17–BOB
1 Oxitofel Absalomga shunday dedi:
— Ijozat bersang, oʻn ikki ming kishini tanlab olaman, shu kechasiyoq otlanib, Dovudning orqasidan tushaman. 2 Dovud charchagan, holdan toygan, unga hujum qilib qoʻrqitsam, yonidagilarning hammasi qochib ketadi. Men faqat shoh Dovudni oʻldiraman, xolos. 3 Keyin jamiki xalqni sening ixtiyoringga qaytarib olib kelaman. Oʻzing qidirayotgan odamni topib oʻldirsang boʻldi — hamma senga bosh egadi, butun xalq tinchiydi.
4 Bu maslahat Absalomga ham, jamiki Isroil oqsoqollariga ham maʼqul keldi.
5 — Orux urugʻidan boʻlgan Xushay bor–ku, uni ham chaqirib kelinglar, — dedi Absalom, — u nimalar der ekan, eshitaylik–chi.
6 Xushay keldi.
— Oxitofel shunday–shunday maslahat berdi, — dedi Absalom. — Uning maslahatiga amal qilsak boʻladimi? Boʻlmasa, sen maslahat ber.
7 — Oxitofelning bu safargi maslahati yaxshi emas, — dedi Xushay Absalomga. 8 — Otang Dovud bilan uning odamlari mohir jangchilar ekanligini bilasan. Ular dashtda bolalaridan ayrilgan ayiqday gʻazabga minganlar. Otang tajribali jangchi, tunni lashkar yonida oʻtkazmaydi. 9 Shu paytda u birorta gʻorda yoki boshqa bir joyda yashirinib yuribdi. U Absalomning odamlaridan baʼzilarini birinchi hujumdayoq halok qilganda, bu haqda eshitgan har bir odam: “Absalomga ergashganlar tor–mor boʻldi”, deydi. 10 U paytda hatto sher yurakli bahodir yigitlar ham qoʻrquvga tushadi. Chunki Isroildagi har bir odam otangning jasurligini, jangchilarining ham botirligini biladi. 11 Senga maslahatim shu: Dandan Bershebagacha choʻzilgan joylardagi butun Isroil lashkari atrofingga toʻplansin. Axir, Isroil xalqi dengiz qirgʻogʻidagi qum singari son–sanoqsiz–ku! Ularni sen oʻzing jangga boshla. 12 Dovud qayerda yashirinib yurgan boʻlsa ham, unga qarshi yurish qilamiz, butun yer yuzini shudring qoplaganiday, biz ham uning ustiga bostirib boramiz. Dovudni ham, yonidagilarning birortasini ham tirik qoldirmaymiz. 13 Agar u biror shahardan boshpana topsa, hamma Isroil odamlari arqon olib, oʻsha shaharga borishadi. Shunda hammamiz birgalikda shaharni agʻdarib, bir dona toshini ham qoldirmay, soylikka tortib tushiramiz.
14 Absalomga qoʻshilib hamma bir ogʻizdan:
— Orux urugʻidan boʻlgan Xushayning maslahati Oxitofelning maslahatidan ancha maʼnili, — deyishdi. Sababi, Egamiz Absalomni kulfatga duchor qilish niyatida Oxitofelning yaxshi maslahatini behudaga chiqarishni moʻljallab qoʻygan edi.
Xushay Dovudga xabar beradi
15 Xushay ruhoniylar Zodoʻx bilan Abuatarga shunday dedi:
— Oxitofel Absalomga va Isroil oqsoqollariga unday maslahat berdi, men esa bunday maslahat berdim. 16 Sizlar hoziroq shu xabarni Dovudga yetkazinglar: bu kecha qirda — daryoning kechuvida tunamasin, hoziroq narigi qirgʻoqqa oʻtaversin . Boʻlmasa, shohning oʻzi ham, yonidagi odamlari ham qirilib ketadi.
