4–BOB
Urugʻ sepuvchi haqida masal
1 Iso yana koʻl boʻyida taʼlim berdi. Uning atrofida shu qadar koʻp olomon toʻplandiki, U koʻldagi qayiqqa tushib oʻtirishga majbur boʻldi. Olomon esa koʻl qirgʻogʻida turardi. 2 Iso masal orqali xalqqa taʼlim berib, shunday dedi: 3 “Quloq solinglar! Bir dehqon urugʻ sepgani chiqibdi. 4 Urugʻ sepayotganda baʼzi urugʻlar soʻqmoq yoʻl ustiga tushibdi. Qushlar uchib kelib, urugʻlarni choʻqib ketibdi. 5 Baʼzi urugʻlar tuprogʻi kam toshloqqa tushibdi. Tuproq kam boʻlgani uchun urugʻlar tez koʻkarib chiqibdi. 6 Biroq quyosh chiqqach, qovjirab, ildizi boʻlmagani uchun soʻlib qolibdi. 7 Boshqa urugʻlar tikanlar orasiga tushibdi. Tikanlar oʻsib, urugʻlarni boʻgʻib qoʻyibdi, urugʻlar hosil bermabdi. 8 Yana boshqa urugʻlar esa yaxshi tuproqqa tushibdi va unib–oʻsib, oʻttiz, oltmish, hattoki yuz barobar koʻp hosil beribdi.”
9 Keyin Iso yana dedi: “Kimning eshitar qulogʻi boʻlsa, eshitsin!”
Masallarning maqsadi
10 Iso oʻn ikki shogirdi va boshqa baʼzi odamlar bilan yolgʻiz qolganda, ular Isodan boyagi masalni tushuntirib berishini soʻradilar. 11 Iso ularga dedi: “Xudo Shohligining sirini bilish sizlarga berilgan. Tashqaridagilarga esa hamma narsani masallar bilan gapiraman, 12 toki:

«Ular qarab turib, anglamasinlar,
Tinglab turib, tushunmasinlar.
Aks holda, Xudoga qaytadilar,
Gunohlaridan forigʻ boʻladilar.»”
Urugʻ sepuvchi haqidagi masalning maʼnosi
13 Iso ularga dedi: “Agar bu masalni tushunmagan boʻlsangiz, boshqa masallarni qanday tushunasiz?! 14 Urugʻ sepuvchining sepgani — Xudoning kalomidir. 15 Baʼzi odamlar soʻqmoq yoʻl ustiga tushgan urugʻlarga oʻxshaydilar. Ular kalomni eshitadilar, ammo oʻsha zahoti shayton kelib, ularning ichiga ekilgan kalomni olib ketadi. 16 Boshqa odamlar toshloq yerga tushgan urugʻlarga oʻxshaydilar. Ular kalomni eshitganda, uni darrov sevinch bilan qabul qiladilar. 17 Lekin ularning ildizi boʻlmagani uchun uzoqqa chidamaydilar. Kalom tufayli qaygʻu yoki quvgʻinga duchor boʻlishsa, darrov chekinadilar. 18 Boshqa birlari tikanlar orasiga tushgan urugʻlarga oʻxshaydilar. Ular Xudoning kalomini eshitadilar, 19 lekin dunyoning tashvishlari, boylikka oʻchlik va boshqa havaslar ularning yuraklariga kirib, kalomni boʻgʻib qoʻyadi, kalom esa samarasiz qoladi. 20 Boshqa birlari esa yaxshi tuproqqa tushgan urugʻlarga oʻxshaydilar. Ular kalomni eshitib, qabul qiladilar va oʻttiz, oltmish, hatto yuz barobar hosil beradilar.”
Idish ostidagi chiroq
21 Iso ularga yana dedi: “Chiroqni olib kelib, idishning yoki chorpoyaning tagiga qoʻyadimi?! Aksincha, chiroqpoyaga qoʻyadi. 22 Shu singari, har qanday yashirin narsa maʼlum boʻladi, har qanday sir ochiladi. 23 Kimning eshitar qulogʻi boʻlsa, eshitsin!”
24 Keyin ularga yana dedi: “Eshitayotganlaringizni qulogʻingizga quyib oling! Siz qanday oʻlchov bilan oʻlchasangiz, xuddi shunday oʻlchov bilan sizga ham oʻlchab beriladi. Sizga yana qoʻshib beriladi. 25 Kimda bor boʻlsa, unga yana beriladi. Kimda yoʻq boʻlsa, bori ham undan tortib olinadi.”
Unib chiqqan urugʻ haqida masal
26 Iso yana shunday dedi: “Xudoning Shohligini shunga qiyoslasa boʻladi: dehqon dalasiga urugʻ ekadi. 27 Kechasi boʻldimi, uxlaydi, kunduzi boʻldimi, turadi. Ammo urugʻ qanday unib chiqib, oʻsishini u bilmaydi. 28 Yer oʻz–oʻzidan avval poyani, soʻngra boshoqni, undan keyin boshoqdagi toʻliq donni yetishtiradi. 29 Hosil pishgach, yigʻim–terim vaqti keldi, deb oʻsha odam darhol oʻroqni ishga soladi.”
Xantal urugʻi haqida masal
30 Iso yana dedi: “Xudoning Shohligini yana nimaga oʻxshatsak boʻladi?! Uni qanday masal bilan ifodalasak boʻladi?! 31 Xudoning Shohligi xantal urugʻiga oʻxshaydi: u yerga sepiladigan urugʻlarning eng maydasidir. 32 Lekin sepilgandan keyin koʻkaradi va barcha koʻkatlardan baland boʻlib oʻsadi. Katta shoxlar chiqaradi, osmondagi qushlar ham uning panohida uya quradi.”
33 Shunday qilib, Iso xalqning eshitish imkoniyatiga qarab, bu singari, koʻpgina masallar orqali Xudoning soʻzini oʻrgatardi. 34 Ularga masalsiz gapirmas edi. Shogirdlari bilan yolgʻiz qolganda esa, ularga hammasini tushuntirar edi.
Iso boʻronni tinchlantiradi
35 Oʻsha kuni kechqurun Iso shogirdlariga:
— Koʻlning narigi tomoniga oʻtaylik, — dedi.
36 Ular olomonni qoldirib, Isoni oʻtirgan qayigʻida olib ketdilar. Isoning ketidan boshqa qayiqlar ham suzib ketdi. 37 Shu orada koʻlda kuchli boʻron koʻtarildi. Toʻlqinlar qayiqni tebratib yubordi, qayiq suvga toʻla boshladi. 38 Iso esa qayiqning quyruq tomonida yostiqqa bosh qoʻyib, uxlab yotgan edi.
Shogirdlar Isoni uygʻotib:
— Ustoz! Halok boʻlyapmiz! Nahotki Sizga baribir boʻlsa?! — deyishdi. 39 Shunda Iso turib, shamolga: “Jim boʻl!” va koʻlga: “Bas qil!” deb buyurdi. Shu onda shamol tindi, chuqur sukunat boʻldi.
40 Iso shogirdlariga:
— Nega qoʻrqasizlar? Nega haligacha ishonchingiz yoʻq? — dedi. 41 Ular esa vahimaga tushib, bir–biriga shunday deyishdi:
— Bu Kim boʻldi ekan–a? Shamol ham, koʻl ham Unga boʻysunadi–ya!