2–BOB
Isroil qabilalarining qarorgohdagi joylashuv tartibi
1 Egamiz Muso bilan Horunga yana dedi: 2 “Isroil xalqining har bir qabilasi chodirlarini oʻz qarorgohida, oʻz xonadoni bayroqlari ostida joylashtirsin. Ular chodirlarini Uchrashuv chodirining aylanasiga, undan maʼlum bir masofada tikishsin.
Sharqiy qarorgoh
3 Uchrashuv chodirining sharq tomonida chodir tikadigan qabilalar Yahudo qarorgohida guruh–guruh boʻlib joylashsin. Yahudo qabilasining yoʻlboshchisi Ominadav oʻgʻli Naxshoʻndir. 4 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 74.600 tadir.
5 Undan keyin Issaxor qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Issaxor qabilasining yoʻlboshchisi Zuvor oʻgʻli Natanildir. 6 Uning sanoqqa kirgan sipohi 54.400 tadir.
7 Undan keyin esa Zabulun qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Zabulun qabilasining yoʻlboshchisi Xalon oʻgʻli Eliyobdir. 8 Uning sanoqqa kirgan sipohi 57.400 tadir.
9 Yahudo qarorgohidagi sanoqqa kirgan sipohlarning hammasi 186.400 tadir. Birinchi boʻlib ular yoʻlga chiqishsin.
Janubiy qarorgoh
10 Uchrashuv chodirining janub tomonida chodir tikadigan qabilalar Ruben qarorgohida guruh–guruh boʻlib joylashsinlar. Ruben qabilasining yoʻlboshchisi Shaduvor oʻgʻli Elizurdir. 11 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 46.500 tadir.
12 Uning yonida Shimoʻn qabilasi chodirlarini oʻrnashtirsin. Shimoʻn qabilasining yoʻlboshchisi Zurishaday oʻgʻli Shalumiyoldir. 13 Uning sanoqqa kirgan sipohi 59.300 tadir.
14 Keyin Gad qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Gad qabilasining yoʻlboshchisi Duvel oʻgʻli Eliasafdir. 15 Uning sanoqqa kirgan sipohi 45.650 tadir.
16 Ruben qarorgohidagi hisobga kirgan sipohlarning hammasi 151.450 tadir. Ikkinchi boʻlib ular yoʻlga chiqishsin.
Qarorgohlarning markazi
17 Dastlabki ikkita qarorgoh va keyingi ikkita qarorgoh oʻrtasida levilar Uchrashuv chodiri bilan birga yoʻlga chiqishsin. Qabilalar qay tartibda qarorgohda joylashgan boʻlsa, yana oʻsha tartibda yoʻlga chiqishlari lozim. Har biri oʻz oʻrnida, oʻz qarorgohi safida borsin.
Gʻarbiy qarorgoh
18 Uchrashuv chodirining gʻarb tomonida chodir tikadigan qabilalar Efrayim qarorgohida guruh–guruh boʻlib joylashsinlar. Efrayim qabilasining yoʻlboshchisi Omihud oʻgʻli Elishamadir. 19 Uning sanoqqa kirgan sipohi 40.500 tadir.
20 Undan keyin Manashe qabilasi chodirlarini oʻrnashtirsin. Manashe qabilasining yoʻlboshchisi Padozur oʻgʻli Gamaliyoldir. 21 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 32.200 tadir.
22 Soʻngra Benyamin qabilasi chodirlarini joylashtirsin. Benyamin qabilasining yoʻlboshchisi Gidoʻnax oʻgʻli Avidondir. 23 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 35.400 tadir.
24 Efrayim qarorgohidagi sanoqqa kirgan hamma sipohlar 108.100 tadir. Uchinchi boʻlib ular yoʻlga chiqishsin.
Shimoliy qarorgoh
25 Uchrashuv chodirining shimol tomonida chodir tikadigan qabilalar Dan qarorgohida guruh–guruh boʻlib joylashsinlar. Dan qabilasining yoʻlboshchisi Omishaday oʻgʻli Oxazardir. 26 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 62.700 tadir.
27 Uning yonida Osher qabilasi chodirlarini oʻrnashtirsin. Osher qabilasining yoʻlboshchisi Oxron oʻgʻli Paxiyoldir. 28 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 41.500 tadir.
29 Soʻngra Naftali qabilasi chodirlarini oʻrnashtirsin. Naftali qabilasining yoʻlboshchisi Enan oʻgʻli Oxirdir. 30 Uning sanoqqa kirgan sipohlari 53.400 tadir.
31 Dan qarorgohidagi sanoqqa kirgan hamma sipohlar 157.600 tadir. Ular guruh–guruh boʻlib oxirida yoʻlga chiqishsin.”
32 Shunday qilib, butun Isroil xalqi xonadonlari boʻyicha sanoqdan oʻtdi. Qarorgohlarda guruh–guruh boʻlib joylashgan lashkarning umumiy soni 603.550 ta chiqdi. 33 Musoga Egamiz amr etganday, Levi qabilasi Isroil xalqiga qoʻshib hisoblanmadi.
34 Xullas, Musoga Egamiz nima amr etgan boʻlsa, Isroil xalqi shuni qildi. Ular qarorgohi boʻyicha joylashgan, har biri oʻz urugʻi, xonadoni boʻyicha yoʻlga chiqqan edi.