11–BOB
Tinchliksevar shohlik haqida bashorat
1 Essayning tomiridan novda oʻsib chiqadi,
Ha, uning ildizidan koʻchat yoyiladi.
2 Uning ustida boʻladi Egamizning Ruhi.
Bu donolik hamda aql–idrok,
Nasihat va kuch–qudrat Ruhidir,
Egamizni bilish va Undan qoʻrqish Ruhidir.
3 Oʻsha Essay farzandi
Egamizdan qoʻrqishdan zavq olar,
Hukm qilmas koʻzlari koʻrgani ila,
Ajrim qilmas eshitganlari ila.
4 U adolat ila bechorani hukm qiladi,
Toʻgʻrilik ila yer yuzi mazlumlarini ajrim qiladi.
Bir ogʻiz soʻzi bilan zolimni jazolaydi,
Nafasi ila fosiqni oʻldiradi.
5 Adolat uning belidagi kamar boʻladi,
Haqqoniyat uning belidagi belbogʻ boʻladi.

6 Shunda boʻri qoʻzi bilan yashar,
Sirtlon bilan uloqcha birga yotar,
Buzoq, sher, boʻrdoqi birgadir,
Yosh bola ularni yetaklab yurar.
7 Sigir bilan ayiq birga oʻtlaydi,
Bolalari ham birga yotadi,
Sher hoʻkizga oʻxshab somon yeydi.
8 Goʻdak qora ilon uyasi ustida oʻynar,
Yosh bola qoʻlini ilon iniga suqar.
9 Muqaddas togʻimning gir atrofida
Ular zarar keltirmas yo chaqmas.
Ha, suvlar toʻldirganiday dengizni,
Yer yuzi toʻliq bilib oladi Egamizni.

10 Mana, Essayning tomiridan chiqqan shoh oʻsha kuni xalqlar uchun baland koʻtarilgan bayroq kabi boʻladi. Elatlar maslahat soʻragani uning huzuriga keladi, Uning maskani ulugʻvorlikka toʻladi.
11 Oʻsha kuni Rabbiy qoʻlini ikkinchi marta uzatadi. U Oʻz xalqidan qolganlarini qutqaradi. Ularni Ossuriyadan, Misrning shimoliy va janubiy hududlaridan , Habashistondan yigʻib keladi. Elamdan , Bobildan , Xomatdan va dengiz sohillaridan olib keladi.

12 Elatlarga U belgisini koʻrsatib,
Isroilning quvilganlarini toʻplaydi.
Yer yuzining toʻrt burchagidan yigʻadi
Yahudoning tarqalib ketganlarini.
13 Efrayimning hasadgoʻyligini qirqadi,
Yahudoning xusumatini toʻxtatadi,
Efrayim Yahudoga hasad qilmas,
Yahudo Efrayimga xusumat qilmas.
14 Gʻarbda ular Filistlarga changal soladi,
Birgalikda Sharq xalqini talaydi,
Edom, Moʻab ularga boʻyin egadi,
Ommon xalqi tiz choʻkadi.
15 Egamiz tamomila qirib yuborar
Qizil dengizning qoʻltigʻini .
Furot daryosiga qarshi qoʻl koʻtaradi.
Garmsel keltirib, jizgʻanak qilib,
Daryoni yetti sayoz irmoqqa boʻlib tashlaydi,
Irmoqlardan bir–bir hatlab oʻtsa boʻladi.
16 Ha, Isroil Misrdan chiqqanda,
Ularga yoʻl ochilganiday
Egamizning xalqidan qolganlarga
Ossuriyadan katta yoʻl ochiladi.