2–BOB
Yoshua Yerixoga aygʻoqchilarni yuboradi
1 Yoshua Shitimdagi qarorgohdan ikki kishini yashirincha aygʻoqchi qilib yubordi. Yuborishdan oldin ularga: “Borib, Kanʼon yurtini, ayniqsa, Yerixo shahrini yaxshilab koʻrib kelinglar”, dedi. Aygʻoqchilar Yerixoga ketishdi. Borib, Rahoba ismli bir fohishaning uyida tunab qolishdi. 2 Yerixo shohiga: “Bugun kechqurun Isroil xalqidan bir nechtasi butun yurtimizni tekshirish uchun kelishibdi” degan xabar yetib bordi. 3 Shunda shoh Rahobaga xabar yuborib: “Yurtimizni tekshirishga kelgan kishilar sening uyingga kiribdi. Endi ularni tashqariga olib chiq”, deb buyurdi. 4 Lekin ayol oʻsha kishilarni yashirib qoʻygan edi. U shohning odamlariga shunday dedi: “Toʻgʻri, oʻsha kishilar menikiga kelgan edi, lekin ularning qayerdan kelganini bilmagandim. 5 Kech tushib, shahar darvozasi yopilishidan oldin ular chiqib ketishdi. U kishilar qayerga ketganini bilmayman. Agar tez orqasidan borsangiz, ularni ushlashingiz mumkin.” 6 Aslida Rahoba ularni tomga olib chiqib, quritish uchun yoyib qoʻyilgan zigʻir bogʻlamlari tagiga yashirib qoʻygan edi. 7 Shohning odamlari shahardan chiqib ketishi bilanoq, shahar darvozasi yopildi . Ular aygʻoqchilarni qidirib, Iordan daryosining kechuv joyigacha borishdi.
8 Aygʻoqchilar uxlashga yotishdan oldin Rahoba tomga chiqib, 9 ularga shunday dedi: “Egangiz bizning yurtimizni sizlarga berganligini bilaman. Butun xalqimiz bilan sizlardan qoʻrqib qolganmiz. Shu yerda yashaydiganlarning hammasi sizlar haqingizda eshitib vahimaga tushgan. 10 Biz eshitdik, sizlar Misrdan chiqqaningizdan keyin, Egangiz oldingizda Qizil dengiz suvlarini quritibdi. Iordanning sharq tomonidagi Amor xalqining shohlari Oʻg va Sixoʻnni nima qilganingizni, ularning odamlarini butunlay qirib tashlaganingizni ham eshitdik. 11 Bu voqealar haqida eshitishimiz bilanoq yuraklarimiz orqaga tortib ketdi, sizlardan qoʻrqqanimiz uchun jasoratimizdan asar ham qolmadi. Chunki Egangiz Xudo yeru samodagi Xudodir. 12 Men sizlarga marhamat koʻrsatdim. Endi shuning uchun Egangiz haqi qasam ichib, sening oilangga ham mehribonlik qilamiz, deb kafolat bering. 13 Mana shu kafolat ota–onam, aka–ukam, opa–singillarim va ularga qarashli boʻlganlarni saqlab qolishingizni, bizni oʻlimdan qutqarishingizni bildirsin.” 14 Aygʻoqchilar unga shunday deyishdi: “Agar biz haqimizda hech kimga aytmasang, Egamiz bizga shu yerni berganda, sen va sening oilangga marhamat koʻrsatamiz, deb vaʼda beramiz. Sizlarga biror narsa boʻlsa, Xudo jonimizni olsin.”
15 Rahobaning uyi shahar devorlariga taqalib qurilganligi uchun , derazasi shahardan tashqariga qarab turgan edi. Rahoba mana shu derazadan arqon tushirib, aygʻoqchilarning qochishiga yordam berdi. 16 Ular ketishidan oldin, Rahoba: “Sizlarni quvayotganlar topib olmasligi uchun qirlarga boringlar. Oʻsha yerda uch kun yashirininglar. Ular qaytib kelganlaridan keyin oʻz yoʻlingizga ketaverasiz”, — degan edi. 17-18 Aygʻoqchilar Rahobaga javoban shunday deyishgan edi: “Biz bu yerga hujum qilganimizda mana shu qizil arqonni biz tushadigan derazangga bogʻlab, osiltirib qoʻygin. Oilangdagilarning hammasi — ota–onang, aka–ukang, qarindosh–urugʻlaring uyingda boʻlishi kerak, boʻlmasa, biz senga ichgan qasamimizdan xalos boʻlamiz. 19 Birortasi eshigingdan tashqariga, koʻchaga chiqsa, oʻz oʻlimiga oʻzi javobgar boʻladi, biz gunohkor boʻlmaymiz. Lekin sen bilan uy ichida boʻlganlarga birortasi qoʻl tekkizsa, ularning oʻlimiga biz javobgar boʻlamiz. 20 Lekin mabodo biz haqimizda birovga ogʻiz ochsang, sen bizga ichtirgan qasamdan xalos boʻlamiz.” 21 Rahoba: “Sizlar nima desangiz shunday boʻlsin” degan soʻzlar bilan aygʻoqchilarni chiqarib yubordi. Ular oʻz yoʻllariga ketishdi. Keyin Rahoba qizil arqonni derazasiga bogʻlab qoʻydi.
22 Oʻsha aygʻoqchilar borib, qirlarda uch kun, ularni izlab yurganlar qaytguncha turishdi. Ularni quvib ketganlar yoʻl boʻyidagi hamma joylarni izlab ham hech kimni topa olmadilar. 23 Aygʻoqchilar qirdan qaytib tushishdi. Ular daryoni kechib oʻtib , Yoshuaning oldiga kelib, boʻlgan voqealarning hammasini unga aytib berishdi. 24 Ular Yoshuaga: “Haqiqatan ham Egamiz butun yurtni bizning qoʻlimizga bergan. U yerda yashovchilarning hammasi bizlarni deb vahimaga tushgan”, deyishdi.