18–BOB
Mixo va Dan qabilasi
1 Bu voqealar sodir boʻlgan davrda Isroilda shoh yoʻq edi. Dan qabilasi Isroil qabilalari orasida oʻziga ulush boʻlib tushgan yerni hanuz qoʻlga kiritmagani sababli istiqomat qilish uchun joy qidirib yurgan edi. 2 Bir kuni ular oʻz qabilasining jamiki urugʻlari orasidan beshta jangchini tanlab: “Boringlar, yurtni sinchiklab tekshirib chiqinglar”, — deya ularni Zorox va Eshtoyoʻl shaharlaridan joʻnatib yubordilar. Bu odamlar yoʻl yurib, Efrayim qirlaridagi Mixoning uyiga kelib qolishdi va tunni oʻsha yerda oʻtkazishdi. 3 Ular Mixoning uyida boʻlganlarida yosh levini shevasidan tanib qolishdi–da, uning oldiga borib:
— Bu yerga qanday qilib kelib qolding? Bu yerda nima qilib yuribsan? — deb soʻrashdi.
4 U javob berib: “Mixo meni ishga oldi, ruhoniy qilib tayinladi”, — dedi. Mixo unga qilgan hamma yaxshiliklarini aytib berdi.
5 Shunda ular leviga:
— Xudoga iltijo qilib, ishimiz oʻngidan kelish–kelmasligini bilib ber, — dedilar.
6 — Hech narsadan xavotirlanmanglar. Egamizning Oʻzi sizlarga bu ishda madadkordir, — dedi ruhoniy.
7 Beshala odam yoʻlga ravona boʻldi. Ular Layish shahriga kelib, u yerda Sidon aholisi kabi muloyim, xotirjam va tinch–totuv yashayotgan odamlarni koʻrishdi. Bundan tashqari, atrofdagi xalqlardan birontasi oʻsha xalqqa xavf solmagan, yurtiga tajovuz qilmagandi. Ular Sidondan ancha uzoqda boʻlib, atrofdagi shaharlar bilan hech qanday aloqa oʻrnatmagan edilar. 8 Beshala odam Zorox bilan Eshtoyoʻlga — oʻz urugʻ–aymoqlarining oldiga qaytib borishdi.
— Bizga qanday xabar olib keldingizlar? — deb soʻradi ulardan qarindosh–urugʻlari.
9 Ular shunday javob berishdi:
— Kelinglar, Layishga hujum qilaylik! Biz koʻrgan yurt nihoyatda yaxshi ekan. Nimaga qaqqayib turibsizlar?! Boʻlinglar, oʻsha yerga borib yurtni qoʻlga kiritaylik. 10 U yerga borganlaringizda, xotirjam yashayotgan odamlarga duch kelasizlar. Barcha narsaga moʻl va keng bu yerni Xudo chindan ham qoʻlingizga beryapti.
11 Dan qabilasining olti yuzta odami jang aslahalari bilan qurollanib, Zorox bilan Eshtoyoʻldan safarga otlanishdi. 12 Ular yoʻl yurib, oʻz qarorgohini Yahudodagi Xirat–Yoʻrim shahrining gʻarb tomonida qurishdi. Shuning uchun oʻsha joy bugunga qadar Dan qarorgohi deb ataladi.
13 U yerdan ular Efrayim qirlari tomon yoʻl olib, Mixoning uyiga yaqinlashib qolishdi.
14 Shunda yurtni, aniqrogʻi, Layish shahrining atroflarini koʻrib chiqqan beshta odam birodarlariga deyishdi: “Bu xonadonlarning birida ruhoniylar libosi , xonaki sanamlar va but borligidan xabarlaringiz bormi? Nima qilishimiz kerakligini yaxshi oʻylab koʻringlar.” 15 Ular yosh levi turadigan Mixoning uyiga borib, levidan hol–ahvol soʻradilar. 16 Olti yuzta qurollangan Dan qoʻshini darvozaning yonida turgan edi. 17 Aygʻoqchilik qilgan beshta odam toʻppa–toʻgʻri ichkariga bostirib kirib, ruhoniylar libosi, xonaki sanamlar va kumush bilan qoplangan butni olmoqchi boʻldilar. Levi esa qurollangan olti yuzta odam bilan darvoza yonida qolgan edi. 18 Aygʻoqchilar Mixoning uyiga kirib, ruhoniylar libosi, xonaki sanamlar va butni olganlarini koʻrgan levi ularga:
— Bu nima qilganlaringiz? — dedi.
19 — Jim boʻl! — deb doʻq qildi ular. — Ovozingni oʻchirib biz bilan yur. Bizga maslahatchi va ruhoniy boʻl. Oʻzing oʻylab koʻr, sen bittagina xonadonga ruhoniy boʻlganing yaxshimi yoki Isroilning butun bir qabilasigami?
20 Ruhoniyga bu taklif maʼqul keldi. U ruhoniylar libosi, xonaki sanamlar va kumush bilan qoplangan butni olib, Dan odamlari bilan ketdi.
21 Dan odamlari bola–chaqalarini, chorvayu mol–mulkini oldinga oʻtkazib, safarlarini davom ettirishdi. 22 Ular Mixoning uyidan ancha uzoqlashib qolganlarida, Mixo qoʻni–qoʻshnilarini toʻpladi–da, Dan odamlarining ketidan quvib ketdi. 23 Soʻng ovozi boricha baqirib, Dan odamlarini chaqirdi. Ular esa orqaga oʻgirilib Mixoga:
— Tinchlikmi?! Shuncha odamni yetaklab kelibsan?! — dedilar.
24 — Sizlar men yasattirgan xudolar bilan ruhoniyimni olib ketib, meni ship–shiydam qildingiz–ku. Yana: “Tinchlikmi?” deganingiz nimasi?! — deya javob berdi Mixo.
25 — Ovozingni oʻchir, — dedi unga Dan odamlari. — Boʻlmasa, qoni qaynagan birodarlarimiz jagʻingni ezib, oʻzingni ham, uyingdagilarni ham yoʻq qilib yuborishadi.
26 Dan odamlari yoʻldan qolmadilar. Mixo esa ularga bas kelolmasligini koʻrib, uyiga qaytib ketdi.
27 Dan qabilasi Mixo yasattirgan narsalarni va uning xizmatida boʻlgan ruhoniyni Layishga olib bordilar. Ular Layishda tinch va xotirjam yashayotgan odamlarni qilichdan oʻtkazib, shaharga oʻt qoʻydilar. 28 Layish aholisiga najot beradigan hech kim yoʻq edi, chunki Layish Sidondan juda uzoqda boʻlib, yaqin atrofidagi shaharlar bilan esa hech qanday aloqa oʻrnatmagan edi. Layish Bayt–Rexob shahri bilan bir vodiyda joylashgan edi. Dan qabilasi shaharni tiklab, u yerda oʻrnashib oldi. 29 Shaharni esa ota–bobosi Yoqub oʻgʻli Danning nomi bilan atadi. Dan shahrining eski nomi Layish edi. 30 Dan qabilasi oʻzi uchun Mixodan tortib olgan, kumush bilan qoplangan butni oʻrnatdi. Gershom oʻgʻli Yoʻnatan esa ularga ruhoniy boʻldi. Yoʻnatan Musoning nabirasi edi. Isroil xalqi surgun boʻlguniga qadar , Yoʻnatanning butun nasli ham Dan qabilasiga ruhoniylik qildi. 31 Oʻsha davrda Xudoning uyi Shiloʻ shahrida joylashgan edi, ammo Dan qabilasi u yerga bormay, Mixo yasattirgan butga sajda qilib keldi.