10–BOB
Egamiz najot berishga vaʼda qiladi
1 Bahorda yomgʻir beradigan Egamizdan yomgʻir soʻranglar.
Boʻron bulutlarini yaratgan,
Odamzodga yomgʻir beradigan,
Hamma uchun dalalarni oʻt–oʻlanga toʻldiradigan Egamizdir.
2 Xonaki sanamlar behuda gaplarni gapiradilar,
Folbinlar yolgʻon follar ochadilar.
Tush taʼbir qiluvchilar yolgʻon taʼbir qiladilar,
Behuda tasalli beradilar.
Shuning uchun bu xalq qoʻyday sarson boʻlib yuribdi,
Choʻponi yoʻqligi uchun azob chekyapti.

3 Egamiz shunday demoqda:
“Gʻazabim xalqimning yoʻlboshchilariga qarshi yonmoqda,
Men xalqimning bu choʻponlarini jazolayman.
Men, Sarvari Olam, Oʻz suruvim boʻlgan
Yahudo xalqi uchun qaygʻuraman.
Men oʻsha suruvni ulugʻvor jang otlariday qilaman.
4 Yahudo orasidan tamal toshi ,
Chodir qozigʻi, jang kamoni chiqadi.
Ha, har bir yetakchi ularning orasidan chiqadi.
5 Birgalikda ular jang payti koʻchada loy kechgan
Jangchilarday boʻladilar,
Men, Egangiz, ular bilan birgaman.
Ular urushga chiqib,
Dushman chavandozlarini sharmanda qiladilar.

6 Men Yahudo xalqini kuchga toʻldiraman,
Yusufning avlodini qutqaraman.
Ularga rahm–shafqat koʻrsataman,
Axir, Men ularning Egasi Xudoman.
Ularning iltijolariga javob berib,
Oʻz yurtiga qaytarib olib kelaman.
Oʻshanda ular hech qachon rad qilinmaganday boʻladi.
7 Efrayim xalqi qudratli jangchilarday boʻladi,
Ularning yuraklari sharob ichgandagi singari quvnoq boʻladi.
Buni koʻrgan farzandlari shodlanadi,
Ular Mening qilgan ishlarimdan xursand boʻladi.
8 Men choʻpon kabi hushtak chalib, Oʻz xalqimni yigʻaman,
Axir, Men ularni qutqarganman.
Oldin ular qancha boʻlgan boʻlsalar,
Ularning soni yana shuncha boʻladi.
9 Men ularni xalqlarning orasiga sochib yuborgan boʻlsam ham ,
Eng uzoqdagi yurtlarda ham ular Meni eslaydilar.
Farzandlariyu oʻzlari omon qolib, qaytib kelishadi.
10 Men xalqimni Misr yurtidan qaytaraman,
Ossuriya yeridan yigʻib kelaman.
Men ularni Gilad oʻlkasi
Va Lubnon yurtigacha boʻlgan yerlarga joylashtiraman.
Hatto mana shu joylar ham ularga torlik qiladi.
11 Mening xalqim kulfat dengizidan oʻtsa,
Oʻsha dengizning toʻlqinlarini urib tushiraman.
Nil daryosining tubi qurib qoladi.
Ossuriya xalqining takabburligiga barham beraman.
Misr esa oʻz saltanat hassasini yoʻqotadi.
12 Oʻz qudratim bilan xalqimni kuchli qilaman.
Ular Mening nomimga loyiq hayot kechiradilar.”
Egamizning kalomi shudir.