21–BOB
Bobilning qulashi haqida bashorat
1 Dengiz boʻyidagi sahro haqida bashorat:
Nagav uzra ketma–ket esayotgan boʻronlar kabi,
Choʻldan — qoʻrqinchli yurtdan kelayotir bosqinchi.
2 Men mudhish bir vahiy koʻrdim:
Xoin xoinlik qilayotir,
Bosqinchi talon–taroj qilayotir.
Egamning soʻzlarini eshitdim:
“Ey Elam xalqi, hujum qil,
Ey Midiya xalqi, qamal qil!
Jamiki nolalarga barham beraman!”
3 Evoh, koʻrganlarimdan ichimda ogʻriq turdi,
Tugʻayotgan ayol kabi azoblar meni qamradi.
Ikki bukildim eshitganlarimdan,
Dahshatga tushdim koʻrganlarimdan.
4 Yuragim uvushib ketdi,
Qoʻrquvdan titrab ketdim.
Oqshomni kutgandim,
Oqshom esa qoʻrquvga toʻla.
5 Bobilliklar gilamlar toʻshab,
Dasturxon hozirlamoqdalar,
Ular yeb–ichmoqdalar.
Birdaniga shunday ovoz eshitilmoqda:
“Qoʻzgʻaling, ey rahnamolar, qalqonlarni yogʻlang!”
6 Rabbiy menga shunday dedi:
“Qani, bir qorovul qoʻy,
Koʻrganini yetkazsin.
7 Jang aravalarining, otliqlarning,
Eshaklarga, tuyalarga minganlarning
Juft–juft boʻlib kelganini koʻradi.
Yaxshilab eʼtibor bersin.”
8 Shu lahzada qorovul sherday oʻkirib qoldi :
“Ey toʻram, men kunduzi har doim
Qorovul minorasida turaman,
Har tun ham joyimdaman.
9 Ana, jang aravalari, otliqlar
Juft–juft boʻlib kelayotir!”
Shu on u baqirib xabar berdi:
“Quladi, Bobil quladi!
Butlari sinib, yer bilan bitta boʻldi!”
10 Eh, xalqim!
Xirmonda bugʻdoy kabi yanchilgan xalqim!
Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olamdan
Eshitganlarimni sizga bildirdim.
Edom haqida bashorat
11 Dumax haqida bashorat:
Seirdan meni chaqirishar:
“Ey posbon, qachon tong otar?
Qachon tong otar?”
12 Javobim shudir: “Tong otayotir,
Ammo yana kech kiradi.
Koʻproq bilmoqchi boʻlsangiz,
Yana qaytib keling.”
Arabiston haqida bashorat
13 Arabiston haqida bashorat:
Gʻarb oʻrmonlarida tunaysiz,
Ey Dedon karvonlari!
14 Ey Temo aholisi!
Suv keltiring, tashnalarga peshvoz chiqing!
Qutulib omon qolganlarga non bering!
15 Axir, ular qochayotirlar qilichdan,
Dushmanning koʻtarilgan qilichidan,
Tarang tortilgan yoylardan,
Shafqatsiz urushlardan.
16 Rabbiy menga shunday dedi: “Yana bir yildan keyin, yollangan ishchining muddati kabi, Kedarning ulugʻvorligi barham topadi. 17 Kedarning jasur kamonkashlaridan ozginasi qoladi.” Ha, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday dedi.