13–BOB
Toʻngʻich erkaklarni bagʻishlash toʻgʻrisidagi amr
1 Egamiz Musoga yana gapirdi:
2 — Hamma toʻngʻichlarni Menga bagʻishlanglar. Isroil xalqining hamma toʻngʻich oʻgʻillari va hayvonlarining birinchi erkak bolasi Menikidir.
Xamirturushsiz non bayrami toʻgʻrisida koʻrsatmalar
3-4 Shundan soʻng Muso xalqqa dedi: “Bugun Abib oyida sizlar Misr yurtidan chiqib ketyapsizlar. Xamirturush qoʻshilgan nonni yemanglar. Bu kunni aslo eslaringizdan chiqarmanglar. Zero, Egamiz Oʻz qudrati bilan sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqdi. 5 U sizlarni Kanʼon, Xet, Amor, Xiv va Yobus xalqlarining yerlariga olib boradi. Egamiz bu yerlarni ota–bobolaringizga, beraman, deb ont ichgan. U sizlarni sut va asal oqib yotgan oʻsha yurtga olib borgandan keyin, Abib oyida quyidagicha udumni oʻtkazinglar: 6 yetti kun xamirturushsiz non yenglar. Yettinchi kuni Egamizga atab bayram qilinglar. 7 Shu paytlarda uyingizda yoki yurtingizning biron joyida xamirturushli non yoki xamirturush boʻlmasin. 8 Har yili bayram kunlari davomida nima uchun bayramni nishonlayotganingizni bolalaringizga tushuntirishingiz lozim. Ularga:
— Misrdan chiqayotganimizda, Egamiz bizga koʻrsatgan cheksiz muruvvati uchun bayramni nishonlayapmiz, — deb ayting. 9 Bu bayram goʻyo qoʻlingizdagi yoki peshanangizdagi bir belgiday boʻladi. Egamiz sizlarni Misrdan Oʻz qudrati bilan olib chiqqanini bu bayram eslatib turadi. Egamizning taʼlimotini bolalaringizga oʻrgatishingiz uchun bayramni nishonlanglar. 10 Sizlar belgilangan vaqtda yillar osha ushbu qonun–qoidaga rioya qilib boringlar.
Toʻngʻich erkaklarni Egamizga bagʻishlash toʻgʻrisida koʻrsatmalar
11 Egamiz oʻzlaringizga va ota–bobolaringizga ont ichib vaʼda bergan Kanʼon xalqlarining yurtiga sizlarni olib keladi. Oʻsha yurtni sizlarga beradi. Shundan keyin 12 toʻngʻich oʻgʻillaringizni, hamma chorvangizning birinchi erkak bolasini Unga beringlar. Bularning hammasi Egamiznikidir. 13 Eshakning tugʻilgan birinchi erkak bolasini ham Egamizdan bir qoʻzi yoki uloqchani atash evaziga sotib olinglar. Agar eshakni qaytarib sotib olmaslikka qaror qilsangiz, eshakning boʻynini sindirib oʻldirishingiz kerak. Sizlar Egamizdan hamma toʻngʻich oʻgʻillarni ham qaytarib sotib olishingiz lozim . 14 Kelajakda farzandlaringiz sizdan:
— Bu udumning maʼnosi nima? — deb soʻrashganda shunday javob beringlar:
— Egamiz bizni Misrdagi qullikdan qudratli qoʻli bilan olib chiqqan. 15 Firʼavn oʻjarlik qilib, ketishimiz uchun bizga ijozat bermaganda, Egamiz Misr yurtidagi hamma toʻngʻichlarni — odamlarning toʻngʻichidan tortib, hayvonlarning birinchi erkak bolasigacha oʻldirgan. Mana shuning uchun ham hayvonlarning birinchi erkak bolasini Egamizga qurbonlik qilamiz. Toʻngʻich oʻgʻillarimizni esa qaytarib sotib olamiz.
16 Bu bayram qoʻlingizdagi yoki peshanangizdagi bir belgiday boʻlib qoladi. Egamiz bizni qudratli qoʻli bilan Misrdan olib chiqqanini shu bayram sizlarga eslatib turadi.”
Ustun shaklidagi bulut va alanga
17 Xalq urushga duch kelib qolsa, Misrga qaytib ketmasin, deb oʻyladi Xudo. Shuning uchun firʼavn Isroil xalqiga ijozat bergandan keyin, Filist xalqining yurti orqali oʻtadigan yoʻl toʻgʻri Kanʼonga olib borsa ham, Xudo xalqni bu yoʻldan boshlab ketmadi. 18 Xudo xalqni Qizil dengizga sahro boʻylab aylanma yoʻl orqali olib ketdi.
Isroil xalqi Misrdan chiqqanda, guruhlarga boʻlingan holda yoʻlga tushdi. 19 Muso Yusufning suyaklarini oʻzi bilan oldi. Yusuf Isroil urugʻlariga qasam ichdirib: “Xudo sizlarni qutqargani albatta keladi, oʻshanda mening suyaklarimni bu yerdan olib ketinglar”, degan edi .
20 Isroil xalqi Suxotdan chiqqandan keyin, sahro etagidagi Etxamda qarorgoh qurdi. 21 Egamiz kunduzi ustun shaklidagi bulut ichida, kechasi ustun shaklidagi alanga ichida ularning oldida yurib, yoʻllarini yoritib yoʻl koʻrsatib bordi. Shu tariqa Isroil xalqi hamma vaqt — kunduzi ham, kechasi ham yoʻl yura oldi. 22 Kunduzi bulut ustuni, kechasi alanga ustuni xalqning oldidan bir dam nari ketmadi.