6–BOB
Xayr–sadaqa haqida
1 Ehtiyot boʻlinglar, savob ishingizni odamlarga koʻz–koʻz qilmanglar. Aks holda, osmondagi Otangizdan mukofot ololmaysizlar. 2 Birovga xayr–sadaqa berganingiz haqida hammaga jar solib yurmanglar. Ikkiyuzlamachilargina odamlardan tahsin olish uchun sinagogalarda va koʻcha–koʻyda shunday qiladilar. Sizlarga chinini aytayin: ular oʻz mukofotini olib boʻlganlar. 3 Siz esa xayr–sadaqa berayotganingizda, oʻng qoʻlingiz nima qilayotganini chap qoʻlingiz bilmasin. 4 Xayr–sadaqangizni hech kimga bildirmay bering. Yashirincha qilgan bu ishingizni koʻrgan Otangiz sizni taqdirlaydi .
Ibodat haqida
5 Ibodat qilganingizda, ikkiyuzlamachilarga oʻxshamanglar. Ular oʻzlarini hammaga koʻrsatish uchun sinagogalarda va koʻchalarning burchaklarida turib ibodat qilishni yaxshi koʻradilar. Sizlarga chinini aytay: ular oʻzlarining mukofotlarini olib boʻlganlar. 6 Siz esa ibodat qilayotganingizda ichkari xonaga kirib, eshikni berkitib oling va yashirin boʻlgan Otangizga ibodat qiling. Yashirin qilgan ishlaringizni koʻrgan Otangiz sizni taqdirlaydi. 7 Ibodat qilayotganingizda, butparastlar kabi, behuda soʻzlarni hadeb takrorlayvermang. Ular, koʻp soʻzlasam, ibodatim ijobat boʻladi, deb oʻylaydilar. 8 Ularga oʻxshamanglar, chunki osmondagi Otangiz soʻramasingizdan oldin nimaga muhtojligingizni biladi.
9 Sizlar esa shunday ibodat qilinglar:
«Bizning osmondagi Otamiz!
Sening muqaddas noming ulugʻlansin.
10 Sening Shohliging kelsin.
Osmonda boʻlgani kabi,
Yerda ham Sening irodang bajo boʻlsin.
11 Bugungi rizqimizni bergin.
12 Bizga qarshi gunoh qilganlarni biz kechirgandek,
Sen ham bizning gunohlarimizni kechirgin.
13 Bizni vasvasaga duchor qilmagin,
Yovuz shaytondan xalos qilgin .»
14 Agar sizlarga yomonlik qilganlarni kechirsangizlar, osmondagi Otangiz ham sizni kechiradi. 15 Bordi–yu, sizlar boshqalarning gunohlarini kechirmasangizlar, Otangiz ham sizni kechirmaydi.
Roʻza haqida
16 Roʻza tutayotganingizda, ikkiyuzlamachilar kabi, qovoq solib yurmanglar. Ular roʻza tutayotganlarini boshqalarga koʻrsatish uchun yuvinib–taranmaydilar. Sizlarga chinini aytayin: ular oʻz mukofotlarini olib boʻlganlar. 17 Sizlar roʻza tutganlaringizda yuzlaringizni yuvib, sochlaringizni tarab yuring, 18 toki roʻza tutganingizni yashirin boʻlgan Otangizdan boshqa hech kim bilmasin. Shunda yashirin qilgan ishingizni koʻrgan Otangiz sizni taqdirlaydi.
Samoviy xazina haqida
19 Bu dunyoda oʻzlaringiz uchun boylik gʻamlamanglar. Axir, bunday boylikni kuya yeydi , zang bosadi, oʻgʻri tushib oʻgʻirlaydi. 20 Aksincha, oʻzlaringiz uchun samoda xazina yigʻinglar. Bunday boylikni kuya yemaydi, zang bosmaydi, oʻgʻri ham oʻgʻirlay olmaydi. 21 Xazinangiz qayerda boʻlsa, yuragingiz ham oʻsha yerda boʻladi.
22 Tananing chirogʻi — koʻz. Agar koʻzingiz yaxshi boʻlsa, butun tanangiz yop–yorugʻ boʻladi. 23 Ammo koʻzingiz yomon boʻlsa, butun tanangiz zulmatga toʻladi. Agarda ichingizdagi nur zulmat boʻlsa, zimziyo zulmatda qolgan ekansiz.
24 Hech kim ikki xoʻjayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini yomon koʻrib, boshqasini yaxshi koʻradi, yoki biriga bagʻishlanib, boshqasini mensimaydi. Sizlar ham Xudoga, ham boylikka birdek xizmat qila olmaysizlar.
Tirikchilik tashvishlari haqida
25 Shuning uchun sizlarga aytaman: tirikchiligingizdan xavotir olib, nima yeymiz, nima ichamiz, ustimizga nima kiyamiz, demanglar. Axir, hayot ovqatdan, tana esa kiyimdan muhimroq emasmi?! 26 Qushlarga qaranglar: ular na ekadi, na oʻradi, na omborga don yigʻadi. Shunga qaramay, osmondagi Otangiz ularning rizqini beradi. Sizlar esa ulardan ancha qadrlisizlar–ku! 27 Birontangiz tashvishlanib, umringizni bir lahzaga boʻlsa ham uzaytira olarmidingiz?! 28 Nega kiyim uchun tashvishlanasizlar? Nilufar gullarning qanday oʻsishiga eʼtibor qiling: ular mehnat qilmaydi, ip yigirmaydi. 29 Ammo sizlarga aytamanki, hatto shoh Sulaymon oʻzining shuhrat choʻqqisida ham oʻsha gullarning birontasiday kiyinmagan. 30 Bugun bor, ertaga esa oʻchoqqa tashlanadigan dala oʻtini Xudo shunday bezagan boʻlsa, nahotki sizlarni kiyintirmasa, ey imoni sustlar?!
31 Shunday ekan, nima yeymiz, nima ichamiz, nima kiyamiz, deb tashvishlanib yurmanglar. 32 Butparastlar hadeb bu narsalarning tashvishida yuradilar. Lekin osmondagi Otangiz bularning hammasiga muhtoj ekaningizni biladi–ku! 33 Sizlar avvalo Xudoning Shohligi va Uning irodasini bajarish payida boʻlinglar , shunda qolgan hamma narsa sizga beriladi. 34 Xullas, ertangi kun uchun tashvish tortmanglar. Ertaning tashvishi ertaning oʻziga tegishlidir. Har bir kunning gʻam–tashvishi oʻziga yetadi.