2–BOB
Yuz–xotirchilik qilmanglar
1 Ey birodarlarim, ulugʻvor Rabbimiz Iso Masihga ishonar ekansiz, yuz–xotirchilik qilmanglar. 2 Sizlarning yigʻilishingizga oltin uzuk taqqan, bashang kiyingan bir boy bilan ust–boshi juldur bir gadoy kirdi deb faraz qilaylik. 3 Agar sizlar bashang kiyinganga qarab: “Marhamat qilib toʻrga chiqing”, gadoyga esa: “Sen ostonada tur” yoki “Shu yerda, poygakda oʻtir”, desangiz, 4 sizlar bir odamni boshqasidan ustun qoʻygan boʻlmaysizlarmi?! Bu bilan sizlar yomon niyatli qozilarga oʻxshab qolasizlar–ku!
5 Ey aziz birodarlarim, quloq solinglar: Xudo bu dunyodagi kambagʻallarni imonda boy qilish uchun tanladi! U Oʻzini sevganlarga vaʼda qilganday, ularga Oʻz Shohligini meros qilib berdi. 6 Ammo sizlar–chi, kambagʻalni beobroʻ qilib tashladingiz! Sizlarga jabr–zulm qilgan boylar emasmi?! Sizlarni mahkamalarga sudrab olib borgan ular emasmi?! 7 Sizlar Rabbimiz Isoga tegishlisizlar. Ammo bu boylar Rabbimizning ezgu nomini haqorat qilyaptilar!
8 Agar sizlar Muqaddas bitiklardagi: “Oʻzgani oʻzingizni sevganday seving” degan Xudoning Shohligiga oid qonunga amal qilayotgan boʻlsangiz, toʻgʻri qilayotgan boʻlasizlar. 9 Biroq yuz–xotirchilik qilayotgan boʻlsangiz, gunoh qilyapsiz va qonunbuzar sifatida hukm qilinasiz. 10 Kimki qonunning hammasiga rioya qilsa–yu, faqat bir narsada gunoh qilsa, u butun qonunni buzgan hisoblanadi. 11 Chunki “Zino qilmang” degan Xudo “Qotillik qilmang” deb ham aytgan. Agar siz zino qilmasangiz–u, ammo odam oʻldirsangiz, qonunni buzgan boʻlasiz.
12 Shuning uchun har bir gapingiz va ishingiz Xudoning ozodlik beruvchi qonuniga muvofiq boʻlsin. Zero, Xudo har bir odamni oʻsha qonun boʻyicha hukm qiladi. 13 U shafqatsiz odamga rahm qilmaydi. Rahmdil inson esa hukm paytida Xudodan shafqat topadi.
Imon va amal
14 Ey birodarlarim, agar biror kishi imonim bor, desa–yu, xayrli ishlar qilmasa, nima foydasi bor?! Bunday imon uni qutqararmidi?! 15 Faraz qiling, imonli birodaringiz och–yalangʻoch boʻlsa–yu, 16 siz unga: “Yaxshi bor! Isinib, qorningni toʻydirib yur”, desangiz–u, ehtiyojini qondirmasangiz, bundan nima foyda?! 17 Shunga oʻxshab quruq imonning oʻzi amalsiz oʻlikdir.
18 Kimdir:
— Baʼzilarning xayrli ishlari, boshqalarning esa imoni bor–ku, — deb noroziligini bildirishi mumkin. Unday odamga men shunday javob bergan boʻlardim:
— Kel, senga imonimni xayrli ishlarim orqali koʻrsatay. Sen esa imoning samimiyligini qaysi dalil bilan isbotlay olasan? Axir, sen xayrli ishlar qilmaysan–ku!
19 U odam:
— Men Xudoning yagonaligiga ishonaman! — deb aytishi aniq. Men esa unga:
— Ishonib, yaxshi qilasan! — deyman. — Ammo sening bu ishonching jinlarning ishonchidan aslo farq qilmaydi. Zero, jinlar ham Xudoning yagonaligiga ishonib, dahshatdan titraydi. 20 Ey ahmoq, amalsiz imoning foydasiz ekanligini nahotki tushunmasang?! 21 Otamiz Ibrohim oʻz oʻgʻli Isʼhoqni qurbon qilmoqchi boʻlgani uchun Xudo uni solih deb bildi! 22 Ana, koʻrdingmi?! Ibrohimning bu ishiga imon asos boʻldi. Uning qilgan ishi imonining chinligini koʻrsatdi. 23 Shu tariqa Tavrotdagi: “Ibrohim Xudoga ishondi, Xudo uni ishonchi uchun, solih deb bildi” , — deya yozilgan soʻz amalga oshdi. Ibrohim Xudoning doʻsti deb ataldi .
24 Ey birodarlarim, koʻrdingizmi, inson quruq imoni uchun emas, balki qilgan ishlari uchun solih deb tan olinadi.
25 Fohisha Rahoba ham buning yana bir misolidir. Nima uchun Xudo uni solih deb tan oldi? Rahoba Isroil xalqining aygʻoqchilarini uyiga kirgizib, bexatar yoʻl bilan qochib ketishlariga yordam bergani uchun Xudo uni solih deb bildi.
26 Xullas, amalsiz imon jonsiz tanaday oʻlikdir.