17 Bu paytda Abuatar oʻgʻli Yoʻnatan bilan Zodoʻx oʻgʻli Oximas En–Roʻgʻol bulogʻida kutib turishardi. Bir choʻri qiz boʻlib oʻtgan gap–soʻzlarni ularga yetkazar, Yoʻnatan bilan Oximas esa eshitganlarini shoh Dovudga yetkazib turishardi. Oʻzlari tavakkal qilib shaharga kirolmas, birortasi koʻrib qolishi mumkin edi. 18 Lekin bir oʻspirin nogahon ularni koʻrib qoldi va Absalomga xabar berdi. Shundan keyin Yoʻnatan bilan Oximas tezda bu shahardan chiqib, Boxurim shahridagi bir odamning uyiga kelishdi. Oʻsha uyning hovlisida bir quduq bor edi. Yoʻnatan bilan Oximas quduqqa tushishdi. 19 Haligi odamning xotini quduq ogʻzini yopinchiq bilan berkitdi. Quyoshda quritayotganday boʻlib, ustiga boshoq yoyib qoʻydi. Shuning uchun hech kim, bu yerda odam bor, deb shubhalanmasdi. 20 Absalomning odamlari oʻsha uyga borib, ayoldan:
— Oximas bilan Yoʻnatanni koʻrmadingmi? — deb soʻrashdi.
— Irmoqning narigi tomoniga oʻtib ketishdi, — deb javob berdi ayol. Absalomning odamlari ularni qidirib ketishdi, lekin topa olmay Quddusga qaytishdi. 21 Ular ketgandan soʻng Oximas bilan Yoʻnatan quduqdan chiqishdi–da, boʻlib oʻtgan hodisalardan shoh Dovudni xabardor qilish uchun uning yoniga joʻnashdi.
— Qani, hoziroq daryoni kechib oʻtinglar, chunki Oxitofel sizlarga qarshi shunday–shunday maslahat berdi, — deyishdi ular shohga. 22 Shu zahoti Dovud hamma odamlarini ergashtirib, Iordan daryosini zudlik bilan kechib oʻtdi. Tong otganda, hamma Iordan daryosidan oʻtib boʻlgan, orqada birorta ham odam qolmagan edi.
23 Oxitofel bergan maslahati amalga oshmaganini koʻrib, eshagini egarlab joʻnadi. Oʻz shahriga — uyiga qaytib keldi. Ishlarini saranjom–sarishta qilib boʻlgandan keyin, oʻzini osib oʻldirdi. Uning jasadini ota–bobolarining xilxonasiga dafn qilishdi.
24 Absalom bilan Isroil lashkarining hammasi Iordan daryosini kechib oʻtishayotganda, Dovud Moxanayim shahriga yetib borgan edi. 25 Absalom Yoʻabning oʻrniga Emosani lashkarboshi qilib tayinlagandi. Emosa Yoʻabning jiyani boʻlib, Ismoil qavmidan Eter degan odamning oʻgʻli edi. Onasining ismi Obigayl boʻlib, Naxosh degan odamning qizi edi. Obigayl Zeruyaning singlisi, Zeruya Yoʻabning onasi edi. 26 Absalom va uning qoʻli ostidagi Isroil lashkari Gilad yerlarida qarorgoh qurishdi.
27-29 Dovud Moxanayimga borganda, uni bir necha odam kutib turardi. Ular Ommonlarning Rabba shahridan Naxosh oʻgʻli Shoʻvi, Loʻdavor shahridan Omiyol oʻgʻli Moxir va Roʻgʻolim shahridan Giladlik Borzulay edilar. Ular, odamlar choʻlda toliqqan, och qolib, chanqagandir, deb Dovud bilan uning odamlariga koʻrpa–toʻshaklar, kosalar, sopol idish–tovoqlar, bugʻdoy, arpa, kepakli un, qovurilgan don, loviya, yasmiq doni , asal, suzma, pishloq va qoʻylar olib kelishgan edi.