14–BOB
1 Xuddi shunga oʻxshash voqea Ikoniya shahrida yuz berdi: Pavlus bilan Barnabo sinagogaga kirib, otashin vaʼz aytdilar. Natijada bir qancha yahudiylar bilan gʻayriyahudiylar imonga keldilar. 2 Ammo imonga kelmagan yahudiylar gʻayriyahudiylarni qayrab, ularni imonlilarga qarshi qoʻzgʻatdilar. 3 Pavlus bilan Barnabo bu yerda uzoq vaqt qolib, Rabbimiz Iso haqida jasorat bilan gapiraverdilar. Rabbimiz ham ularga moʻjizalar va alomatlar koʻrsatish qudratini berib, Oʻzining marhamati haqidagi xabarni ular orqali tasdiqladi. 4 Shahar aholisi esa ikkiga boʻlindi: baʼzilari yahudiylar tomonga oʻtdi, boshqalari esa havoriylarga qoʻshildi.
5 Shundan keyin yahudiylar va gʻayriyahudiylar oʻz yoʻlboshchilari bilan birga havoriylarga hamla qilib, ularni toshboʻron qilmoqchi boʻldilar. 6 Havoriylar bu toʻgʻrida bilib qolganlaridan keyin Likoniyaning boshqa hududlariga qochib ketdilar. Ular Listra va Darba shaharlarida va ularning yon–atrofidagi joylarda ham 7 Xushxabarni vaʼz qilishda davom etdilar.
Listra va Darba shaharlarida
8 Listra shahrida bir odam boʻlib, oyoqlarini qimirlata olmasdan oʻtirardi. U tugʻma mayib boʻlib, hech qachon yurmagan edi. 9 Pavlus gapirayotganda, u quloq solib oʻtirgan edi. Pavlus unga tikilib qaradi. U odamning shifo topishiga ishonchi borligini koʻrib, 10 unga baland ovozda dedi:
— Oʻrningdan tur!
U odam sakrab oʻrnidan turdi–da, yura boshladi. 11 Olomon Pavlusning qilgan ishini koʻrgach, Likoniy tilida: “Xudolar bizning oldimizga inson qiyofasida kelibdi!” deb shovqin soldilar. 12 Ular Barnaboni Zevs, Pavlus notiq boʻlgani uchun uni Xermes deb atashdi. 13 Zevsning maʼbadi shahar tashqarisida edi. Zevs ruhoniysi shahar darvozalariga buqalar va gulchambarlar olib keldi. Ruhoniy bilan olomon qurbonlik nazr qilmoqchi boʻldilar. 14 Havoriylar Barnabo bilan Pavlus buni eshitib, qattiq iztirob chekib, kiyimlarini yirtdilar , olomon orasiga yorib kirdilar. Ular shunday deb baqirdilar:
15 — Nimaga bunday qilyapsizlar! Biz ham sizlar singari, insonlarmiz! Biz sizlarga Xushxabar olib keldik, toki sizlar anavi behuda narsalardan yuz oʻgiringlar, osmon bilan yerni, dengizni va ulardagi hamma mavjudotni yaratgan barhayot Xudoga yuz buringlar. 16 Oʻtmishda Xudo hamma xalqlarni oʻz holiga qoʻydi. 17 Ammo shunga qaramay, Oʻz ezguligini koʻrsatib, osmondan yomgʻir yogʻdirib keldi, mavsumida hosil berdi, rizqingizni tugal qilib, yuraklaringizni shodlikka toʻldirdi.
18 Shu gaplarni aytib, havoriylar, biz uchun qurbonlik keltirmanglar, deb olomonni zoʻrgʻa toʻxtatib qoldilar .
19 Antioxiya va Ikoniyadan baʼzi bir yahudiylar kelib, xalqni oʻzlariga ogʻdirib oldilar. Ular Pavlusni toshboʻron qildilar va “U oʻldi, shekilli”, deb uni shahardan tashqariga sudrab chiqarib tashladilar. 20 Shogirdlar Pavlusning atrofiga yigʻilganlaridan keyin esa, u oʻrnidan turib, shaharga qaytib kirdi. Ertasi kuni esa Barnabo bilan birga Darba shahriga ketdi.
Pavlus va Barnabo Suriyaning Antioxiya shahriga qaytadilar
21 Ular Xushxabarni Darba shahrida vaʼz qilib, koʻp shogirdlar orttirganlaridan keyin, Listra shahriga, soʻngra Ikoniya va Antioxiya shaharlariga qaytib keldilar. 22 Ular shogirdlarni imonda sobit qolishga undab: “Biz Xudoning Shohligiga kirishimiz uchun koʻp mashaqqatlarni boshdan kechirishimiz kerak”, deb dalda berardilar. 23 Ular har bir imonlilar jamoatiga oqsoqollar tayin qildilar. Soʻng ibodat qilib va roʻza tutib, oqsoqollarni oʻzlari ishongan Rabbimiz Isoning panohiga topshirdilar.
24 Soʻngra ular Pisidiyadan oʻtib, Pamfiliyaga keldilar. 25 Perga shahrida Iso haqidagi xabarni vaʼz qilganlaridan keyin, Attaliyaga ketdilar. 26 Soʻng kemada Antioxiyaga qaytib keldilar. Bu shahardagi jamoat ularni mana shu qilgan ishlari uchun Xudoning marhamatiga topshirgan edi . 27 Havoriylar Antioxiyaga kelganlaridan keyin, jamoatni bir joyga yigʻdilar va Xudo ular orqali nimalar qilganini, gʻayriyahudiylarning imonga kelishi uchun Xudo qanday yoʻl ochib berganini aytib berdilar. 28 Havoriylar bu yerda shogirdlar bilan birga ancha vaqt qoldilar.