5–BOB
Masih ozodlik ato etadi
1 Bizga erkinlik berish uchun Masih bizni ozod qildi. Endi shu erkinlikni mahkam tutinglar, qaytadan qullik boʻyinturugʻini taqmanglar. 2 Mana, men, Pavlus, sizlarga aytyapman: agar sizlar sunnat qilinsangiz , Masihning sizlarga hech qanday foydasi yoʻq. 3 Sunnat qilinadigan har bir odamga yana taʼkidlab aytaman: u butun qonunni bajarishga majburdir. 4 Sizlar, qonunni bajarish bilan oʻzimizni oqlaymiz deb, Masihdan ajraldingizlar va oʻzingizni Xudoning inoyatidan mahrum qildingizlar. 5 Bizlar esa Ruhga tayanib, Xudo bizni imonimiz tufayli solih deb eʼlon qilishini intizorlik bilan kutyapmiz. 6 Iso Masihga tegishli boʻlganlar orasida sunnat qilingan, qilinmaganlikning hech ahamiyati yoʻq. Faqatgina mehr–muhabbat orqali ifodalangan imonimiz muhimdir.
7 Sizlar imon yoʻlida olgʻa qadam bosayotgan edingiz. Xoʻsh, haqiqatga quloq solishingizga kim xalaqit berdi? 8 Albatta Xudo emas! Uning Oʻzi sizlarni daʼvat qilgan–ku! 9 Esingizda boʻlsin, ozgina xamirturush butun xamirni achitadi! 10 Ishonamanki, sizlar bu xususda boshqacha fikr qilmaysizlar. Bu ishonchni Rabbimiz Isoning Oʻzi menga berdi. Ammo sizlarning fikringizni chalgʻituvchi kim boʻlmasin, jazosini oladi. 11 Birodarlar, bordi–yu, men hamon sunnatni targʻib etayotgan boʻlganimda edi, quvgʻinlarga duchor boʻlmagan boʻlardim. Bunday holda Iso Masihning xochdagi qurbonligi haqidagi targʻibotim hech kimning jahlini chiqarmasdi. 12 Qaniydi, sizlarni chalgʻitayotganlarning oʻzlari biratoʻla bichilsa!
13 Ey birodarlar, sizlar ozod hayot kechirishga daʼvat qilingansizlar. Lekin bu oʻzingizning xudbin istaklaringizga erk berish degani emas, aksincha, bir–biringizga muhabbat bilan xizmat qilinglar deganidir. 14 Axir, qonun: “Oʻzgani oʻzingizni sevganday seving” degan gapda mujassam. 15 Ehtiyot boʻlinglar! Hadeb tishlashib, gʻajishavermanglar, boʻlmasa oxiri bir–biringizni yeb bitirasiz!
Ruh yetakchiligida hayot kechiring
16 Yana shuni aytayin: Ruh yetakchiligida hayot kechiring, shunda xudbin istaklaringizni qondirmaysiz . 17 Axir, oʻshanday insoniy istaklar Ruhga qarshi, Ruhning istaklari esa insoniy xudbin istaklarga qarshidir. Bularning ikkalasi bir–biriga qarshi, shuning uchun sizlar xohlaganingizni qila olmaysizlar. 18 Ammo Ruh sizni boshqarsa, siz qonunning amri ostida emassiz.
19 Xudbin istaklarga erk berish quyidagilarni keltirib chiqarishi hammaga ayon: fahsh–zino, harom–harishlik, axloqiy buzuqlik, 20 butparastlik, folbinligu issiq–sovuq qilishlar, dushmanlik, janjalkashlik, rashk, jahldorlik, gʻalamislik, nizolaru har xil guruhlarga boʻlinish, 21 baxillik, ichkilikbozlik , aysh–ishratga berilish va shularga oʻxshash ishlar. Sizlarni oldin ogohlantirgandim, yana ogohlantiryapman: bunday ishlarni qiluvchilar Xudoning Shohligidan bahramand boʻlmaydi.
22 Ruhning samarasi esa quyidagilardir: muhabbat, sevinch, xotirjamlik, sabr–toqat, mehribonlik, ezgulik, ishonch, 23 muloyimlik va oʻzini tuta bilish. Bu xislatlarga qarshi biron qonun yoʻq. 24 Iso Masihga tegishli boʻlganlar oʻzlarining xudbin istaklarini va ehtiroslarini xochga mixlab qoʻyganlar. 25 Ruh hayotimiz manbai ekan, endi Ruhning yetakchiligi ostida hayot kechirishimiz lozim. 26 Shuhratparast boʻlmaylik, bir–birimizni gijgijlamaylik, baxillik qilmaylik.