3–BOB
Bevafo Isroil
1 Egamiz shunday demoqda: “Bir odam xotini bilan ajrashdi, deylik. Agar xotini borib, boshqasiga turmushga chiqsa, oldingi eri uni qayta nikohiga olishi mumkinmi?! Bunday bemaʼnigarchilik yurtni harom qilib yubormaydimi?! Ey Isroil, sen koʻp oʻynashlar orttirib fohishalik qilding. Endi qaysi yuz bilan oldimga qaytib kelmoqchisan?!
2 Atrofingdagi yalang qirlarga nazar solib, qara!
Sen fohishalik qilmagan biror joy qoldimi?!
Sen yoʻl boʻylarida oʻtirib, oʻynashlaringni kutding.
Choʻlda bosqinchilik qilishga shay turgan qaroqchiday boʻlding.
Menga qilgan bevafoliging va fosiqliging bilan,
Butun yurtni harom qilding.
3 Shu sababdan yomgʻir yogʻmadi,
Bahorda yogʻingarchilik boʻlmadi.
Sen fohishaday bezbetsan,
Uyat degan narsani bilmaysan.
4 Endi esa Menga: «Otajonimsan», deyapsan,
«Yoshligimdan buyon doʻstimsan», deb aytyapsan!
5 «Hadeb mendan jahling chiqaveradimi?» deysan,
«Bir umr menga gʻazabingni sochasanmi?» deb aytasan,
Oʻzing esa imkoning boricha yovuzlik qilaverasan.”
Isroil va Yahudo xalqlari tavbaga chaqiriladi
6 Shoh Yoʻshiyo davrida Egamiz menga shunday dedi: “Bevafo Isroilning qilmishlarini koʻrdingmi? Har bir baland tepalikda va har bir yashil daraxt ostida u fohishalik qildi . 7-8 Barcha qilmishlaridan keyin ham, oldimga qaytib keladi, deb oʻylagan edim. Lekin u qaytib kelmadi. Shuning uchun Men sadoqatsiz Isroilga taloq xatini berib, joʻnatib yubordim . Uning singlisi Yahudo esa buni koʻrgan edi. Shunga qaramay bu munofiq zarracha ham qoʻrqmadi, u Menga vafo qilmay, fahshga berildi. 9 Isroil tosh va yogʻochdan yasalgan xudolarga sigʻinib, zino qilgan edi. Yengiltaklik bilan fohishalik qilib, yurtni harom etgan edi. 10 Bularga qaramay, uning munofiq singlisi Yahudo Menga sof koʻngil bilan qaytmadi. U koʻzboʻyamachilik qildi”, — deb aytmoqda Egamiz.
11 Keyin Egamiz menga shunday dedi: “Bevafo Isroil, munofiq Yahudoga qaraganda, oʻzini solih qilib koʻrsatdi. 12 Qani, shimolga bor, u yerda ushbu soʻzlarni jar solib ayt: «Egamiz shunday demoqda: ey bevafo Isroil, Menga yuz bur! Endi Men senga gʻazabimni sochmayman, Men rahmdilman, — deb aytmoqda Egamiz. — Sendan to abad gʻazablanmayman. 13 Faqatgina gunohingni tan olgin: sen Egang Xudoga qarshi bosh koʻtarding, har bir yashil daraxt ostida begona xudolarga sajda etib, zino qilding, Mening gapimga kirmading, — deb aytmoqda Egamiz.»”
14 Egamiz shunday demoqda: “Ey sadoqatsiz farzandlar, oldimga qaytinglar! Zero, Men xoʻjayiningizman. Har bir shahardan bittangizni, har bir xonadondan ikkitangizni olib, Quddusga olib kelaman. 15 Men sizlarga koʻnglimdagi choʻponlarni beraman. Ular sizlarni donolik va bilim bilan boshqarishadi. 16 Sizlar yurtda koʻpayib, uvali–juvali boʻlasizlar. Shunda xalq Mening Ahd sandigʻim haqida gapirmaydigan boʻladi. Ular Sandiq haqida oʻylashmaydi, uni esga ham olishmaydi, zarurati boʻlmagani uchun yangisini yasashmaydi . 17 Zero, oʻsha vaqtda Quddus «Egamizning Taxti» deb ataladi. Hamma xalqlar Menga sajda qilish uchun Quddusda, Mening huzurimda toʻplanadilar. Shundan keyin ular hech qachon yovuz yuraklarining oʻjarliklariga itoat qilmaydilar. 18 Oʻsha kunlarda Yahudo va Isroil xalqlari birlashadi. Ular shimoldagi yurtdan Men ota–bobolaringizga mulk qilib bergan yurtga birga qaytib kelishadi.
19 Men, Egangiz, ichimda shunday degan edim:
«Seni jon–jon deya Oʻzimga farzand qilib olgan boʻlar edim,
Senga ajoyib yurtni sovgʻa qilgan boʻlar edim,
Xalqlarning eng goʻzal mulkini senga bergan boʻlar edim.»
Meni «Otajonim deysan», deya niyat qilgan edim,
Mendan hech qachon yuz oʻgirmaysan, deb oʻylagan edim.
20 Ammo, ey Isroil, Menga bevafolik qilding!
Sen eriga xiyonat qilgan ayolday boʻlding,
— deb aytmoqda Egamiz. —
21 Yap–yalang qirlar uzra figʻon eshitilmoqda,
Isroil xalqi dodu faryod solmoqda.
Zotan, ular haq yoʻldan ozgan edilar,
Oʻzlarining Egasi Xudoni unutib yuborgan edilar.
22 Ey sadoqatsiz farzandlarim, orqaga qaytinglar!
Bevafo qalbingizga Men shifo beraman.
Sizlar Menga shunday deysizlar:
«Mana, oldingga qaytyapmiz,
Axir, Egamiz Xudo Sensan.
23 Biz qirlarda butlarga sajda qilar edik,
Qattiq shovqin–suron koʻtarar edik.
Ammo hammasi behuda ekan.
Yagona najotkorimiz Sensan, ey Egamiz Xudo.
24 Bu yaramas butlar bolaligimizdan buyon,
Otalarimizning mehnatini yoʻqqa chiqardi,
Ularni mol–qoʻylaridan ayirdi,
Oʻgʻil–qizlaridan judo qildi.
25 Keling, sharmandalikni oʻzimizga toʻshak qilaylik,
Uyatni yopinchiq qilib, ustimizga yopaylik!
Axir, ota–bobolarimiz bilan biz
Egamiz Xudoga qarshi gunoh qildik.
Yoshligimizdan to bugungacha
Egamiz Xudoning gapiga kirmadik.»”