13–BOB
Filistlar bilan urush
1 Shoh Shoul oʻttiz yoshida taxtga oʻtirib, Isroilda qirq ikki yil shohlik qildi . 2 U Isroil lashkaridan uch mingta odam saralab olib, qolganlarini uylariga joʻnatib yubordi. Oʻsha uch mingtadan ikki mingtasini Mixmash va Baytil qirlariga joylashtirdi, mingtasini esa Benyamin urugʻiga qarashli Givo shahriga — Yoʻnatanning ixtiyoriga yubordi. 3 Oradan koʻp oʻtmay, Yoʻnatan Filistlarning Gebo shahridagi qoʻnolgʻasini magʻlub qildi. Bu xabar Filistlar orasida tezda tarqaldi. Shoul: “Ibroniylar bu hodisadan xabardor boʻlsin”, deb butun oʻlka boʻylab burgʻu chaldirdi. 4 Shunday qilib, Shoul Filistlar qoʻnolgʻasini yengganini va Filistlar Isroil xalqidan nafratlanganini Isroil xalqining hammasi bildi. Soʻng lashkar Gilgalda Shoulning atrofiga toʻplandi.
5 Filistlar ham Isroil lashkari bilan urishmoq uchun yigʻilishdi. Uch mingta jang aravasi, olti mingta otliq sipoh va dengiz qirgʻogʻidagi qum singari son–sanoqsiz lashkar yoʻlga chiqib, Bayt–Obun shahrining sharqidagi Mixmashga keldi. Ular oʻsha yerda qarorgoh qurishdi. 6 Isroil lashkarining ahvoli ogʻirlashib, qiynalib qoldi va ular gʻorlarga, xandaqlarga, qoyalar orasiga, qabrlarga, sardobalarga yashirindilar. 7 Ibroniylarning ayrimlari esa Iordan daryosi sharqidagi Gad va Gilad yerlariga kechib oʻtishdi.
Shoul u vaqtda hali ham Gilgalda edi. Unga ergashganlarning hammasi qoʻrqib ketishdi. 8 Shomuil Shoulga: “Meni yetti kun kut”, deb aytgani uchun , uni Gilgalda yetti kun kutib turdi. Shomuil Gilgalga kelavermagach, lashkar endi Shoulning yonidan qocha boshladi. 9 Shuning uchun Shoul:
— Kuydiriladigan qurbonlik bilan tinchlik qurbonliklarini menga olib kelinglar, — deb buyurdi. Keyin u kuydiriladigan qurbonliklarni nazr qildi.
10 Shoul qurbonlikni kuydirib boʻlgan ham ediki, Shomuil kelib qoldi. Shoul, unga salom beray deb, peshvoz chiqdi.
11 — Nima qilib qoʻyding?! — dedi Shomuil.
— Odamlarim mening yonimdan qochib ketyapti, — dedi Shoul. — Siz esa belgilangan kuni kelmadingiz. Buning ustiga, Filistlar Mixmashda toʻplanib turishibdi. Ularni koʻrib, 12 endi Filistlar Gilgalga ustimga bostirib keladi, men esa hanuzgacha Egamdan yordam soʻrab iltijo qilmadim, deb oʻyladim. Shundan keyin kuydiriladigan qurbonlikni qilishga majbur boʻldim.
13 Shomuil Shoulga dedi:
— Nodonlarcha ish tutibsan, oʻz Egang Xudoning senga bergan amriga itoat etmading. Boʻlmasa, Egam Isroildagi shohlik taxtingni to abad mustahkam qilgan boʻlardi. 14 Endi sening shohliging uzoqqa bormaydi. Egam Oʻz koʻngliga mos bittasini topdi, uni Oʻz xalqi ustidan hukmdor qilib tayinladi. Chunki sen Egamning amriga itoat qilmading.
15 Shundan soʻng Shomuil Gilgaldan chiqib, Benyamin urugʻiga qarashli Givo shahriga joʻnab ketdi. Shoul yonida qolgan odamlarni sanab chiqdi, hammasi boʻlib taxminan olti yuz kishi ekan. 16 Shoul, oʻgʻli Yoʻnatan va ularning lashkari Benyamin qabilasiga qarashli Geboda joylashdilar. Filistlar esa Mixmashda qarorgoh qurgan edilar. 17 Filistlarning ilgʻorlari uch guruhga boʻlinib, Isroil qishloqlarini talash uchun qarorgohdan chiqishdi. Guruhlardan biri Shuvol hududidagi Oʻfra shahri tomonga, 18 ikkinchisi Bayt–Xoʻron shahri tomonga, uchinchisi esa choʻl tomonga — Zavoʻm vodiysi koʻrinib turgan chegara adirga yoʻl oldi.
19 Filistlar: “Ibroniylar qilich, nayza yasay olmasin”, deb butun Isroil yurtida birorta ham temirchi qoldirmagan edilar. 20 Shuning uchun butun Isroil xalqi omoch tishlarini, choʻkichlarini, bolta va oʻroqlarini oʻtkirlash uchun Filistlarning oldiga borar edi. 21 Omoch tishi bilan choʻkichni oʻtkirlash bahosi ikki misqol kumush , panshaxa, bolta va temir uchli govronni oʻtkirlash bahosi bir misqol kumush edi. 22 Shu sababdan Shoul bilan Yoʻnatanning jangchilaridan birortasida qilich yoki nayza yoʻq edi, faqat Shoul va uning oʻgʻlida bor edi, xolos.
23 Bu paytga kelib, Filistlar qoʻnolgʻasini Mixmash dovonida joylashtirgan edilar.