3–BOB
Navuxadnazar yasattirgan oltin haykal
1 Shoh Navuxadnazar sof oltindan ulkan bir haykal yasattirdi. Balandligi oltmish tirsak, eni esa olti tirsak boʻlgan bu haykal Bobil viloyatidagi Durax tekisligida oʻrnatildi. 2 Soʻng qoʻli ostidagi barcha noiblar, hokimlar, beklar, aʼyonlar, xazinabonlar, qozilar, maʼmurlar va viloyatlarning amaldorlarini chaqirtirib, oʻrnatgan haykalning ochilishida qatnashishlarini buyurdi. 3 Bu barcha amaldorlar shoh Navuxadnazar oʻrnatgan haykalning ochilishiga yigʻilganlarida, 4 jarchi baland ovozda shunday eʼlon qildi: “Ey barcha xalqlar, elatlar va urugʻlar! 5 Hozir sozandalarimiz karnay, nay, lira, chang, arfa, doira va boshqa cholgʻu asboblarini chaladilar, sizlar esa muk tushib shoh Navuxadnazar oʻrnatgan oltin haykalga sajda qilasizlar. 6 Kimki muk tushib sajda qilmasa, oʻsha zahotiyoq olovli chuqurlikka tashlanadi.” 7 Cholgʻu asboblarining sadolarini eshitgach, barcha xalqlar, elatlar va urugʻlar muk tushib, shoh Navuxadnazar oʻrnatgan haykalga sajda qildilar.
Doniyorning uch ogʻaynisi itoatsizlikda ayblanadi
8 Yahudiylarni qoralash niyatida yurgan ayrim Bobilliklar uchun qulay bir vaziyat tugʻilgan edi. Bunday fursatni boy bermaslik uchun 9 ular shoh Navuxadnazarga shunday dedilar: “Shoh hazratlarining umri boqiy boʻlsin! 10 Ey shoh hazratlari, siz bergan amringizga binoan cholgʻu asboblarining sadolarini eshitgan har bir odam muk tushib oltin haykalga sajda qilishi kerak edi, shunday emasmi? 11 Siz, amrimga itoat qilmagan har qanday kishi olovli chuqurlikka tashlanadi, deb aytgan edingiz. 12 Ammo ayrim yahudiylar, xususan, siz Bobil viloyatiga hokim qilib tayinlagan Shadrax, Meshax va Abednaxu shoh hazratlarining amriga boʻysunmadilar. Bu odamlar xudolaringizga sigʻinmaydilar, ular hatto siz oʻrnatgan oltin haykalga sajda qilishni ham oʻzlariga ep koʻrmadilar.”
13 Bu xabardan gʻazablanib ketgan Navuxadnazar Shadrax, Meshax va Abednaxuni oʻz huzuriga keltirishni buyurdi. Ular shoh huzuriga keltirilganda, 14 Navuxadnazar ularga dedi:
— Shadrax, Meshax va Abednaxu, sizlar mening xudolarimga sigʻinmaganingiz va men oʻrnatgan oltin haykalga sajda qilmaganingiz toʻgʻrisida xabar topdim. 15 Ammo men sizlarga lutf aylab yana bir imkoniyat beraman. Hozir cholgʻu asboblarining sadolarini eshitishingiz bilanoq, muk tushib men oʻrnatgan haykalga sajda qilasizlar. Aks holda, oʻsha zahotiyoq olovli chuqurlikka tashlanasizlar. Shunda sizlarni mening qoʻlimdan bironta xudo ham qutqara olmaydi!
16 Shadrax, Meshax va Abednaxu shohga shunday javob berishdi:
— Ey olampanoh, bu masalada biz oʻzimizni oqlamoqchi emasmiz. 17 Biz sigʻinadigan Xudo bizni olovli chuqurlikdan ham, sizning qoʻlingizdan ham qutqarishga qodir. 18 Ammo U bizni qutqarmagan taqdirda ham, bilib qoʻyingki, ey shoh hazratlari, biz hech qachon xudolaringizga sigʻinmaymiz, siz oʻrnatgan oltin haykalga ham sajda qilmaymiz.
