6–BOB
Iso Nosira shahrida rad qilinadi
1 Iso u yerdan joʻnab, ona shahriga bordi. Shogirdlari ham Uning ortidan ergashdilar.
2 Shabbat kuni Iso sinagogada taʼlim berdi. Uni tinglayotganlarning koʻpchiligi hayratga tushib:
— Bu Odam shuncha narsani qayerdan oʻrgandi ekan–a? — deb soʻrardilar. — Unga bunday donolikni kim berdi? U bunday moʻjizalarni qanday qilyapti? 3 Iye, U Maryamning duradgor oʻgʻli–ku! Yoqub, Yusuf, Yahudo va Shimoʻnning akasi emasmi bu?! Uning singillari ham oramizda yashaydi–ku!
Odamlar Isodan qattiq xafa boʻldilar. 4 Iso ularga shunday dedi:
— Paygʻambar ona shahridan, oʻz qarindosh–urugʻlari va uyidan boshqa hamma yerda izzatlanadi.
5 Iso u yerda hech qanday moʻjiza koʻrsata olmadi. Faqatgina birmuncha bemorlarga qoʻl tekkizib, ularni sogʻaytirdi. 6 Iso odamlarning ishonchsizligiga hayron qoldi.
Iso oʻn ikki havoriyni xizmatga yuboradi
Shundan soʻng Iso atrofdagi qishloqlarda kezib yurib, taʼlim berardi. 7 Oʻn ikki havoriyni yoniga chaqirib, ikkita–ikkitadan qilib joʻnata boshladi. Ularga yovuz ruhlar ustidan hokimiyat berdi. 8 Ularga buyurib dedi: “Yoʻl uchun yolgʻiz hassadan boshqa hech narsa — non ham, toʻrva ham, belbogʻlaringizga mis chaqa ham qistirib olmanglar, 9 oyogʻingizga choriq kiyib, ustingizga qoʻshimcha kiyim olmanglar.”
10 Iso yana dedi: “Biror yerga borib, bironta uyga kirganingizda, to oʻsha joyni tark etguningizgacha, shu uyda turinglar. 11 Agar biror joyning odamlari sizni qabul qilmasa va sizga quloq solmasa, u yerdan chiqib ketayotganingizda ularni ogohlantirish tariqasida oyoqlaringizning changini qoqib ketinglar .”
12 Shunday qilib, havoriylar yoʻl yurib, tavba qilinglar, deb hammani daʼvat qilishdi. 13 Ular koʻp jinlarni quvib chiqarishdi va koʻp xastalarga zaytun moyi surtib ularni sogʻaytirishdi.
Yahyo choʻmdiruvchining oʻlimi
14 Isoning nomi el ogʻziga tushib qolgan edi. Shoh Hirodning qulogʻiga ham mish–mishlar yetib bordi. Baʼzi odamlar: “Yahyo choʻmdiruvchi tirilib kelibdi. Shuning uchun U moʻjizalar koʻrsatish qudratiga ega”, deyishardi . 15 Boshqalar esa: “Bu Ilyos ”, deb aytishardi. Yana boshqa birovlari: “Qadimgi paygʻambarlarga oʻxshagan bir paygʻambar bu”, deb aytardilar. 16 Hirod bularni eshitib: “Men boshini oldirgan Yahyo tirilib kelibdi”, dedi.
17-18 Hirod oʻz ukasi Filipning xotini Hirodiyaga uylangan edi. Yahyo esa Hirodga: “Siz ukangizning xotiniga uylana olmaysiz, bu qonunga zid”, deb aytar edi. Shuning uchun Hirod Yahyoni qoʻlga olib, zindonga qamatib qoʻygan edi. 19 Hirodiyaning ham Yahyoda qasdi bor edi. U Yahyoni oʻldirmoqchi boʻlardi, ammo bu niyatiga yeta olmayotgan edi. 20 Negaki Hirod Yahyoning solih va muqaddas kishi ekanini bilib, undan qoʻrqar va uni himoya qilar edi. Uning soʻzlari Hirodni gangitib qoʻyardi, shunga qaramay, Hirod uni eshitishni xush koʻrardi .
21 Bir kuni qulay fursat tugʻilib qoldi. Hirod oʻzining tugʻilgan kuni munosabati bilan amaldorlariga, lashkarboshilariga va Jalila hududining yoʻlboshchilariga ziyofat berdi. 22 Hirodiyaning qizi kirib, raqs tushdi va Hirod bilan ulfatlarining koʻnglini topdi. Shoh qizga:
— Tila tilagingni, tilagan narsangni beraman, — dedi. 23 Unga hatto qasam ichib:
— Mendan nima soʻrasang, beraman, shohligimning yarmigacha boʻlsa ham, beraman, — dedi.
24 Qiz tashqariga chiqib onasiga:
— Nima soʻray? — dedi.
— Yahyo choʻmdiruvchining boshini soʻra! — dedi onasi.
25 Qiz shu onda shoh huzuriga yugurib borib:
— Menga hoziroq Yahyo choʻmdiruvchining boshini laganda keltirib berishingizni soʻrayman, — dedi.
