16–BOB
Egamiz Dovudga moy surtib shoh qilib tanladi
1 Egamiz Shomuilga aytdi:
— Sen qachongacha Shoulni deb gʻamgin boʻlib yurasan?! Shoul Isroil shohi boʻlmasin deb, uni Men rad etdim. Qani, endi qoʻchqor shoxini moy bilan toʻldirib, yoʻlga otlan. Seni Baytlahmlik Essayning uyiga joʻnataman. Men uning oʻgʻillaridan bittasini shoh qilib tanladim.
2 — Qanday qilib boraman?! Shoul eshitib qolsa, meni oʻldiradi–ku! — dedi Shomuil.
— Oʻzing bilan bitta buzoqchani olgin–da: “Egamizga qurbonlik qilgani keldim”, deb ayt, — dedi Egamiz. 3 — Essayni qurbonlikka taklif qil. Oʻshanda nima qilishing kerakligini Men senga ayon qilaman, Oʻzim senga koʻrsatadigan odamning boshiga Mening nomimdan moy surtib, uni tanlaysan.
4 Shomuil, Egamiz buyurganiday, Baytlahm shahriga ketdi. Shahar oqsoqollari uni qoʻrqib kutib olishdi va:
— Tinchlikmi? — deb soʻrashdi.
5 — Ha, tinchlik, — dedi Shomuil. — Egamizga qurbonlik qilgani keldim. Oʻzlaringizni poklanglar , men bilan qurbonlik marosimiga borasizlar.
Soʻng Essayni va uning oʻgʻillarini ham poklab qurbonlik marosimiga taklif qildi.
6 Essay oʻgʻillari bilan kelgach, Shomuil Eliyobni koʻrdi–yu: “Egamiz oldida turgan bu odam, shubhasiz, Uning moy surtib tanlagan odamidir”, deb oʻyladi.
7 Egamiz esa Shomuilga dedi:
— Uning chiroyi va qomatdorligiga qarama. Men uni rad etdim, chunki Men insonlarday emasman. Insonlar tashqi koʻrinishiga qaraydi, Men esa diliga qarayman.
8 Soʻng Essay boshqa oʻgʻli Abunadavni chaqirib, Shomuilning oldidan oʻtkazdi. Lekin Shomuil:
— Egamiz buni ham tanlamadi, — dedi. 9 Shundan soʻng Essay Shammoxni Shomuilning oldidan oʻtkazdi. Lekin u yana:
— Egamiz buni ham tanlamadi, — dedi.
10 Shu tariqa Essay yettala oʻgʻlini Shomuilning oldidan oʻtkazdi. Ammo Shomuil:
— Egamiz bulardan birortasini tanlab olmadi, — dedi.
11 Nihoyat Shomuil Essaydan:
— Oʻgʻillaringning hammasi shularmi? — deb soʻradi.
— Yana eng kenjasi bor, qoʻy boqyapti, — dedi Essay.
— Birortasini joʻnat, uni chaqirib kelsin, — dedi Shomuil. — Oʻsha oʻgʻling bu yerga kelmaguncha, taom yemoqqa oʻtirmaymiz.
12 Essay bittasini yuborib, oʻgʻlini chaqirtirib keldi. U chiroyli, kelishgan yigit boʻlib, koʻzlari yonib turardi.
— Qani, uning boshiga moy surtib tanla! Men tanlagan odam shu! — dedi Egamiz Shomuilga.
13 Shomuil moy solingan shoxni oldi–da, akalarining koʻz oʻngida yigitning boshiga moy surtdi. Oʻsha paytda Egamizning Ruhi Dovudni qamrab oldi va oʻsha kundan boshlab uni boshqaradigan boʻldi. Shomuil esa Ramaga qaytib ketdi.
Dovud Shoulning saroyida
14 Egamizning Ruhi Shoulni tark etdi. Egamiz yuborgan yovuz ruh uni qiynar edi.
15 — Bilamiz, Xudo yuborgan yovuz ruh sizni qiynaydi, — deyishdi xizmatkorlar Shoulga. 16 — Janobi oliylari biz, qullariga amr bersalar, lirani yaxshi chaladigan odamni topib kelar edik. Xudo yuborgan yovuz ruh sizni tutib qolganda, u lira chaladi, siz esa yengil tortasiz.
17 Shoul xizmatkorlariga:
— Mayli, lirani yaxshi chaladigan birortasini topib, mening huzurimga olib kelinglar, — deb buyurdi.
18 — Baytlahmlik Essayning oʻgʻillaridan birini koʻrgan edim, — dedi yigitlardan bittasi. — Lirani yaxshi chalar ekan. Buning ustiga, jasur jangchi, gaplari maʼnili, oʻzi ham kelishgan yigit. Egamiz u bilan.
19 Shoul Essayga: “Qoʻy boqib yurgan oʻgʻling Dovudni mening huzurimga yubor”, deb xabarchi joʻnatdi. 20 Essay non, bir mesh sharob va bitta uloqchani bitta eshakka yuklab berib, oʻgʻli Dovudni Shoulning huzuriga yubordi. 21 Dovud Shoulning huzuriga kelib, uning xizmatiga kirdi. Dovudga Shoulning qattiq mehri tushib qoldi, uni oʻziga qurolbardor qilib oldi. 22 Shoul Essayga: “Ijozat bersang, Dovud mening xizmatimda qolsin, undan juda mamnunman” degan xabarni joʻnatdi.
23 Oʻsha kundan boshlab Xudo yuborgan yovuz ruh Shoulni qiynaganda, Dovud lirani olib chalar, Shoul oʻziga kelib rohatlanar, yovuz ruh Shouldan chekinardi.