Doniyorning uch ogʻaynisi oʻlimga mahkum qilinadi
19 Shadrax, Meshax va Abednaxuning bunday javobi Navuxadnazarning qonini qaynatdi. Uning afti–basharasi burishib ketdi. U olovni odatdagidan yetti barobar qattiqroq yondirishni buyurdi. 20 Soʻng lashkari orasidagi eng kuchli polvonlarga Shadrax, Meshax va Abednaxuni bogʻlab, olovli chuqurlikka tashlashni amr qildi. 21 Polvonlar ularni bogʻlab, ustki kiyimi, ishtoni, bosh kiyimi, xullas, butun ust–boshi bilan olovli chuqurlikka tashladilar. 22 Gʻazablangan shoh qattiq olov yondirishni buyurgani uchun, alanga avjiga chiqqan edi. Olovning tafti uch ogʻaynini chuqurlikka tashlayotgan polvonlarni kuydirib yubordi. 23 Shadrax, Meshax va Abednaxu esa bogʻlangan holda olovli chuqurlikka yiqildilar.
24 Buni tomosha qilib turgan shoh Navuxadnazar birdaniga oʻrnidan sapchib turdi–da, hayrat ichra maslahatchilariga:
— Chuqurlikka biz uchta bogʻlangan odamni tashlamaganmidik? — deb hayqirib yubordi.
— Xuddi shunday, shoh hazratlari, — deb javob berdi ular.
25 — Voajabo! Alanganing oʻrtasida bogʻlanmagan toʻrtta odam yuribdi–ku, — dedi shoh. — Ularning birortasiga ham zarar yetmagan. Toʻrtinchi kimsa xuddi ilohiy zotga oʻxshaydi–ya!
Uchala yigit ozod qilinib, yuqori lavozimga koʻtariladi
26 Navuxadnazar chuqurlikning ogʻziga borib:
— Shadrax, Meshax va Abednaxu, ey Xudoyi Taoloning xizmatkorlari, qani, chiqinglar! Oldimga kelinglar! — deb baqirdi.
Shadrax, Meshax va Abednaxu alanga orasidan chiqishdi. 27 Barcha noiblar, hokimlar, beklar va shoh aʼyonlari Shadrax, Meshax va Abednaxuni oʻrab olib, olov oʻsha odamlarga hech qanday ziyon yetkazmaganligini koʻrishdi. Ularning na sochlari kuygan, na ustki kiyimlariga zarar yetgan, ulardan hatto tutun hidi ham kelmas edi.
28 Navuxadnazar dedi: “Shadrax, Meshax va Abednaxuning Xudosiga hamdu sanolar boʻlsin! U Oʻz farishtasini yuborib, Oʻziga inongan qullarini xalos qildi. Ular oʻz Xudosidan boshqa boʻlgan xudolarga sigʻinishdan koʻra, oʻlimni ravo koʻrdilar, shu bois shohning amriga ham boʻysunmadilar.
29 Shuning uchun farmonim quyidagichadir: Shadrax, Meshax va Abednaxuning Xudosiga shak keltirgan har bir odam qaysi xalq, elat yoki uruqqa mansub boʻlishidan qatʼi nazar, chopib tashlanadi, uning uyi esa vayron qilinadi. Zero, bunday najot beradigan boshqa xudo yoʻqdir.”
30 Keyin shoh Shadrax, Meshax va Abednaxuning martabasini yanada oshirib, ularni Bobil viloyatidagi yuqori lavozimlarga koʻtardi.
Navuxadnazarning maktubi
31 Shoh Navuxadnazar yer yuzidagi barcha xalqlar, elatlar va urugʻlarga quyidagi xabarni yubordi:

Xonadoningizdan baraka arimasin! 32 Xudoyi Taolo menga koʻrsatgan alomatu moʻjizalari haqida sizlarni xabardor qilmoqchiman.

33 Naqadar buyukdir Uning alomatlari!
Naqadar qudratli moʻjizalari!
Uning shohligi — mangu shohlik boʻlar,
U abadiy hukmronlik qilar.