26 Shoh juda xafa boʻldi. Ammo mehmonlari oldida qasam ichgani uchun qizning iltimosini rad etishni istamadi. 27 U oʻsha zahoti jallodni yuborib, Yahyoning boshini keltirishni buyurdi. 28 Jallod zindonga borib, Yahyoning boshini tanidan judo qildi. Keyin uning boshini laganda keltirib, qizga berdi. Qiz esa onasiga berdi. 29 Yahyoning shogirdlari yuz bergan hodisani eshitib, uning jasadini olgani borishdi va uni dafn etishdi.
Iso 5000 kishini toʻydiradi
30 Havoriylar Isoning oldiga yigʻilib, qilgan hamma ishlarini, xalqqa nimalar oʻrgatishganini aytib berdilar . 31 Iso ularga:
— Kelinglar, yolgʻiz oʻzimiz kimsasiz joyga boraylik, bir oz dam olinglar, — dedi. Chunki kelib–ketuvchilar koʻpligidan ularning ovqat yeyishga ham vaqti yoʻq edi.
32 Iso bilan shogirdlari qayiqqa tushib , yolgʻiz oʻzlari kimsasiz joyga joʻnab ketishdi. 33 Lekin koʻpchilik ularning qayerga ketayotganini bilib qoldilar. Shunda atrofdagi hamma shaharlardan odamlar piyoda yoʻlga tushishdi, Iso bilan shogirdlari borayotgan joyga yugurib, ulardan oldin yetib borishdi. 34 Iso qayiqdan tushganda, katta bir olomonni koʻrdi. Ularga achinib ketdi, chunki ular choʻponsiz qoʻylarga oʻxshardi. Iso ularga koʻp narsalar haqida taʼlim berdi.
35 Kech kirganda, shogirdlar Isoning oldiga kelib dedilar:
— Bu joy kimsasiz ekan, buning ustiga, juda kech boʻlib qoldi. 36 Xalqni joʻnatib yuboring, toki ular atrofdagi qishloq va ovullarga borib, oʻzlariga yegulik sotib olishsin.
37 — Sizlar ularga ovqat beringlar! — dedi Iso.
— Nahotki biz ikki yuz kumush tangaga non sotib olib kelib, xalqqa yedirsak? — deb soʻrashdi Undan. 38 Iso dedi:
— Qancha nonlaringiz bor? Borib koʻringlar.
Ular bilib kelib:
— Beshta non, ikkita baliq bor ekan, — deyishdi.
39 Iso xaloyiqni guruh–guruh qilib, yashil oʻt ustiga oʻtqazishni shogirdlariga buyurdi. 40 Xalq yuztadan va elliktadan guruh–guruh boʻlib oʻtirdi. 41 Iso beshta non bilan ikkita baliqni oldi va osmonga qarab, shukrona duosini oʻqidi. Nonlarni sindirib, xaloyiqqa tarqatish uchun shogirdlariga berdi. Ikkita baliqni ham hammaga taqsimlab berdi. 42 Hamma yeb toʻydi. 43 Soʻng ortib qolgan non burdalarini va baliqlarni yigʻib olishgan edi, toʻla oʻn ikki savat chiqdi. 44 Non yeganlar orasida besh ming erkak bor edi.
Iso suv ustida yuradi
45 Iso vaqt oʻtkazmay, shogirdlarini qayiqqa tushirib, koʻlning narigi tomonidagi Baytsayda shahriga ketishga majbur qildi. Olomonni esa uylariga qaytarib joʻnatib yubordi. 46 Odamlar bilan xayrlashgandan keyin, ibodat qilish uchun tepalikka chiqdi.
47 Oqshom tushdi. Qayiq koʻlning oʻrtasida, Iso esa yolgʻiz Oʻzi quruqlikda qolgan edi. 48 Shogirdlar eshkak eshishga qiynalayotgan edilar, chunki shamol qayiqqa qarshi esar edi. Iso buni koʻrib, erta saharda koʻl ustida yurganicha shogirdlari tomon bordi–da, ularning oldidan oʻtib ketmoqchi boʻldi . 49 Shogirdlar esa koʻl yuzida yurgan Isoni koʻrib, arvoh deb oʻylab, baqirib yuborishdi. 50 Chunki hammalari Uni koʻrib, vahimaga tushib qolgan edilar. Lekin Iso oʻsha zahoti ularga:
— Dadil boʻlinglar! Qoʻrqmanglar, bu Menman! — dedi.
51 Soʻng Iso shogirdlari yoniga — qayiqqa oʻtgach, shamol tinib qoldi. Shogirdlar tamomila hayratga tushdilar, 52 chunki ular non toʻgʻrisidagi moʻjizani ham tushunmagan edilar, ularning imoni sust edi .
53 Ular koʻldan suzib oʻtib , Genisaret oʻlkasiga keldilar. Oʻsha yerda qayiqni bogʻladilar. 54 Qayiqdan chiqishlari bilanoq xalq Isoni tanib qoldi. 55 Odamlar butun yurtni yugurib aylanib chiqdilar, xastalarni toʻshaklarda Isoning oldiga olib bordilar. Ular har safar Isoning qayerdaligini eshitishsa xastalarni oʻsha yerga olib borishardi. 56 Iso qayerga bormasin — qishloqlargami, shaharlargami, ovullargami — odamlar xastalarni ochiq maydonlarga yotqizib qoʻyishardi. Xastalar Isodan: “Hech boʻlmasa kiyimingizning etagiga qoʻl tekkizaylik”, deb iltimos qilishardi. Unga qoʻl tekkizganlarning hammasi shifo topardi.