28–BOB
Yahudo shohi Oxoz
1 Oxoz yigirma yoshida shoh boʻlib, Quddusda oʻn olti yil hukmronlik qildi. U bobosi Dovuddan namuna olmadi, Egamizning oldida toʻgʻri ishlar qilmay, 2 Isroil shohlarining yoʻlidan ketdi. U Baalga sajda qilish uchun Baalning quyma tasvirlarini yasadi. 3 Xinnum soyligida butlarga atab qurbonliklar kuydirdi. Kanʼon yurtidan Egamiz quvgan qavmlarning jirkanch odatlariga taqlid qilib, hatto oʻz oʻgʻillarini qurbonlik qilib, olovda kuydirdi . 4 Sajdagohlarda , tepaliklarda va har qanday yashil daraxt ostida qurbonliklar keltirib, tutatqi tutatardi.
Oram va Isroil xalqlari Yahudo yurtiga hujum qiladi
5 Shoh Oxoz gunoh qilgani uchun, Egasi Xudo uni Oram shohining qoʻliga berdi. Oram shohi Oxozni magʻlub qilib, xalqidan juda koʻpchiligini asir qilib, Damashqqa olib ketdi.
Bundan tashqari, Egamiz shoh Oxozni Isroil shohi qoʻliga berdi. Isroil shohi Oxozning boshiga katta qirgʻin solib, uni magʻlub qildi. 6 Bir kunning oʻzida Isroil shohi Ramaliyo oʻgʻli Pekax Yahudo lashkarining 120.000 bahodir jangchisini oʻldirdi. Bunga sabab Yahudo xalqi oʻz ota–bobolarining Xudosi — Egamizni tark etgani boʻldi. 7 Isroil xalqidan boʻlgan bahodir jangchi Zixri shohning oʻgʻli Masiyoni, saroy boshqaruvchisi Ozrikomni va shohning oʻng qoʻl vaziri Elqanani oʻldirdi. 8 Yahudo xalqi ularga qarindosh boʻlishiga qaramay, Isroil lashkari ulardan 200.000 nafar ayol va oʻgʻil–qizlarini asir qilib, katta oʻlja bilan birga, Samariyaga olib ketishdi.
Odod paygʻambar
9 Egamizning Odod degan paygʻambari Samariyada edi. U qaytib kelgan Isroil lashkarini qarshilab chiqib, ularga shunday dedi:
— Ota–bobolaringizning Xudosi — Egangiz Oʻz xalqi Yahudodan gʻazablangani uchun ularni sizning qoʻlingizga topshirdi. Sizlar esa ularni shunchalik qahr bilan qirdingizki, ularning sadosi samolarga yetdi. 10 Shunisi yetmaganday, sizlar Yahudo va Quddus xalqining erkagu ayolini oʻzingizga qul qilmoqchi boʻldingiz. Oʻzingizga bir qarang, Egangiz Xudo oldida qilgan qilmishlaringizning hammasi turgan–bitgani gunoh–ku! 11 Endi gapimni eshiting! Asir qilgan bu qarindoshlaringizni orqaga qaytarib yuboring. Aks holda, Egamiz Oʻz gʻazabini sizning ustingizga sochadi.
12 Isroil xalqining baʼzi yoʻlboshchilari ham, chunonchi, Yoʻxanon oʻgʻli Ozariyo, Mashillamoʻt oʻgʻli Barxiyo, Shallum oʻgʻli Yoxizqiyo va Hadlay oʻgʻli Emosa urushdan qaytib kelganlarga oʻz noroziligini bildirib, 13 dedilar:
— Asirlarni bu yerga olib kelmanglar! Biz Egamizga qarshi gunoh qilib, Uning qahrini keltirib boʻldik. Sizlar esa shusiz ham ortib yotgan gunohimiz ustiga yana gunoh orttirmoqchisizlar.
14 Shunda sipohlar Isroil aʼyonlari va butun jamoa oldida asirlarni ozod qilib, oʻljalarni topshirdilar. 15 Yuqorida nomlari aytilgan toʻrtta yoʻlboshchi asirlarning orasidagi yalangʻoch boʻlganlarning hammasiga oʻlja olingan narsalardan ust–bosh, oyoq kiyim berdilar, yedirdilar, ichirdilar, yaralariga moy surtdilar. Keyin zaiflarni eshaklarga mindirib, asirlarning hammasini Yahudoga qarashli palma shahri Yerixoga olib bordilar. Soʻng Samariyaga qaytib keldilar.
Shoh Oxoz Ossuriyadan yordam soʻraydi
16 Oʻsha paytda shoh Oxoz Ossuriya shohidan yordam soʻrab, huzuriga odam joʻnatdi, 17 chunki Edomliklar yana Yahudo yurtiga hujum qilib, koʻp asirlarni olib ketgan edilar. 18 Shu orada Filistlar ham Yahudo qir etaklaridagi hamda Nagav choʻlidagi shaharlarga hujum qilib, Bayt–Shamash, Oyjavlon va Gaderoʻt shaharlarini qoʻlga kiritdilar, shuningdek, Soʻxu, Timnax va Gimzo shaharlarini va bu shaharlar atrofidagi qishloqlarni qoʻlga olib, oʻsha joylarga oʻrnashib oldilar. 19 Shoh Oxoz Yahudo xalqini gunoh qilishga undab, Egamizga haddan tashqari koʻp xiyonat qilgani uchun, Yahudo xalqini Egamiz shu qadar tahqirlagan edi. 20 Ossuriya shohi Tigʻlatpilasar kelib, Oxozga yordam berish oʻrniga zulmni kuchaytirdi. 21 Oxoz Egamizning uyidan, shoh saroyidan va aʼyonlarning uyidan qimmatbaho narsalarni olib, Ossuriya shohiga oʻlpon qilib berdi. Biroq bu ham yordam bermadi.
Shoh Oxozning gunohlari
22 Hayotining eng qiyin damlarida ham oʻsha shoh Oxoz Egamizga yanada battarroq xiyonat qildi. 23 Uni magʻlub qilgan Oram xalqining xudolariga qurbonliklar keltirdi. U ichida shunday derdi: “Oram shohlarining xudolari ularga yordam berdi, agar men Oram xudolariga qurbonlik keltirsam, ular menga ham yordam berishadi.” Vaholanki, bu xudolar shoh Oxozning va uning qoʻli ostidagi butun xalqning halokatiga sabab boʻldi. 24 Oxoz Egamizning uyidagi hamma ashyolarni yigʻishtirib olib, chiqarib tashladi. Egamizning uyi eshiklarini berkitib, Quddusning har burchagida qurbongohlar qurdirdi. 25 Yahudoning hamma shaharlarida begona xudolarga qurbonliklar kuydirish uchun sajdagohlar barpo qilib, ota–bobolarining Xudosi — Egamizni gʻazablantirdi.
26 Oxozning boshqa ishlari va tutgan yoʻllari boshidan oxirigacha “Yahudo va Isroil shohlari kitobi”da yozilgan. 27 Oxoz olamdan oʻtib, Quddusda dafn qilindi. Lekin uni Isroil shohlari xilxonasiga koʻmmadilar. Uning oʻrniga oʻgʻli Hizqiyo shoh boʻldi.