23–BOB
Bayramlar
1 Egamiz Muso orqali 2 Isroil xalqiga quyidagi qoidalarni berdi: Egamiz belgilagan bayramlarni nishonlanglar, oʻsha kunlari muqaddas yigʻin eʼlon qilinglar. Egamizning belgilagan bayramlari quyidagilardir.
Shabbat kuni
3 Olti kun mehnat qilinglar, yettinchi kuni — Shabbat kuni esa toʻliq dam olinglar. Shu kuni muqaddas yigʻin boʻlsin. Hech qanday ish qilmanglar. Axir, Shabbat kuni Egamizga atalgandir! Qayerda yashashingizdan qatʼi nazar, shu kunga rioya qilinglar.
Fisih ziyofati va Xamirturushsiz non bayrami
4 Egamiz Shabbat kunidan tashqari boshqa bayramlarni ham belgilab berdi. Bu bayramlarda muqaddas yigʻinlarni oʻz vaqtida oʻtkazinglar.
5 Birinchi oyning oʻn toʻrtinchi kuni kechqurun Egamizga bagʻishlangan Fisih ziyofatini nishonlanglar. 6 Oʻsha oyning oʻn beshinchi kuni esa Egamizga atab xamirturushsiz non bayramini qilinglar. Yetti kun davomida xamirturushsiz nonlar yenglar. 7 Bayramning birinchi kuni butun xalq muqaddas yigʻinga kelsin. Har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar. 8 Yetti kun davomida har kuni Egamizga qurbonlik keltirib, olovda kuydiringlar. Bayramning yettinchi kuni ham muqaddas yigʻin oʻtkazinglar. Har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar.
Ilk hosil nazri
9 Egamiz Muso orqali 10 Isroil xalqiga shunday dedi: “Men sizlarga berayotgan yurtga kirganingizdan keyin, har yili yigʻishtirgan hosilingizning birinchi bogʻlamini ruhoniyga olib keling. 11 Shabbat kunining ertasiga ruhoniy bogʻlamni Men, Egangizga bagʻishlaganini koʻrsatib yuqoriga koʻtarsin, shunda Men nazringizni qabul qilaman. 12 Oʻsha kuni bir yoshli nuqsonsiz qoʻzini Menga kuydiriladigan qurbonlik qiling. 13 Qoʻzi bilan birga zaytun moyi aralashtirilgan sakkiz kosa sifatli unni don nazri qiling. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Men, Egangizga yoqimli hid boradi. Bular bilan birga ikki kosa sharob nazrini keltiring. 14 Ilk hosil nazrini Menga keltirmaguningizcha yangi bugʻdoydan yopilgan nonni, qovurilgan bugʻdoy va bugʻdoy boshoqlarini tanovul qilmang. Qayerda yashashingizdan qatʼi nazar, bu sizlar uchun avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida boʻlsin.
Hosil bayrami
15 Hosilingizning birinchi bogʻlamini yuqoriga koʻtarib, Men, Egangizga bagʻishlagan kuningizdan, yaʼni Shabbatning ertasi kunidan boshlab, toʻliq yetti haftani sanang. 16 Elliginchi kuni, yettinchi Shabbatdan keyin, Menga yangi don nazrini olib keling. 17 Qayerda yashashingizdan qatʼi nazar, yuqoriga koʻtariladigan nazr uchun ikki dona nonni olib keling. Nonlar sakkiz kosa sifatli undan, xamirturush qoʻshib yopilgan boʻlsin. Bular Menga keltiriladigan ilk hosilingiz nazridir. 18 Non bilan birga yettita bir yoshli nuqsonsiz qoʻzini, bitta buqani va ikkita qoʻchqorni olib keling. Bularni don va sharob nazrlari bilan birga kuydiriladigan qurbonlik qiling. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Menga yoqimli hid boradi. 19 Bulardan tashqari, bitta takani gunoh qurbonligi va ikkita bir yoshli erkak qoʻzini tinchlik qurbonligi qiling. 20 Ruhoniy ikkita qoʻzini nonlar bilan birga Menga bagʻishlaganini koʻrsatish uchun yuqoriga koʻtaradi. Men — Egangiz uchun muqaddas boʻlgan bu nazr ruhoniylarniki boʻlsin. 21 Oʻsha kuni muqaddas yigʻin eʼlon qilinglar. Har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar. Qayerda yashashingizdan qatʼi nazar, bu sizlar uchun avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida boʻlsin.
