10–BOB
Masih — oxirgi qurbonlik
1 Qonun boʻlgʻusi xayr–barakalarning asl surati emas, bor–yoʻgʻi soyasidir. Har yili qonun boʻyicha Xudoga bir xil qurbonliklar keltiriladi. Demak, qonun bu qurbonliklar orqali Xudoga sajda qiluvchilarni kamolotga yetkaza olmaydi. 2 Bordi–yu, oʻsha odamlar qurbonliklari orqali gunohdan poklana olganlarida edi, ularning vijdoni qiynalmasdi va ular qurbonlik keltirishni bas qilardilar. 3 Holbuki, qurbonliklar har yili odamlarga gunohlarini eslatadi, xolos. 4 Chunki buqayu takalarning qoni hech qachon gunohlarni yuva olmaydi.
5-6 Shuning uchun Masih dunyoga kelganda Xudoga shunday degan edi:
“Sen qurbonligu nazr istamading,
Kuydiriladigan qurbonlik hamda
Gunoh qurbonligidan mamnun boʻlmading,
Itoat qilishim uchun Menga badan hozirlading.
7 Oʻshanda dedimki: «Mana, Men keldim.
Muqaddas bitiklarda Men haqimda yozilgan.
Sening xohishingni ado etish uchun keldim, ey Xudoyim.»”
8 Dastlab Masih qonun talab qilgan qurbonliklar haqida soʻz yuritib, Xudoga: “Sen qurbonligu nazr istamading, kuydiriladigan qurbonlik hamda gunoh qurbonligidan mamnun boʻlmading”, — deb aytgan. 9 Soʻng esa haqiqiy itoatkorlikni tilga olib, shunday degan: “Sening xohishingni ado etish uchun keldim, ey Xudoyim.” Bundan koʻrinib turibdiki, Masih qurbonlik marosimlariga asoslangan avvalgi ahdni bekor qildi. Uning maqsadi yurakning itoatkorligiga asoslangan yangi ahdni oʻrnatish edi. 10 Masih Xudoning xohishini bajarib, Oʻz tanasini biz uchun qurbon qildi. Bu yagona qurbonligi orqali bizni gunohdan pokladi.
11 Ruhoniylar har kuni Xudoga xizmat qiladilar. Bir xil qurbonliklarni qayta–qayta keltiradilar. Ammo bu qurbonliklar hech qachon gunohni yuva olmaydi. 12 Masih esa gunohlarni abadiy yuvib tashlaydigan yagona qurbonlikni keltirib, Xudoning oʻng tomonida oʻtirdi . 13 “Xudo dushmanlarimni oyoqlarim ostiga poyandoz qiladi”, — deb Masih oʻsha vaqtdan beri kutmoqda. 14 Darvoqe, Masih bittagina qurbonlik orqali gunohdan poklagan odamlarini to abad barkamol qildi.
15 Muqaddas Ruh ham bu haqda bizga shahodat berib, dedi:
16 “Egamiz shunday demoqda: «Men kelajakda Isroil xalqi bilan tuzadigan ahd shunday boʻladi: Men qonunlarimni odamlarning yuragiga solib qoʻyaman, qonunlarimni onglariga yozaman. 17 Men ularning gunohlariyu qabihliklarini hech qachon esga olmayman.»”
18 Demak, Xudo gunohlarni kechirgan boʻlsa, boshqa qurbonlik keltirishning hojati yoʻq.
Imonimizga sodiq qolaylik
19 Ey birodarlarim, Iso Masihning qoni tufayli endi biz Eng muqaddas xonaga dadillik bilan kira olamiz. 20 Chunki Iso biz uchun yangi yoʻlni ochib berdi. U Chodirdagi parda orqali, yaʼni qurbon qilingan Oʻz tanasi orqali hayot sari yetaklaydigan yoʻlni ochdi. 21 Ha, bizning ulugʻ Ruhoniyimiz bor, U Xudoning butun xonadoni ustidan masʼuldir. 22 Shunday ekan, samimiy qalb va mustahkam ishonch bilan Xudoga yaqinlashaylik. Axir, Masih Oʻz qoni bilan qalblarimizni tozalab, vijdonimizni qiynagan hamma gunohlardan pokladi . Badanimiz ham toza suv bilan yuvildi . 23 Endi oʻzimiz eʼtirof etgan umidimizni ikkilanmay mahkam tutaylik. Chunki vaʼda bergan Xudo Oʻz soʻziga sodiqdir. 24 Biz bir–birimizga eʼtiborli boʻlaylik, bir–birimizni mehr–muhabbatga va xayrli ishlarga chorlaylik. 25 Baʼzi odamlarga oʻxshab, yigʻilishlarimizni qoldirmaylik. Aksincha, Rabbimiz Isoning keladigan kuni yaqinlashib qolganini bilib, bir–birimizni yanada koʻproq ruhlantiraylik.
26 Agar biz haqiqatni bilib olgandan keyin, ataylab gunoh qilishda davom etsak, bu gunohlarimizni hech qanday qurbonlik yuva olmaydi. 27 Shunda qoʻrquv ichra Xudoning hukmini kutishdan boshqa ilojimiz qolmaydi. Oqibatda, Xudoning dushmanlari bilan birga lovullagan olovda yonish bizning qismatimiz boʻladi. 28 Musoning qonuniga boʻysunishni rad etgan odam ikki yoki uch guvohning shahodati asosida shafqatsizlarcha oʻldirilardi. 29 Shunday ekan, Xudoning Oʻgʻlini oyoq osti qilgan odamni qanday jazo kutishini bir tasavvur qilib koʻringlar–a! Masihning ahd qoni bilan poklanib, soʻng uni bulgʻagan odamning holi nima kechadi?! Xudoning inoyat Ruhini haqorat qilganning holi nima kechadi?! 30 Axir, biz quyidagi soʻzlarni aytgan Xudoni yaxshi bilamiz:
“Men qasos olaman, jazosini beraman .
Men Oʻz xalqimni hukm etaman .”
31 Ha, barhayot Xudoning qoʻliga tushib qolish naqadar dahshatlidir!
32 Oʻtmishingizni eslanglar. Oʻshanda sizlar Xudoning nurini koʻrib, koʻp azob–uqubatlarga bardosh bergan edingizlar. 33 Baʼzida sizlarni hammaning oldida haqoratlab, xor qilishardi. Boshqa paytlarda bunday ahvolda qolgan birodarlaringizga yon bosardingiz. 34 Qamoqda boʻlganlarga hamdard boʻlardingiz, mulkingiz musodara qilinganda, buni xursandchilik bilan qabul qilardingiz, chunki sizlarda boqiy boylik borligini bilardingiz. 35 Shunday ekan, oldingiday imonda qatʼiyatli boʻlinglar! Shunda buyuk mukofot olasizlar. 36 Sabr–toqatli boʻlib, Xudoning irodasini bajaringlar. Shunda Xudoning vaʼdasiga erishasizlar. 37 Axir, Muqaddas bitiklarda aytilganday , kelishi kerak boʻlgan Zot hademay keladi. U kech qolmaydi. 38 Xudoning solihlari Unga boʻlgan sadoqati tufayli tirik qolishadi. Bordi–yu, birortasi imondan qaytsa, Xudo undan rozi boʻlmaydi.
39 Biz esa imondan qaytib, halok boʻladigan odamlardan emasmiz. Biz imonimizga sodiq qolgan, najot topgan odamlarmiz.