4–BOB
Turli pand–nasihatlar
1 Shunday qilib, sevimli birodarlarim, sizlarga aytganlarim boʻyicha, Rabbimiz Iso bilan boʻlgan munosabatingizda mahkam turinglar. Azizlarim, men sizlarni juda sogʻindim. Sizlar mening quvonchimsiz, faxrimsiz!
2 Evodiya va Sintixa, sizlardan iltimos qilaman, Rabbimiz haqi yakdil boʻlinglar. 3 Ey vafodor hamkorim, sendan ham oʻtinaman, bu ayollarga yordam ber, chunki ular men bilan birga, Kliment hamda ismlari hayot kitobida yozilgan boshqa hamkorlarim qatori Xushxabarni targʻib etishda ter toʻkdilar.
4 Har doim Rabbimiz Iso tufayli shodlaning! Yana bir bor aytaman, shodlaning! 5 Hammaga nisbatan muloyim boʻling. Rabbimiz yaqinda keladi . 6 Hech narsadan tashvish qilmanglar. Aksincha, har qanday sharoitda ibodat va iltijoda boʻlib, har bir muhtojligingizni Xudoning oldida minnatdorchilik bilan izhor qilinglar. 7 Shunda Xudo beradigan, inson xayoliga sigʻmaydigan tinchlik Iso Masih orqali sizlarning yuraklaringizni va oʻy–xayollaringizni qoʻriqlaydi.
8 Endi esa, ey birodarlarim, fikr–zikringiz haqiqiy, sharafli, toʻgʻri, pok, yoqimli, tahsinga sazovor narsalarda boʻlsin. Ha, olqishga loyiq, aʼlo narsalar haqida fikr yuritinglar. 9 Taʼlimotimni qabul qildingiz. Endi mendan oʻrganganlaringizning, koʻrgan–eshitganlaringizning hammasini bajaringlar. Shunda tinchlik beradigan Xudo sizlar bilan birga boʻladi.
Pavlusning minnatdorchiligi
10 Sizlar men uchun yana gʻamxoʻrlik qilayotganingizdan juda xursand boʻlib, Rabbimiz Isoga shukur qilyapman. Albatta, sizlar oldin ham men uchun gʻamxoʻrlik qilardingiz, lekin buni koʻrsatishga imkoniyatingiz boʻlmagan edi. 11 Bularni muhtojlikdan aytayotganim yoʻq, chunki men har qanday sharoitda boriga qanoat qilishga oʻrganganman. 12 Har qanday sharoitda va har yerda ham toʻq boʻlish, ham och qolish, moʻl–koʻlchiligu muhtojlikda yashash sirlarini oʻrganganman. Men tanqislikda ham, moʻl–koʻlchilikda ham qanday hayot kechirishni bilaman. 13 Menga kuch–quvvat beradigan Iso Masihning madadi bilan har narsani qila olaman. 14 Nima boʻlishidan qatʼi nazar, sizlar qiyinchiliklarimga sherik boʻlib yaxshi qildingizlar.
15 Axir, siz, Filippiliklar, oʻzlaringiz bilasizlar–ku, men sizlarga Xushxabarni aytgan paytimdan boshlab, Makedoniyadan ketganimdan keyin ham faqat sizlar menga moddiy jihatdan yordam berardingiz. Sizlardan boshqa hech bir jamoat bunday qilmadi. 16 Hatto Salonikada boʻlganimda ham sizlar bir–ikki marta menga yordam berib, ehtiyojimni qondirdingiz. 17 Men sizlardan biror narsa undirib olish niyatida gapirayotganim yoʻq. Aksincha, sizlarning foydangiz koʻpayishini koʻzlayapman. 18 Hozir menda kerakli hamma narsa bor, hatto ortigʻi bilan bor. Epafroditusdan berib yuborgan hadyalaringizni oldim. Endi hech bir muhtojligim qolmadi. Bu hadyalaringiz xushboʻy nazrday, Xudoga maʼqul boʻladigan yoqimli qurbonlik kabidir. 19 Xudoyim Oʻzining ajoyib boyligi bilan Iso Masih orqali sizlarning har bir ehtiyojingizni qondiradi. 20 Otamiz Xudoga abadulabad shon–sharaflar boʻlsin! Omin.
Soʻnggi salomlar
21 Iso Masihga tegishli boʻlganlarning hammasiga salom aytib qoʻying. Yonimdagi birodarlar ham sizlarga salom aytyapti. 22 Xudoning azizlari boʻlganlarning hammasi, ayniqsa Qaysar xizmatida boʻlganlar , sizlarga salom yoʻllayaptilar.
23 Rabbimiz Iso Masihning inoyati sizlarga yor boʻlsin!