9–BOB
Hukm haqidagi vahiy
1 Men qurbongohning oldida turgan Rabbiyni koʻrdim, U shunday dedi:

“Sajdagoh ustunqoshlariga shunday zarba beringlarki,
Poydevorlari larzaga kelsin.
Ustunqoshlar odamlar ustiga oʻpirilib tushsin.
Omon qolganlarni Men qilichdan oʻtkazaman,
Ulardan birontasi ham qochib ketolmaydi.
Hech qaysisi qutulib qolmaydi.

2 Ular yer qazib, oʻliklar diyoriga kirishsa ham,
Men qoʻlimni uzatib, ularni chiqarib olaman.
Osmonga chiqib olishsa ham,
U yerdan tortib tushiraman.
3 Karmil choʻqqisida yashirinib olishsa ham,
Ularni ovlab, qoʻlga tushiraman.
Mendan qochib, dengiz tubiga bekinib olishsa ham,
Dengiz iloniga amr berib chaqtiraman.
4 Dushmanlar ularni asirlikka olib ketishsa ham,
Qilichga amr berib, hammasini qirib tashlayman.
Ularga yaxshilik emas, yomonlik keltirishga qaror qildim.”

5 Sarvari Olam — Rabbiy
Yerga qoʻl tekkizsa, yer oʻpirilib ketadi,
Butun yer yuzi Nil suvlariday
Baland koʻtarilib, pastga tushadi .
Yerda yashovchi har bir mavjudot aza tutadi.
6 Egamiz osmonda Oʻziga maskan qurdi,
Yer uzra osmon gumbazini oʻrnatdi.
Dengiz suvlarini yigʻib,
Yer yuziga sochib yuboradigan Oʻshadir.
Egamizdir Uning nomi.

7 Egamiz shunday demoqda:
“Ey Isroil xalqi,
Sizning Habashistonliklardan ortiq joyingiz bormidi?!
Men Isroilni Misrdan qanday olib chiqqan boʻlsam,
Filist xalqini ham xuddi shunday Xaftoʻrdan olib chiqqanman,
Oram xalqini ham Xirdan olib chiqqanman.
8 Men, Egangiz Rabbiy,
Gunohkor Isroil shohligini kuzatib turibman.
Uni yer yuzidan supurib tashlayman,
Yoqub naslini esa batamom yoʻq qilmayman,
— deb aytmoqda Egamiz. —

9 Men amr beraman,
Shunda barcha xalqlar orasida,
Bugʻdoy elaganday Isroilni gʻalvirdan oʻtkazaman.
Yaxshi donning birontasi yerga tushmaydi.
10 Xalqim orasidagi hamma gunohkorlar esa qilichdan halok boʻladi,
Axir, bunday odamlar shunday aytishadi:
«Koʻrmaymiz biz yomonlik,
Boshimizga tushmas biror koʻrgilik.»”
Isroil shohligi kelajakda qayta tiklanadi
11-12 Egamiz shunday demoqda:
“Oʻsha kuni Men Dovud shohligini qayta tiklayman.
Hozir u qiyshayib ketgan kulbaday boʻlsa–da,
Devorlaridagi yoriq joylarini tuzataman,
Buzilgan joylarini koʻtaraman.
Uni qayta qurib, ilgarigi holatga qaytaraman.
Shunda Isroil xalqi egalik qiladi
Edomliklarning omon qolganlariga,
Qoʻlim ostidagi hamma xalqlarga.”
Egamiz aytganlarini bajo qiladi.

13 Egamiz shunday demoqda:
“Shunday vaqtlar keladiki,
Dehqon hosilni yigʻib ulgurmasdan,
Yerni shudgor qilish vaqti keladi.
Sharobni tayyorlab ulgurmasdan,
Uzumning yangi hosili pishadi.
Togʻlardan shirin sharob tomadi,
Hamma qirlardan pastga oqib tushadi.
14 Men xalqimni yana farovonlikka erishtiraman .
Ular vayron boʻlgan shaharlarni qayta qurib,
U yerda oʻrnashib oladilar.
Uzumzorlar barpo qilib, sharobini ichadilar.
Bogʻlar yaratib, mevalarini yeydilar.
15 Men ularni oʻz yurtida koʻkartiraman.
Men bergan yurtdan
Ularni hech kim sugʻurib tashlamaydi.”

Egangiz Xudoning kalomi shudir.