66–BOB
Xudo xalqlarni hukm qiladi
1 Egamiz shunday aytmoqda:
“Osmon Mening taxtimdir,
Yer oyogʻim tagidagi kursidir.
Menga qanday uy qurib bera olasiz?!
Qaysi joy Menga maskan boʻla oladi?!
2 Axir, hammasini Oʻz qoʻllarim bilan yaratganman,
Ha, butun borliq Men tufayli mavjuddir,
— demoqda Egamiz. —
Kamtar, moʻmin boʻlgan odamga,
Kalomim oldida titraydiganga
Men eʼtibor bilan qarayman.
3 Ammo buqani qurbonlik qiladigan inson
Odam oʻldirgan qotil kabidir.
Qoʻzini qurbonlik qiladigan odam
Itning boʻynini sindirgan odam kabidir.
Don nazri qiladigan odam
Choʻchqa qonini nazr qiladigan odam kabidir.
Tutatqi tutatgan odam
Butga topinadigan odam kabidir .
Oʻshalar oʻz yoʻllarini tanladilar,
Qilgan jirkanch ishlaridan jonlari lazzat olar.
4 Men ham ularga qattiq jazo tanlayman.
Ular nimadan qoʻrqsa, oʻshani boshlariga solaman.
Axir, chaqirganimda, hech kim javob bermadi,
Gapirganimda, hech kim quloq solmadi.
Ular Mening oldimda qabihlik qildilar,
Menga nomaʼqul boʻlgan yoʻlni tanladilar.”
5 Ey Egamizning kalomini eshitib, titraydiganlar,
Uning soʻzlariga quloq tutinglar:
“Qardoshlaringiz sizdan nafratlanadi,
Mening nomimni deb ular sizni haydagan.
Sizlarni mazax qilib, shunday degan edi:
«Qani, Egangiz ulugʻvorligini koʻrsatib,
Sizlarni qutqarsin.
Xursand boʻlganingizni koʻraylik–chi!»
Endi oʻshalar sharmanda boʻladi.”
6 Shahardan kuchli shovqin–suron kelmoqda!
Maʼbaddan bir ovoz eshitilmoqda!
Bu Egamizning ovozidir!
U Oʻzining dushmanlariga
Qilmishlariga yarasha qaytaradi.
7 Mana, Quddus toʻlgʻoq tutmasdan oldin tugʻdi,
Toʻlgʻoq tutmay turib, bir oʻgʻil tugʻdi.
8 Kim bunday voqeani eshitgan?!
Kim bunday hodisani koʻrgan?!
Xoʻsh, yurt bir kunda paydo boʻladimi?!
Bir onda butun bir xalq dunyoga keladimi?!
Qarang, toʻlgʻogʻi tutar–tutmas
Qiz Quddus oʻgʻillar tugʻdi.
9 “Tugʻadigan paytgacha olib kelaman–u,
Tugʻishga kuch bermaymanmi?!
— demoqda Egamiz. —
Tugʻishga kuch beraman–u,
Bachadonni yopib qoʻyamanmi?!”
— deb aytmoqda Xudoyingiz.
10 Ey Quddusni sevadiganlar,
Quddus bilan birga sevining,
Hammangiz u bilan birga shodlaning.
Ey Quddus uchun aza tutganlar,
U bilan birga xursand boʻling!
11 Siz uning koʻkragidan emganday boʻlib,
Toʻyib, tasalli topasiz.
Qonib–qonib ichib,
Uning moʻl–koʻl barakasidan zavq olasiz.
12 Ha, Egamiz shunday aytmoqda:
“Men Quddusga tinchlikni daryo kabi,
Elatlarning boyligini toshqin soy kabi oqizib keltiraman.
Quddus sizlarni emizikli boladay qoʻllarida koʻtarib yuradi,
Sizlarni tizzalariga oʻtirgʻizib, parvarish qiladi.
13 Bolasini ovutgan bir ona kabi,
Men ham sizlarni ovutaman.
Sizlar Quddusda tasalli topasiz.”
14 Bularni koʻrib, qalbingiz shodlikka toʻladi,
Tanangiz yangi maysa kabi, hayot bilan toʻliq boʻladi.
Egamiz Oʻz qullariga qudratini,
Dushmanlariga esa gʻazabini koʻrsatadi.
15 Mana, qarang! Egamiz olov bilan kelmoqda,
Uning jang aravalari quyunday kelmoqda.
U ayovsiz qasos oladi,
Gʻazabi olov kabi yonadi.
16 Ha, Egamiz olovu qilich bilan
Jamiki jonzotlarga qarshi kurashadi.
Uning qoʻlidan koʻplari halok boʻladi.
17 Egamiz shunday aytmoqda: “Oʻzlarini poklab, butlarga bagʻishlaganlar, sajdagoh bogʻlarga borib, yoʻlboshchilariga ergashganlar yoʻq boʻladi. Choʻchqa va boshqa harom, makruh hayvonlarning goʻshtini yeydiganlar, ularning hammasi birgalikda halok boʻladi. 18 Ularning ishlaridan, oʻylaridan nafratlanaman . Hamma xalqlarni, elatlarni yigʻish vaqti keldi . Ular kelib, Mening ulugʻvorligimni koʻradilar. 19 Men ularning orasida alomat koʻrsataman. Omon qolganlarini quyidagi xalqlar orasiga yuboraman: Tarshish , Liviya xalqlariga, kamonkashlari bilan mashhur boʻlgan Lidiya xalqiga, Tuval va Yunon xalqlariga, dengiz ortidagi Men haqimda eshitmagan, Mening ulugʻvorligimni koʻrmagan xalqlarga. Ular Mening buyukligimni oʻzga xalqlarga bildiradilar.”
20 Egamiz shunday deydi: “Oʻshanda ular barcha xalqlar orasidan qolgan hamma birodarlaringizni olib kelishadi. Ularni nazr sifatida muqaddas togʻim — Quddusga keltirishadi. Xuddi Isroil xalqi pok don nazrini Maʼbadga olib kelganday, ular birodarlaringizni Quddusga otlarda, jang aravalarida, ot qoʻshilgan aravalarda, xachirlarda va tuyalarda olib kelishadi.” 21 Egamiz shunday deydi: “Ularning orasidan baʼzilarini ruhoniy, baʼzilarini esa levi qilib tayinlayman.”
22 Egamiz shunday aytmoqda: “Men yaratadigan yangi yer va yangi osmon koʻz oldimda qancha turadigan boʻlsa, avlodlaringiz ham, nomingiz ham shuncha turadi. 23 Har yangi oy shodiyonasida, har Shabbat kunida jamiki insonlar huzurimga kelib, Menga sajda qiladilar, — demoqda Egamiz. 24 — Ular tashqariga chiqqanlarida Menga qarshi chiqqanlarning jasadlarini koʻradilar. Oʻsha jasadlarni yeydigan qurtlar oʻlmaydi, ularni yondiradigan olov hech qachon oʻchmaydi. Hammasi barcha inson zotiga jirkanch boʻladi.”