36–BOB
1 Bazalil, Oxoliyov va boshqa hamma iqtidorli ustalar Egamiz amr etgan hamma ishlarni bajarsinlar. Muqaddas chodir yasashda talab qilingan har qanday xizmatni bajarishlari uchun Egamiz ularga mahorat va qobiliyat ato qilgan.”
2 Muso Bazalilni, Oxoliyovni va Egamiz qobiliyat ato qilgan hamma iqtidorli ustalarni, yuragi zavqqa toʻlgan odamlarni chaqirdi.
3 Muqaddas chodirni yasash uchun Isroil xalqi olib kelgan hamma nazrlarni Muso ustalarga berdi. Bulardan tashqari, xalq har kuni ertalab Musoga koʻngildan chiqarib nazrlar olib kelishardi. 4 Ishlarni bajarayotgan hamma ustalar yumushlarini tashlab, 5 Musoning oldiga kelib aytishdi:
— Egamiz bizga amr etgan ishlar uchun xalq keragidan ortiq olib kelyapti.
6 Shunda Muso: “Bironta erkak, ayol endi Muqaddas chodir uchun nazr olib kelmasin”, deb buyruq berdi. Uning buyrugʻi qarorgoh boʻylab eʼlon qilindi. Shundan keyin xalq nazr olib kelishni toʻxtatdi. 7 Xalqning olib kelgan nazrlari ishning hammasini bajarishga yetib, hatto ortib ham qolar edi.
Muqaddas chodir yasaladi
8 Ishlayotganlar orasidagi eng mohir odamlar Muqaddas chodirni yasadilar:
Chodirning ichki qavati
Mohir tikuvchilar Bazalilning koʻrsatmasi bilan Chodirning ichki qavatini qildilar. U mayin zigʻir matosidan tikilgan oʻnta choyshabdan iborat boʻldi. Koʻk, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini mahorat bilan solib, bu choyshablarni bezatdilar. 9 Har bir choyshabning boʻyi yigirma sakkiz tirsak, eni toʻrt tirsak edi. Hamma choyshablarning oʻlchovi bir xil edi. 10 Ular choyshablardan beshtasining boʻyini bir–biri bilan birlashtirib tikdilar, qolgan beshtasini ham shunday qildilar. 11-12 Hosil boʻlgan ikki uzun boʻlak choyshabning boʻyiga koʻk matodan elliktadan halqa tikdilar. Har ikki tomonga tikilgan halqalar bir–biriga roʻparama–roʻpara edi. 13 Keyin oltindan ellikta ilgak yasadilar, ikkala choyshabning halqalarini ilgaklar bilan bir–biriga uladilar. Shunda Chodirning ichki qavati bir butun boʻldi .
Chodirning tashqi qoplamalari
14 Muqaddas chodirning qoplamasi uchun echki juni matosidan oʻn bitta choyshab tikdilar. 15 Har bitta choyshabning boʻyi oʻttiz tirsak, eni toʻrt tirsak edi. Oʻn bitta choyshabning hammasi bir oʻlchovda edi. 16 Choyshablardan beshtasining boʻyini bir–biri bilan birlashtirib tikdilar, qolgan oltitasini ham shunday qildilar. 17 Ulangan ikki boʻlak choyshabning bir boʻyiga elliktadan halqa tikdilar. 18 Keyin, Chodirning qoplamasi bir butun boʻlsin deb, ikkala choyshabni birlashtirish uchun bronzadan ellikta ilgak yasadilar. 19 Bu qoplama ustiga qoʻyish uchun qizilga boʻyalgan qoʻchqor terisidan qoplama, soʻng yumshoq teridan tashqi qoplama qildilar.
Chodirni tutib turadigan rom
20 Akas yogʻochidan Muqaddas chodirni tutib turadigan romlar yasadilar. 21 Har bir romning boʻyi oʻn tirsak, eni bir yarim tirsak edi. 22 Har bir romning ostida bir–biriga parallel boʻlgan ikkita tirgak yasadilar. 23 Chodirning janub tomonidagi devor uchun yigirmata rom yasadilar. 24 Bu romlar ostiga qoʻyish uchun kumushdan qirqta taglik — har bir rom uchun ikkitadan taglik qildilar, har bir tirgak ostida bitta taglik boʻldi. 25 Chodirning shimol tomonidagi devori uchun yigirmata rom yasadilar. 26 Har bir rom ostiga qoʻyish uchun ikkitadan, jami qirqta kumush taglik yasadilar. 27 Chodirning orqadagi — gʻarb tomonidagi devor uchun oltita rom, 28 Chodirning orqasida burchaklar hosil qilish uchun har ikki tomoniga yana bittadan rom yasadilar. 29 Bu ikkala romni pastdan va yuqoridan tutashgan devordagi oxirgi romga birlashtirdilar. Bitta burchak hosil qilishi uchun bitta halqa bilan yaxlit qilib birlashtirdilar. Har ikkala burchak shu yoʻl bilan hosil qilindi. 30 Shunday qilib, oʻn oltita kumush taglikka tayangan sakkizta romdan orqadagi devor qilindi, har bir rom ostiga qoʻyish uchun ikkitadan taglik yasaldi.
31 Muqaddas chodirning janub tomonidagi romlarni ushlab turish uchun akas yogʻochidan beshta tamba, 32 shimol tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba, orqa tomoni — gʻarb tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba yasadilar. 33 Romlarning yarmigacha oʻrnashtirilgan oʻrtadagi tambalar Chodirning boshidan oxirigacha choʻzildi. 34 Romlarni oltin bilan qopladilar, tambalarni ushlab turadigan oltin halqalarni romlarga birlashtirdilar , tambalarni ham oltin bilan qopladilar.
Chodirning ichki pardasi
35 Mayin zigʻir matosidan ichki pardani tikdilar. Pardaga koʻk, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini mahorat bilan solib, uni bezatdilar. 36 Ichki parda ushlab turilishi uchun akas yogʻochidan toʻrtta ustun yasadilar. Ustunlarga oltin qoplab, ularga oltin ilgaklarni mahkamladilar. Ustunlar uchun eritilgan kumushdan toʻrtta taglik yasadilar.
Chodirning kirishidagi parda
37 Chodirga kirish joyi uchun mayin zigʻir matosidan pardani tikdilar. Parda ustiga koʻk, safsar va qirmizi iplardan mahorat bilan naqsh soldilar. 38 Bu parda ushlab turilishi uchun beshta ustun yasadilar. Ustunlarning tepasini va halqalarini oltin bilan qopladilar. Ustunlarning beshta tagligini esa bronzadan qildilar.