24–BOB
1 Balom Isroilni duo qilayotgani Egamizga maʼqul kelganini koʻrib, bu safar fol ochgani bormadi. U sahro tomon nazar tashlab, 2 u yerda qabila–qabila boʻlib qarorgoh qurgan Isroil xalqini koʻrdi. Shunda Xudoning Ruhi Balomni qamrab oldi, 3 Balom shunday bashorat qildi:

“Bavoʻr oʻgʻli Balom gapiryapti,
Koʻzi ochiq inson soʻzlayapti.
4 Xudoning kalomini eshitgan,
Qodir Xudodan kelgan vahiyni koʻrgan,
Hushidan ayrilgan, lekin koʻzlari katta ochiq odam aytyapti.
5 Ey Yoqub nasli! Chodirlaringiz qanday ajoyib!
Ey Isroil xalqi! Makoningiz naqadar goʻzal!
6 Chodiru makonlaringiz palmazor singari bepoyon,
Bamisoli daryo boʻyidagi bogʻ–rogʻlardir,
Egamiz oʻtqazgan aloega oʻxshar,
Suv boʻyidagi sadr daraxti kabidir.
7 Ularning chelaklari suv bilan toʻlib–toshar,
Ekkan urugʻlari miriqib suvga toʻyar.
Isroil shohi Oʻgaxdan ustun boʻlar,
Isroil shohligi gʻoyat yuksalar.
8 Yovvoyi buqaning kuchi bilan
Xudo Misrdan olib chiqqan ularni.
Isroil xalqi yamlamay yutar gʻanimlarini,
Ularning suyaklarini maydalab tashlar,
Oʻqlar otib, ularni yakson etar.
9 Ana, u urgʻochi sherday egildi–da, yotdi.
Uni turgʻizishga kim jurʼat etar?!
Seni duo qilganlar baraka topar,
Seni laʼnatlaganlar laʼnati boʻlar!”

10 Boloq Balomdan qattiq gʻazablanganidan kaftini kaftiga urib:
— Men seni, gʻanimlarimni laʼnatlagin deb, chaqirtirgan edim. Sen esa ularni uch marta duo qilding! — deb doʻq urdi. 11 — Yoʻqol! Uyingga joʻna! Men seni mukofotlamoqchi edim, lekin Egang seni mukofotdan mahrum qildi.
12 Shunda Balom Boloqqa dedi:
— Mening oldimga joʻnatgan choparlaringga aytmaganmidim: 13 “Boloq menga saroyidagi hamma oltinu kumushini bersa ham, men Egamizning aytganidan chetga chiqa olmayman. Oʻz ixtiyorim bilan biror yaxshi yoki yomon ish qilolmayman. Egamiz menga nima desa, shuni aytaman”, deb?! 14 Endi men oʻz xalqim oldiga qaytib ketaman. Lekin ketishimdan oldin, Isroil xalqi kelajakda xalqing boshiga qanday kunlarni solishini senga aytib qoʻyay.
Balomning soʻnggi bashoratlari
15 Shundan soʻng Balom quyidagicha bashorat qildi:

“Bavoʻr oʻgʻli Balom gapiryapti,
Koʻzi ochiq inson soʻzlayapti.
16 Xudoning kalomini eshitgan,
Xudoyi Taolodan ilmu maʼrifat olgan,
Qodir Xudoning vahiyini koʻrgan,

17 Uni koʻryapman–u, lekin shu topda yoʻq,
Unga qarayapman–u, lekin u yaqin emas.
Bir yulduz chiqar Yoqub naslidan,
Saltanat hassasi Isroil xalqidan.
Vayron qilar u Moʻab chegaralarini ,
Yakson etar Shet xalqining yerlarini .
18 Edom oʻljaga aylanar,
Ha, Seir gʻanimlarning mulki boʻlar,
Isroil xalqi esa zafarni quchar.
19 Yoqub naslidan hukmdor chiqar,
Ir xalqini tamom qirib tashlar.”

20 Soʻng Balom Omolek xalqini koʻrib, ular haqida shunday bashorat qildi:

“Xalqlarning sardoridir Omoleklar,
Lekin oxiri abadiy halokatga yoʻliqar ular.”

21 Keyin u Xayin xalqini koʻrib, ular haqida quyidagicha bashorat qildi:

“Mustahkamdir sizning boshpanangiz,
Togʻ choʻqqisida joylashgan sizning iningiz.
22 Oshur xalqi sizni asir qilib olib ketajak,
Shunda Xayin xalqi qirilib yoʻq boʻlajak.”

23 Balom yana bashoratini davom ettirdi:

“Evoh! Xudo shu ishlarni amalga oshirgach, kim tirik qolar?!
24 Kiprdan suzib kelar kemalar,
Oshur va Ibir xalqlarini taslim etishar.
Abadiy halokatga uchraydi ular.”

25 Shundan keyin Balom yoʻlga chiqib, uyiga joʻnadi. Boloq ham oʻz yoʻliga ketdi.