7–BOB
Muhrlangan 144.000 kishi
1 Shundan keyin men yer yuzining toʻrt burchagida turgan toʻrt nafar farishtani koʻrdim. Ular toʻrt shamolni tutib turar edilar. Shamolning esishiga, yerga, dengizga, biron daraxtga tegishiga yoʻl qoʻymas edilar. 2 Soʻngra men sharqdan kelayotgan boshqa bir farishtani koʻrdim. U barhayot Xudoning muhrini olib kelayotgan edi. Yeru dengizga zarar yetkazish qudrati berilgan toʻrtta farishtaga u baland ovozda shunday xitob qildi: 3 “Yerga, dengizga va daraxtlarga zarar yetkazmay turinglar. Xudoyimizning qullari peshanalariga biz muhr bosib olaylik!”
4 Men muhr bosilgan kishilarning sonini eshitdim. Isroil qabilalarining barchasidan 144.000 kishiga muhr bosilgan edi:

5 Yahudo qabilasidan 12.000 kishi,
Ruben qabilasidan 12.000,
Gad qabilasidan 12.000,
6 Osher qabilasidan 12.000,
Naftali qabilasidan 12.000,
Manashe qabilasidan 12.000,
7 Shimoʻn qabilasidan 12.000,
Levi qabilasidan 12.000,
Issaxor qabilasidan 12.000,
8 Zabulun qabilasidan 12.000,
Yusuf qabilasidan 12.000,
Benyamin qabilasidan 12.000 kishi.
Oq kiyimli olomon
9 Shundan keyin men sanogʻiga yetib boʻlmaydigan katta bir olomonni koʻrdim. Turli xil xalq, qabila, elatu millatlarga mansub boʻlgan bu odamlar taxt oldida, Qoʻzining huzurida turishardi. Hammasining egnida oq libos, qoʻllarida palma daraxti shoxlari bor edi. 10 Ular ovozlari boricha shunday hayqirishardi: “Taxtda oʻtirgan Xudoyimiz bilan Qoʻzi najot berish qudratiga egadirlar!” 11 Hamma farishtalar taxt atrofida, oqsoqollar va toʻrtta mavjudot atrofida turar edilar. Ular taxt oldida muk tushib, Xudoga sajda qilgan holda 12 shunday deyishardi:

“Omin!
Xudoyimizga hamdu sanolar boʻlsin!
Donoligu kuch–qudrat Sohibiga
Abadulabad shukronayu shon–sharaflar boʻlsin!
Omin.”

13 Oqsoqollardan biri mendan soʻradi:
— Oq libos kiygan bu odamlar kim? Ular qayerdan kelganlar?
14 — Taqsir, bunisi oʻzingizga ayon, — deya javob berdim men. U menga shunday dedi:
— Bular qattiq quvgʻinlardan oʻtib kelganlar. Ular liboslarini Qoʻzining qoni bilan yuvib oqartirganlar. 15 Shuning uchun ular Xudoning taxti oldida turadilar va Uning Maʼbadida kecha–kunduz xizmat qiladilar. Taxtda Oʻtirgan esa ularni Oʻz panohida asraydi. 16 Ular endi och qolmaydilar, chanqamaydilar. Quyosh ham, oftob ham ularni urmaydi. 17 Zotan, taxt oldida turgan Qoʻzining Oʻzi ularga choʻponlik qiladi. Ularni hayotbaxsh suv buloqlariga olib boradi. Xudo ularning koʻzidagi har bir tomchi yoshni artib qoʻyadi.