22 Dalangiz hosilini oʻrganingizda dalaning eng chetidagi bugʻdoyni oʻrmang, yerga tushib qolgan bugʻdoy boshoqlarini ham termang. Ularni kambagʻal va musofirlarga qoldiring. Men Egangiz Xudoman.”
Karnay bayrami
23 Egamiz Muso orqali 24 Isroil xalqiga shunday dedi: “Yettinchi oyning birinchi kunida toʻliq dam olinglar. Bu kun karnaylarning sadolari bilan nishonlanadigan xotira kunidir. Oʻsha kuni muqaddas yigʻin oʻtkazinglar. 25 Har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar. Menga qurbonlik keltirib, olovda kuydiringlar.”
Poklanish kuni
26 Egamiz Musoga dedi: 27 “Yettinchi oyning oʻninchi kunida esa Poklanish kunini nishonlanglar. Oʻsha kuni muqaddas yigʻin boʻlsin. Roʻza tutib, Menga qurbonlik keltirib, olovda kuydiringlar. 28 Oʻsha kuni hech qanday ish qilmanglar, chunki bu kuni oliy ruhoniy Egangiz Xudo huzurida sizlarni gunohlaringizdan poklaydi. 29 Oʻsha kuni roʻza tutmagan odam xalq orasidan yoʻq qilinsin. 30 Ish bilan mashgʻul boʻlgan odamni ham Men xalq orasidan yoʻq qilaman. 31 Oʻsha kuni umuman hech qanday ish qilmang. Qayerda yashashingizdan qatʼi nazar, bu sizlar uchun avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida boʻlsin. 32 Bu kuni Shabbat kuni singari toʻliq dam oling. Toʻqqizinchi kuni kechqurundan boshlab, keyingi kuni kechqurungacha roʻza tuting.”
Chayla bayrami
33 Egamiz Muso orqali 34 Isroil xalqiga shunday dedi: “Yettinchi oyning oʻn beshinchi kunidan boshlab yetti kun davomida Menga atab Chayla bayramini nishonlanglar. 35 Bayramning birinchi kuni muqaddas yigʻin qilinglar. Har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar. 36 Yetti kun davomida har kuni Menga qurbonlik keltirib, olovda kuydiringlar. Sakkizinchi kuni ham muqaddas yigʻin qilinglar, Menga qurbonlik keltirib, olovda kuydiringlar. Bu oxirgi muqaddas yigʻin kunidir. Har kungi ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlmanglar.
37 Men, Egangiz, belgilagan bayramlar shulardir. Ularni nishonlab, muqaddas yigʻinlar oʻtkazinglar. Olovda kuydiriladigan hamma nazrlaringizni — kuydiriladigan qurbonliklarni, don nazrlarini, sharob nazrlarini belgilangan kunlarda Menga keltiringlar. 38 Bu bayramlarni Menga atab, Shabbat kunlaridan tashqari nishonlanglar. Bayram kunlari keltiradigan qurbonliklaringiz Menga beradigan ehsonlaringizdan, bergan vaʼdangizga muvofiq keltiradigan qurbonliklaringizdan va koʻngildan chiqarib beradigan nazrlaringizdan tashqari keltirilishi lozim.
39 Dalangizning hosilini yigʻib boʻlganingizdan keyin, yetti kun davomida Menga atab Chayla bayramini nishonlanglar. Bayram yettinchi oyning oʻn beshinchi kunida boshlansin. Bayramning birinchi va sakkizinchi kunlari toʻliq dam olinglar. 40 Birinchi kuni daraxtlaringizning eng yaxshi mevalarini terib olinglar , palma daraxtining shoxlarini, suv boʻyida oʻsadigan majnuntolning va boshqa serbarg daraxtlarning novdalarini olib, yetti kun davomida Men, Egangiz Xudoning huzurida xursandchilik qilinglar. 41 Menga atab bu bayramni har yili, yetti kun davomida nishonlanglar. Yilning yettinchi oyida nishonlanadigan bu bayram sizlar uchun avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida boʻlsin. 42 Yetti kun davomida chaylalarda yashanglar. Isroil xalqiga mansub boʻlgan har bir kishi chaylada yashasin. 43 Shunda Men Isroil xalqini Misrdan olib chiqqanimda, sizlarni chaylalarda yashattirganimni avlodlaringiz bilishadi. Men Egangiz Xudoman.”
44 Shunday qilib, Muso Isroil xalqiga Egamiz belgilagan bayramlarni eʼlon qildi.