20–BOB
Zoʻfar ikkinchi marta gapiradi: fosiqlarning qismati haqida
1 Namaxlik Zoʻfar shunday dedi:
2 “Gaplaring meni bezovta qildi,
Endi gapirmasam boʻlmaydi.
3 Tanbehlaring bilan meni haqoratlading,
Lekin endi ongim, javob ber, deb undayapti.
4 Oʻtmishdan bilmaysanmi?!
Axir, insonlar yer yuziga joylashtirilgandan beri,
5 Fosiqlarning shodligi uzoqqa choʻzilmaydi–ku,
Betavfiqlarning quvonchi bir lahzalik–ku!
6 Takabburligi samoga yetsa ham,
Boshlari bulutlarga tegsa ham,
7 Oʻzlarining axlatiday butunlay yoʻq boʻlib ketadi.
Ularni oldin koʻrganlar: «Qani endi ular?» deb soʻraydilar.
8 Fosiqlar tushday oʻtib ketadilar, ularni topib boʻlmaydi.
Kechasi koʻringan sharpaday gʻoyib boʻladilar.
9 Ha, fosiqlarni koʻrganlar ularni boshqa koʻrmaydilar,
Makonlari endi ularni tanimaydi.
10 Fosiqlarning farzandlari kambagʻallardan muruvvat kutadi,
Oʻz qoʻllari bilan tortib olgan boyliklarini qaytarib beradi.
11 Fosiqlar yosh va kuchli edi,
Endi suyaklari tuproqda yotadi.
12 Fosiqlik ularning ogʻizlarida shirin tuyuldi,
Shuning uchun fosiqlikni
Tillarining tagiga solib, soʻrib oʻtiribdilar.
13 Fosiqlikni tashlagisi kelmay,
Ogʻzilarida ushlab tursalar ham,
14 Oʻsha yeganlari qorinlarida achchiq boʻladi,
Ilonlarning zahriga aylanadi.
15 Boyliklarni yutib, qaytib qusadilar,
Qorinlaridan boʻlsa ham,
Xudo qaytarib olib qoʻyadi.
16 Ular kobra ilonlarning zaharini soʻradilar,
Zaharli ilon ularni oʻldiradi.
17 Endi fosiqlar oqar daryolardan —
Sut va asal oqadigan irmoqlardan zavq olmaydilar.
18 Zahmat bilan topganlaridan bahramand boʻlmaydilar.
Savdo–sotiq qilib topganlarining gashtini surmaydilar.
19 Axir, fosiqlar kambagʻallarga zulm qilib,
Boʻlganicha boʻlsin, deb tashlab ketgandilar.
Oʻzlari qurmagan uylarni kambagʻallardan tortib olgandilar.
20 Ular nafs balosiga uchragan, hech qachon qoniqmaydilar.
Orzu–havas qilib yiqqan boyliklari ularni qutqarmaydi.
21 Ular hech narsa qoldirmay, yeb bitirgandi.
Shuning uchun farovonligi uzoqqa choʻzilmaydi.
22 Farovonlik davrida ham ular gʻam–tashvishga toʻladilar.
Ularning boshiga ofatu kulfatlar tushadi.
23 Fosiqlar qorinlarini toʻydirib boʻlganlarida,
Xudo ularga bor gʻazabini sochadi.
Ularning ustiga Oʻz zarbalarini yogʻdiradi.
24 Fosiqlar temir quroldan qochsalar,
Bronza nayza ularni teshib oʻtadi.
25 Nayza ularning tanalaridan sugʻurib olinadi,
Ha, yaltiroq nayza ularning jigarlaridan tortib chiqariladi,
Ularni vahima qamrab oladi.
26 Ularning xazinalari zulmatda yoʻq boʻlib ketadi.
Inson yoqmagan olov ularni yutib yuboradi,
Olov fosiqlarning chodiriyu undagi bor narsasini yoʻq qiladi.
27 Samo ularning aybini koʻrsatadi,
Yer ularga qarshi guvohlik beradi.
28 Xudoning gʻazabi kelgan kuni
Uyidagilarni sel oqizib ketadi.
29 Xudo fosiqlarga bergan ulush ana shulardir,
Xudoning ularga tayinlagan nasibasi mana shudir.”