin.
31 Oʻlimga hukm qilingan qotilning joni evaziga pul olmanglar. Qotilni albatta oʻldiringlar.
32 Panoh shaharga qochib ketgan odamdan ham pul olmanglar, u oliy ruhoniyning vafotidan oldin oʻz yeriga qaytib kelib yashashi uchun yoʻl qoʻymanglar. 33 Oʻzingiz yashab yurgan yerni bulgʻamanglar. Yer toʻkilgan qon tufayli bulgʻanadi. Qotillik tufayli bulgʻangan yerni faqat qotilning qoni bilan tozalab boʻladi. 34 Oʻzlaringiz yashaydigan va Men istiqomat qiladigan yerni bulgʻamanglar, zotan, Men, Egangiz, Isroil xalqi orasida istiqomat qilaman.”