3–BOB
Har narsaning vaqti bor
1 Bu dunyoda hamma narsaning oʻz tayinlangan payti bor, har bir ishning oʻz vaqti bor .
2 Tugʻilishning ham, oʻlishning ham oʻz vaqti bor.
Ekishning ham, ekilganni oʻrishning ham oʻz vaqti bor.
3 Oʻldirishning ham, shifo berishning ham oʻz vaqti bor.
Buzishning ham, qurishning ham oʻz vaqti bor.
4 Yigʻlashning ham, kulishning ham oʻz vaqti bor.
Azaning ham, raqsning ham oʻz vaqti bor.
5 Tosh otishning ham, tosh yigʻishning ham oʻz vaqti bor.
Bagʻriga bosishning ham, undan oʻzini tiyishning ham oʻz vaqti bor.
6 Qidirishning ham, yoʻqotishning ham oʻz vaqti bor.
Saqlab qoʻyishning ham, tashlab yuborishning ham oʻz vaqti bor.
7 Yirtishning ham, tikishning ham oʻz vaqti bor.
Sukut saqlashning ham, soʻzlashning ham oʻz vaqti bor.
8 Yaxshi koʻrishning ham, nafratning ham oʻz vaqti bor.
Urushning ham, tinchlikning ham oʻz vaqti bor.
9 Shuncha mehnat qilib inson qanday foyda topadi? 10 Insonlar qilishi uchun Xudo bergan mushkul ishni koʻrdim. 11 Xudo aytgani boʻyicha hamma narsa oʻz vaqtida sodir boʻladi. Xudo yuragiga solgani uchun inson vaqt oʻtishini sezadi, lekin Xudo boshidan oxirigacha qilgan ishlarni inson tushuna olmaydi. 12 Inson uchun baxtli hayot kechirish, oʻz hayotidan rohatlanishdan boshqa yaxshiroq narsa yoʻq ekanligini tushunib yetdim. 13 Hamma yeb, ichib, oʻz qilgan mehnatining rohatini koʻrsin. Bu Xudoning inʼomidir. 14 Xudo qilgan har bir ish to abad oʻzgarmas, bu ishga hech narsa qoʻshib boʻlmaydi, undan hech narsani ayirib boʻlmaydi. Xudo bu ishlarni, hamma Mendan qoʻrqsin, deb qildi. 15 Hozir nima boʻlsa, oldin ham boʻlgan, kelajakda boʻladigani hozir ham bordir. Oʻz vaqtida Xudo oʻtmishni yana qaytarar.
Dunyodagi adolatsizlik
16 Men yana bu dunyoda adolat hukm surishi kerak boʻlgan joyda — qozixonada ham, toʻgʻrilik oʻrnida ham egrilik koʻrdim. 17 Oʻzimga: “Yaxshini ham, yomonni ham Xudo hukm qiladi, chunki Xudoning Oʻzi har bir narsaning, har bir ishning vaqtini belgilagan”, dedim. 18 Men yana odamzod haqida shuni tushundim: “Insonlar ham xuddi hayvonlarday ekan. Shuni koʻrsatish uchun Xudo insonlarni sinar ekan.” 19 Axir, odamlar bilan hayvonlarning taqdiri bir xil, unisi ham bunisi ham oʻladi. Insonlarga ham, hayvonlarga ham Xudo jon bergan, odamlar hayvonlardan ustun emas. Hammasi behuda ekan. 20 Hamma bitta joyga boradi, tuproqdan yaralganlar tuproqqa qaytadi. 21 Insonning ruhi tepaga chiqadimi, hayvonlarning ruhi pastga — yerning ostiga tushadimi, kim biladi?! 22 Shunda men tushundim: inson uchun oʻz mehnatidan rohat olishdan boshqa yaxshiroq narsa yoʻq ekan, chunki bu uning taqdiri. Inson oʻtib ketgandan keyin nima boʻlishini kim unga koʻrsata oladi?!